2.3. Integral mikrosxema (IMS) asosidagi stabilizatorlar.
2.3.1-rasm To‘rtta chiqishli rostlanuvchi kuchlanish stabilizatori
2.3.2-rasm. Kuchlanishni stabillash uchun to‘rtta chiqishli IMSning ulanish sxemasi.
Integral stabilizatorlarning qo‘llanilishi. Oldin ta’kidlab o‘tganimizdek, integral stabilizatorlarning qo‘llanilishi ta’minot manbaining sxemotexnikasini soddalashtiradi va uning elektrik ko‘rsatkichlari yaxshilaydi. Hattoki eng sodda va arzon integral stabilizatorlar ham etarlicha yaxshi elektr ko‘rsatkichlarga ega: pulsatsiyani so‘ndirish koeffitsiyenti 40 dan 80 gacha, chiqish qarshiligi 15 dan 30 mOm gacha.
VD stabilitron orqali oqib o‘tadigan teskari tok qiymati IS iste’mol qiladigan tok bilan aniqlanadi, uni yo‘qotish toki deb ham ataladi. Umumiy holatda bu tokning qiymati 1mA ga teng va u ISning ishlash rejimiga bog‘liq holatda o‘zgarishi mumkin. Sxemada stabilitron orqali qo‘shimcha stabilizatsiya toki oqib o‘tadi va uning qiymati 𝑈 /𝑅 ballast rezistori qarshiligining qiymati orqali aniqlanadi. Shu sababli stabilizatsiya 𝑈 kuchlanishining sifati oshadi, natijada chiqish kuchlanishi ham oshadi. Chiqish kuchlanishi zinasimon shaklda o‘zgaradi. Misol sifatida uchta stabilitron olingan, biroq ularning soni bir nechta bo‘lishi ham mumkin. Umumiy holatda chiqish kuchlanishi sakkizta qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda, agar hamma stabilitronlar bir xil bo‘lsa mumkin bo‘lgan 𝑈 qiymatlarining soni to‘rttagacha kamayishi mumkin.
Sxemada nisbatan virtual potensialining “siljishi” stabilizatsiya kuchlanishi turli qiymatda bo‘lgan stabilitronlarning ulanishi sababli o‘zgaradi. Xuddi keltirilgan sxemadagi kabi 𝑈 = 𝑈o ni olish mumkin ( qayta ulagich o‘ng tomon oxirida bo‘lganda). Sxemani ishlatishda shuni e’tiborga olish kerakki, qayta ulagichni kommutatsiya (ulanishajratish) lashda vaqt oralig‘i bo‘lmasligi lozim, qachonki IS COM chiqishi minus simiga ulanmagan bo‘lsa, hamma IS ham bunday rejimga bardosh bera olmaydi.
Chiqish kuchlanishi 𝑈 dan 𝑈 + 𝑈o gacha ohista rostlanuvchi ta’minot manbai sxemasi keltirilgan. 𝑅 , VD, 𝑅 elementlari chiqish kuchlanishi rostlanuvchi parametrik stabilizatorni tashkil etadi. Bunda 𝑈 kuchlanishi 𝑈 kuchlanishidan ushbu kuchlanish qiymatiga farqlanadi.
2.3.3-rasm
Rostlanuvchi chiqish kuchlanishili uchta chiqishli stabilizator
asosidagi ta’minot manbai .
𝑈 kuchlanishini rostlashning yana bir usuli rezistiv kuchlanish bo‘lgichidan foydalanishdir 𝑅 va 𝑅2 rezistorlari chiqish kuchlanishi bo‘lgichini tashkil qiladi. Ushbu bo‘lgich chiqishiga ISning COM chiqishi ulanadi. Sxemaning chiqish kuchlanishi quyidagicha aniqlanadi:
𝑈≈ 𝑈 + 𝐼 ∙ 𝑅 ,
bunda, 𝐼 – kuchlanish bo‘lgichi orqali oqib o‘tadigan tok. U kuchlanishini kuchlanish bo‘lgich yordamida rostlash 𝑅 va 𝑅2 rezistorlar qarshiligini hisoblash quyidagi tartibda bajariladi: 1) kuchlanish bo‘lgichi orqali oqib o‘tadigan 𝐼 ≥ (3 − 5)𝐼 toki beriladi, bu erda 𝐼 – ISning yo‘qotish (iste’mol) toki;
2) rezistor qarshiligini aniqlash 𝑅 ≈ 𝑈 /𝐼 ;
3) 𝑅 ning qiymati aniq IS uchun foydalanish bo‘yicha tavsiya etilgan diapazoniga mos kelishini tekshirish lozim;
4) agar 𝑅 qarshilikning qiymati tavsiya etilgan qiymatga to‘g‘ri kelmasa,
bunday holatda 𝐼 ning yangi qiymati beriladi;
5) 𝑅 rezistorning qarshiligi quyidagi ifoda orqali hisoblanadi:
𝑅=𝑈− 𝑈 /𝐼 .
Yo‘qotish 𝐼 toki hisoblash ifodalarida e’tiborga olinmagan, chunki uning haqiqiy qiymatini aniqlash murakkab bo‘lib, 𝐼 yo‘qotish toki stabilizator ishchi rejimiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun, hisoblashda yuqori natijaga ega bo‘lish uchun 𝐼 ning qiymati 𝐼 dan bir necha barobar katta bo‘lishi kerak. Ammo, hattoki 𝐼 bo‘lgichning toki 𝐼 yo‘qotish tokidan ancha katta bo‘lsa ham 𝑈 chiqish kuchlanishining aniq qiymatini o‘rnatish uchun qayta rostlash talab etiladi (masalan 𝑅 rezistorini tanlash), chunki 𝑅 , 𝑅 va 𝑈 qiymatlarining sakrashi (o‘zgarishi) ta’sir ko‘rsatadi (masalan K124EN8E mikrosxemasining stabilizatsiya kuchlanishi 15±0,60 V ga teng). Misol ko‘rib chiqamiz. Quyida berilgan qiymatlar bo‘yicha IS uchun sxemadagi 𝑅 va 𝑅2 rezistorlar qarshiliklarini hisoblaymiz. 𝑈 = 10 (𝐼≈ 10 mA, 𝑈 = 5 V). 𝐼= 40 mA bo‘lgan tok berib, quyidagini olamiz. 𝑅 =5 V / 40 mA=125 Om va 𝑅 =(10 V – 5 V) / 40 mA=125 Om.
Bunda ikkita rezistorning ruxsat etilgan sochilish (tarqalish) quvvati 0,25 Vt dan kam bo‘lmasligi lozim. 𝑅 rezistorda kuchlanishning pasayishi: 𝑈= 𝑈 + 𝑈, undan oqib o‘tayotgan tok: 𝐼= 𝑈/𝑅 ifodalar orqali aniqlanadi. Shunday qilib, sxemaning minimal chiqish kuchlanishi 𝑈 + 𝑈 ga teng, maksimal qiymati esa 𝑅 qarshilik orqali aniqlanadi. (𝑈 ≤ 𝑈 − ∆𝑈, bunda ∆𝑈–mazkur IS uchun kirish-chiqish kuchlanishining zaruriy minimal farqi).
Dostları ilə paylaş: |