Kislorodli parchalanish;
qoladi+ajraladi=jami
2C3H6O3+ 6O2 + 36АDF+36Н3РO4=36АТF + 6СО, + 42Н2O +1440kJ+1160kJ=2600kJ
(55.4%) + (44.6%)=100%
2600kJ energiyaning 55.4% ATF tarkibiga birikadi, 44,6% issiqlik ko’rinishida sochiladi.
Kislorodsiz va kislorodli bosqichlar tenglamalarini jamlab, glyukozaning to’liq parchalanish reaksiyasini tuzamiz: qoladi+ajraladi=jami
C6H12O6+ 6O2+ 38ADF + 38Н3РO4-------38ATF + 6CO2 + 44Н2O+1520kJ+1280kJ=2800kJ
(54.3%)+(45.75%)=100%
Glyukozaning molekulyar massasi 180, ATF niki esa 504ga teng.
Energiya almashinuvida yuz beradigan bosqichlar.
|
Tayyorgarlik bosqichi
|
To’liqsiz,(O2siz,glikoliz)
|
To’liq,(O2 li)
|
Kechadigan joyi
|
Ichak,hazm organlarida
|
Sitoplazma
|
Mitoxondriya
|
Ishtirok etadiganlar
|
Lipaza,amilaza,pepsin
|
Asosan glyukozani parchalovchi fermentlar
|
Mitoxondriya,O2,
Ferment,sitoxrom
|
Parchalanadigan mahsuot
|
Biomolekulalar
Oqsil,yog’,uglevod.
|
Glyukoza
|
Sut kislotasi
|
Parchalanish mahsuloti
|
Aminokislota,glyukoza,
Glitserin,yog’ kislotalar.
|
Sut kislotasi
|
Suv va CO2
|
O’SIMLIK HUJAYRASIDA PLASTIK VA ENERGETIK ALMASHINUV XUSUSIYATLARI. FOTOSINTEZ
Fotosintez.
O’simlik va hayvonlar hujayralaridagi plastik va energetik almashinuvlar bir-biriga o’xshash. O’simlik hayvonlarda ham energetik almashinuvning o’sha bosqichlari — kislorodsiz va kislorodli jarayonlar boradi. Biroq, xlorofilli o’simliklarda, bundan tashqari, jonli tabiat uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan o’ziga xos jarayonlar ham kechadi. O’simlik hujayralari oddiy anorganik birikmalardan organik birikmalar sintezlash va buning uchun quyosh nurlaridan foydalanishga layoqatlidir. Organik birikmalarning quyosh energiyasi hisobiga sintezlanib borishi fotosintez deb ataladi.
Fotosintez quyidagi yig’indi tenglama bilan ifodalanadi.
6CO2+6H2O ---► C6H12O6 + 6O2
Bu jarayon davomida energiyasi kam moddalar — uglerod (IV)-oksid va suvdan energiyaga boy modda — glyukoza uglevodi (C6H12O6 )hosil bo’ladi.
Fotosintez natijasida molekulyar kislorod ATF, NADF H2 ham hosil bo’ladi.
Fotosintez ikkita fazadan iborat:Qorong’ulik va Yorug’lik
Fotosintezning yorug’lik fazasi.
Fotosintezda asosiy rolni xlorofill — quyosh nuri energiyasini kimyoviy bog’lanish energiyasiga aylantiradigan organik modda o’ynaydi. Fotosintezda xlorofill yorug'lik yutadi, elektronlari g'alayonlanib potensial energiyaga ega bo'lib qoladi va vodorod ioni bilan birikib vodorod atomini hosil qiladi:
Dostları ilə paylaş: |