Persulfidlar. Bular H2S2 kislotaning tuzlari, umumiy formulasi (Н2S)n, bu yerda n=2,3,4,…9. Me2Sn. n=2 dan 23 gacha bo’lishi mumkin.
Ishqoriy va ishqoriy yer metallarining persulfidlari, ammoniyli tuzlari, piritlar katta ahamiyatga ega. Persulfidlar – ham oksidlovchilar va ham qaytaruvchilardir..
(NH4)2S2 III valentli surma va mishyakni Y valentli birikmalargacha oksidlaydi va ularning tuzlarini hosil qiladi:
SnS + (NH4)2S2 = (NH4)2 SnS3 Persulfidlar disproportsiyalanish reaksiyasiga kirishadi:
FеS2 = FeS + S
Ular ishqorlar ta’sirida ham oksidlovchi va ham qaytaruvchi bo’la oladi:
3Na2S2 + 6NaOH = Na2SO3 + 5Na2S + 3H2O
Ishqoriy metallarning persulfidlari sulfidlarni, gidroksidlarni va karbonatlarini qizdirib olinadi:
Na2S + S = Na2S2 (NH4)2S + nS = (NH4)2 Sn Pirosulfit kislotasining tuzlari. Agar sulfit kislotasidan suv tortib olinsa pirosulfitlat hosil bo’ladi:
2H2SO3=H2S2O5+H2O
H2S2O5 tarkibli kislota erkin holda mavjud emas, lekin uning tuzlari bor.
Pirosulfatrlar gidrosulfitlardan suvni tortib olish orqali olinadi:
K – O – S – O – H + H – O – S – O – K ↔ K – O – S – O – S – O – K
║ ║ ║ ║
O O O O
K2S2O5 K2S2O5 + H2SO4 = H2S2O5 + K2SO4 Tion kislotalar- H2S2O4. Sulfanil va sulfit kislotalarining o’zaro ta’siridan tion kislotalari, masalan, dition kislotasi hosil bo’ladi:
H – O – S – O – H+H – O – S – O – H↔H – O – S – O – S – O – H+H2O
║ ║
O O
Dition (H2S2O4) kislota ham erkin holda olinmagan, lekin tuzlar holiday uchraydi: Na2S2O4-natriy ditionat.