Kirish
Mavzuning dolzarbligi Mamlakatimiz taraqqiyoti O’zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yo’lga qo’yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib boorish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma’naviy jahatdan yetuk, dunyoviy bilimlar va texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan asosiy omil fan, texnika, madaniyat, ma’rifat, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakat tajribalarini keng ko’lamda o’rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir.
Kurs ishining ob’ekti: Maktabgacha nutq patalogiyasiga ega bo’lgan bola
Kurs ishining maqsadi: Nutqida patalogiyasi bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar o’smirlar va kattalarga musiqiy ritmikaning ta’siri.
Kurs ishining vazifalari: Nutq patalogiyalarini i kelib chiqish sabablarini o’rganishda pedagogik – psixologik adabiyotlar tahlili
-Nutq patalogiyalarini tahlil qilish tamoyillarini o’rganish va psixologik jarayonda nutq nuqsonlarini bartaraf etish logorpedik ritmikaning ahamiyati
-Nutqida patalogiyasi boʻlgan maktabgacha yoshdagi bolalar, oʻquvchilar oʻsmirlar va kattalarga bartaraf etishda musiqiy ritmikali texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati
-Nutqida patalogiyasi boʻlgan maktabgacha yoshdagi bolalar, oʻquvchilar oʻsmirlar va kattalarga ʻ bartaraf etishda logoritmik o’yinlardan foydalanish
Kurs ishining metodi: o’yin metodi: bolalardagi ruhiy jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan o’yinlar (harakatli,intellektual,estetik), hayotiy-ijtimoiy o’yinlar (oila hayotiga doir, bog’cha,maktab, ijtimoiy hayot bilan bog’liq), harbiy o’yinlar (“askar-askar” o’yini, “dengizchi” o’yini), dramalashtirilgan o’yinlar (teatr, kino, sirk); kuzatish metodi (uzoq va qisqa muddatli); suhbat metodi.
2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda ta’lim sohasida hozirgi davrdagi amalga oshirilgan islohotlar o’z aksini topdi. “Ta’lim to’g’rida”gi Qonunning 8-mddasida maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o’qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek, bolalarni umumiy o’rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turi ekanligi, bu davr olti yoshdan yeti yoshgacha bo’lgan bolalarni boshlang’ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutishi qayd etilgan. Yurtboshimiz shu ma’noda O’zbekistonda ta’lim tarbiya sohasini isloh qilishining asosiy omillaridan biri “shaxs manfaati” va “ta’lim ustunvorligidir” deb aytib o’tganlar. Shu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi kun talabi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar shaxsini shakllantirish, ta’limning tarbiya berishda maxsus bog’cha tarbiyachisining defektolog, logopedlar zimmasiga katta mas`uliyat yuklamoqda. Bola shaxsining har tomonlama kamol topishida nutqning to’g’ri rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega. Chunki nutq kishilararo milliy boylik, tarbiya, ta’lim, ijodiyotga qimmatli aloqa vositasidir. Shu boisdan ham bolalarga nutqni puxta egallash o’z fikrini to’liq ifoda etishni o’rgatish lozim. Lekin, afsuski, ba’zi bolalarda nutq buzilishlarining turli ko’rinishlari uchraydi. Bunday nutq kamchiliklariga ega bo’lgan bolalar o’z fikrlarini nutq orqali to’liq ifoda etib bera olmaydilar. Tilning funksional va tuzilish jihatdan noto’g’ri rivojlanishi ana shunday nutq buzilishlariga sabab bo’ladi, bu esa bolalarning unga moslashish, ko’nikish imkoniyatlarini ham chegaralaydi. Bunday nutq kamchiliklariga bolaning umumiy nutqining to’liq rivojlanmaganligi ham kiradi. Sharqning ilk uyg’onish davri qomusiy olimlari (Abu Nasr Farobiy, Abdurahmon Jomiy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar) fikrlarga qaraganda, inson qalbi o’z tabiati bilan bir-biriga monand bo’lgan nutq, tovush va ritmlarni yoqtiradilar. Chunki tovushlar insonlar va hayvonlar hayotidagi eng zarur fonitorlaridan biridir. Tovushning o’ziyoq ham insonni, ham hayvonni hayajonlantiradi, biror qo’rqinchli voqea ro’y berganda esa u bir-birini chaqirish vositasi sifatida qo’llaniladi va qayta rol o’ynaydi. Nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar uchun maxsus muassasalar soni ko’paymoqda. Psixolingvistik tahlil asosida nutq patologiyasining eng murakkab turlari (afaziya, alaliya va nutqning to’liq rivojlanmay qolishi, dizartriya) haqidagi muhim ma’lumotlar olinmoqda. Murakkab nuqsonlar: bolalarning aqliy zaifligi, ko’rish, eshitish, tayanch, tayanch- harakat apparatlari buzilishi paytidagi nutq buzilishlari o’rganilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |