I bob. Nazariy qism. 1 Stabilizatorlar haqida umumiy ma’lumotlar. II bob. Amaliy qism


I.BOB. 1.1. Stabilizatorlar haqida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 54,62 Kb.
səhifə2/10
tarix28.11.2023
ölçüsü54,62 Kb.
#168097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
I bob. Nazariy qism. 1 Stabilizatorlar haqida umumiy ma’lumotlar-www.hozir.org

I.BOB.
1.1. Stabilizatorlar haqida umumiy ma’lumotlar.


Stabilizator (lot. stabilis — turgʻun, doimiy) — ishlab chiqarish jarayoni, mashina parametrlari, elektr kattaliklar va boshqa koʻrsatkichlarni bir meʼyorda ushlab turadigan asbob, moslama yoki modda. Kuchlanish yoki tok tarmoqdagi kuchlanishning oʻzgarishi va nagruzka kiymatidan qatʼi nazar kuchlanish yoki tokni avtomatik tarzda birday ushlab turadi. Dengiz kemaning chayqalishini kamaytiradi, u giroskop prinsipiga asoslangan. Polimerlar ham ularning eskirishini toʻxtatuvchi modda; oksidlanishga karshilik koʻrsatuvchi antioksidantlar, fotoliz va fotooksidlanishni toʻxtatuvchi fotostabilizatorlar, nurlanish taʼsiri ostida eskirishga toʻsqinlik kiluvchi antiradlar va boshqalardan iborat.
Ko‘pgina elektron qurilmalarning normal ishlashi uchun ularni barqaror kuchlanish manbai bilan ta’minlash kerak. Kuchlanish o‘zgarishiga olib keladigan asosiy omillar quyidagilardir:
- ta’minot tarmog‘idagi kuchlanishning tebranishi;
- manba kuchlanishi chastotasining o‘zgarishi;
- yuklama qarshiligining o‘zgarishi; - haroratning o‘zgarishi.
Kuchlanish beriladigan qurilmaning turiga qarab, ta’minot kuchlanishining nisbiy o‘zgarishi ∆𝑈/∆𝑈 ∙100% 0,005 dan 3% gacha yoki undan yuqori qiymatlarda o‘zgarishi mumkin. O‘zining chiqishida doimiy kuchlanishni avtomatik ravishda ushlab turadigan qurilmalar kuchlanish stabilizatorlari deb ataladi.
II.BOB
2.1 Stabilizatorlarning turlari.
Ta‘minot manbalarida ishlatiladigan kuchlanish stabilizatorlari ikki guruhga bo‘linadi: parametrik va kompensatsion. Parametrik stabilizatorlar chiziqli bo‘lmagan elementlar (stabilitronlar, varistorlar va boshqalar) asosida quriladi, ularning parametrlari beqarorlashtiruvchi omillar ta’siri ostida bevosita o‘zgarib turadi.
2.1.1-rasm. Nochiziqli elementning volt-amper xarakteristikasi. a) kuchlanish stabilizatori; b) tok stabilizatori
Kompensatsion stabilizatorlar kuchlanish bo‘yicha teskari aloqaga ega bo‘lib, stabilizatorning chiqish qarshiligi sezilarli kamayadi va chiqish kuchlanishi nisbatan stabil holda qoladi.


2.1.2-rasm. Kompensatsion stabilizatorning funksional sxemasi .
Stabilizator quyidagicha ishlaydi: o‘lchash elementida chiqish kuchlanishi tayanch kuchlanishi bilan taqqoslanadi va moslashmaslik signali hosil qilinadi. O‘zgartiruvchi qurilmada moslashmaslik signali kuchaytiriladi va rostlash elementi uchun boshqaruvchi signalga aylantiriladi. Ushbu boshqaruvchi signalning ta‘sirida rostlash elementining ichki holati chiqish kuchlanishini tayanch kuchlanishiga teng holda ushlab turish uchun o‘zgaradi. Umumiy holda kuchlanish stabilizatsiyasining koeffitsiyenti deb kirish kuchlanishining nisbiy o‘zgarishini stabilizator chiqishidagi kuchlanishning nisbiy o‘zgarishiga nisbatiga aytiladi. Stabilizatsiyaning integral va differensial koeffitsiyentlari bir-biridan farqlanadi. Stabilizatsiyaning integral koeffitsiyenti 𝐾 – bu berqarorlashtiruvchi omil (kirish kuchlanishi) o‘zgarishining belgilangan oralig‘idagi barqarorlikni (stabilizatsiyani) ifodalaydigan differensial koeffitsiyent 𝐾 esa cheksiz kichik diapazonda ushbu qiymatning o‘zgaruvchanligini ifodalaydi.

Stabilizatorning chiqish qarshiligi deb stabilizator chiqishidagi kuchlanish o‘zgarishining o‘zgarmas kirish kuchlanishida yuklama tokining o‘zgarishiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. pulsatsiyani tekislash (so‘ndirish) koeffitsiyenti – bu stabilizatorning kirishidagi pulsatsiya kuchlanishining uning chiqishidagi pulsatsiya kuchlanishiga nisbatiga teng. Ba’zi stabilizatorlar uchun pulsatsiyani tekislash koeffitsiyenti kuchlanish stabilizatsiyasi koeffitsiyentiga deyarli teng bo‘ladiFoydali ish koeffitsiyenti stabilizator tomonidan yuklamaga berilayotgan quvvatning stabilizatorning o‘zi tomonidan iste’mol qilayotgan quvvatga nisbati orqali aniqlanadi. Stabilizatorlarga qo‘yiladigan talablar. Ta’minot manbaining vazifasi va yuklamaning turiga qarab stabilizatorga quyidagi talablar qo‘yiladi:


1) yuqori FIK
2) yuqori stabilizatsiya koeffitsiyenti 𝐾
3) chiqish kuchlanishini (tokini) ohista yoki bo‘sag‘ali (bosqichma-bosqich) rostlash imkoniyati;
4) minimal tashqi o‘lcham va og‘irlik;
5) chiqish kuchlanishining minimal pulsatsiyasi.
Parametrik stabilizatorlarning asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: soddaligi, yuqori bo‘lmagan FIK (ayniqsa o‘zgaruvchan yuklama qarshiligida), kichik stabilizatsiya koeffitsiyenti, qo‘shimcha o‘tish tranzistoridan foydalanmasdan turib chiqish kuchlanishining aniq qiymatini olish va uni rostlashning murakkabligi.
Stabilitron asosida yig‘ilgan eng oddiy parametrik kuchlanish stabilizatorining sxemasi va VAXsi keltirilgan.

Yüklə 54,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin