2.1.3-rasm. Stabilitron asosida yig‘ilgan parametrik kuchlanish stabilizatori:
a) prinsipial sxemasi; b) stabilitronning volt-amper xarakteristikasi.
Kuchlanishni stabillash (barqarorlash) uchun teskari tok 𝐼 oralig‘ida o‘zgarganda teskari kuchlanish o‘zgarmas bo‘lgan volt-amper xarakteristikasining qismidan foydalaniladi. Stabilizatsiya tokining minimal va maksimal 𝐼 qiymati stabilitronning turi (nominali) bilan aniqlanadi. Kichik quvvatli stabilitronlar uchun stabilizatsiya chegaraviy toklarining tipik qiymatlari quyidagicha: 𝐼 = 3 − 5 mA, 𝐼 = 20 − 45 mA. Agar stabilizatsiyaning teskari toki 𝐼 dan kamaysa, u holda stabilizatsiya rejimi buziladi. Agar teskari tok 𝐼 qiymatidan oshsa, stabilitronning tiklanadigan buzilishi tiklanmaydigan issiqlik buzilishiga aylanadi. Stabilizatsiya tokini cheklash 𝑅 ballast rezistor yordamida amalga oshiriladi. Bu qarshilikda ortiqcha kuchlanish pasayadi, yani ∆𝑈 = 𝑈 − 𝑈*𝑅 qarshilik qiymatini tanlash yuklama toki, kirish kuchlanishi va tanlangan stabilitron stabilizatsiya tokining o‘zgarish oralig‘ini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Stabilizatorning kuchlanish bo‘yicha stabillash koeffitsiyenti ballast rezistor 𝑅 qarshiligining stabilitron differensial qarshiligi 𝑟 ga nisbati (𝐾 = 𝑅 /𝑟 ) orqali taxminan aniqlanishi mumkin.
𝐾 ni oshirish uchun 𝑅 qarshilik qiymatini oshirish va 𝐼 ning barcha o‘zgarish diapazonida stabilizatsiya kuchlanishining o‘zgarishi kichik bo‘lgan stabilitronni tanlash maqsadga muvofiq. Sxema uchun 𝐾 ning qiymati 20 dan 40 birlikkacha bo‘lgan oraliqda bo‘ladi. Oddiy stabilizatorlarning kamchiliklaridan biri chiqish kuchlanishining haroratga bog‘liqligidir. 𝑈 chiqish kuchlanishining haroratga bog‘liq o‘zgarishini kichik harorat koeffitsiyentili kuchlanish stabilitronlaridan foydalanish hisobiga yoki termokompensatsiyalovchi sxemalarni qo‘llash hisobiga kamaytirish mumkin. Parametrik stabilizatorning termokompensatsiya bilan yaxshilangan sxemasi ko‘rsatilgan.
2.1.4-rasm Termokompensatsiyali parametrik stabilizator sxemasi .
VD2, VD3, VD4 diodlari VD1 tayanch diodidagi kuchlanishni termokompensatsiyalash uchun mo‘ljallangan. Tayanch kuchlanishi, UVD1, UVD2, UVD3 – termokompensatsiyalovchi germaniyli diodlari (yoki teskari yo‘nalishda ulangan stabilitron diodi) dagi to‘g‘ri kuchlanishlari. Termokompensatsiyalovchi diodlarning soni qarama-qarshi yo‘nalishda ulangan kremniyli stabilitron diodlarining turi va soniga qarab tanlanadi. Termokompensatsiyalovchi diodlar ishlatilganda 𝐾 taxminan 2-4 marta kamayadi. Shuningdek qo‘shimcha diodlar sxema chiqish qarshiligining oshishiga olib keladi. Ikki kaskadli sxemani qo‘llab, termokompensatsion diodli qurilmalarning stabilizatsiya koeffitsiyentini oshirish mumkin. Natijaviy stabillash koeffitsiyenti alohida kaskadlar stabillash koeffitsiyentlarining ko‘paytmasi (𝐾 = 𝐾 ∙ 𝐾 ) ga teng bo‘ladi. Chiqish qarshiligi 2-kaskadning chiqish qarshiligi bilan aniqlanadi. Birinchi kaskad maksimal stabillash koeffitsiyentiga ega bo‘lishi uchun termokompensatsiyani faqat ikkinchi kaskadda qo‘llash tavsiya etiladi.
2.1.5- rasm Termokompensatsiyali ikki kaskadli stabilizator
Termokompensatsion diodlar orqali oqayotgan tokni oshirish evaziga sxema chiqish qarshiligini pasaytirish mumkin.
2.1.6- rasm. Chiqish qarshiligini pasaytiruvchi ikki kaskadli parametrik stabilizator.
Keltirilgan stabilizatorda qo‘shimcha 𝑅 qarshilik orqali oqib o‘tuvchi tok VD4-VD6 diodlari orqali o‘tadi. Bunda termokompensatsiyalovchi diodlarning dinamik qarshiligi pasayadi va natijada chiqish qarshiligi kamayadi. Bu sxemaning yana bir xususiyati shundan iboratki 𝑅 qarshilik qiymatini o‘zgartirib termokompensatsiyani ohista sozlash imkoniyati mavjudligidir. Stabilizatorning kamchiligi termokompensatsion diodlar orqali oqayotgan tokning ko‘payishi natijasida foydali ish koeffitsiyentining kamayishidir.
Parametrik stabilizatorlarning yuklama qobiliyatini oshirish. Yuqorida ko‘rib chiqilgan parametrik stabilizatorlar barcha sxemalarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘zgaruvchan yuklamada maksimal chiqish toki stabilitronning maksimal stabilizatsiya tokidan oshishi mumkin emas. Umumiy kollektor sxemasi bo‘yicha ulangan tranzistor yordamida stabilizatorning chiqish tokini oshirishish mumkin
Dostları ilə paylaş: |