I bob. O‘quvchilarni monolog nutqqa o‘rgatish bo‘yicha ish mazmuni va vazifalari



Yüklə 127,67 Kb.
səhifə1/17
tarix07.01.2024
ölçüsü127,67 Kb.
#210168
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
217603-9 O\'qish darslarida qayta hikoyalash turlaridan foydala


MUNDARIJA
KIRISH……………………………………….....……………………………...5
I BOB. O‘QUVCHILARNI MONOLOG NUTQQA O‘RGATISH BO‘YICHA ISH MAZMUNI VA VAZIFALARI
1.1. O‘quvchilarni hikoya qilib berishga o‘rgatishda foydalaniladigan usullar....................................................................................................................8
1.2. Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish...........................................................13
Bob bo‘yicha xulosa…………………………........………..........…………...17
II BOB. KICHIK YOSHDAGI O‘QUVCHILARNI HIKOYA TUZISHGA O‘RGATISH USLUBIYATI
2.1. O‘quvchilarni rasmga qarab hikoya qilishga o‘rgatish...............................19
2.2. O‘yinchoqlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish..........................................25
Bob bo‘yicha xulosa…………………………………………………..............28
XULOSA……………………………………………………………...............29
FOYGALANILGAN ADABIYOTLAR….………………………................30


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, ta’lim har bir jamiyatning ajralmas qismi, madaniyati va rivojlanishning asosiy ko`rsatkichidir. Har qanday mamlakat istiqbolli rejalar tuzar ekan, avvalo ta’limga e’tiborni kuchaytiradi. Shu ma’noda mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab Birinchi Prezidentimizning “Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e’tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Тarbiyadan hech narsani ayamaymiz!”1 degan da’vatlari ostida ta’limni isloh qilishga kirishilib, avvalo “Тa’lim to`g`risida”gi Qonun, so`ngra “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” yaratildi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “...Xalq ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag‘ va imkoniyat talab qilmoqda. Lekin, istiqbolimiz, istiqlolimiz ko`zi bilan qaraganda, ham iqtisod, ham siyosat, ham ma’naviyat nuqtai nazaridan bu sarfxarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi muqarrar”2.
Bugungi kunda farzandlarni yanada bilimli qilish mutolaa orqali amalga oshishi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda. Zero, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ham: “Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman”3, – deya ta’kidlashi bejizga emas.
Ruhshunos D. B. Elkonin bu haqda shunday yozadi: “O‘quvchi hayot tarzining o‘zgarishi, kattalar bilan yangi munosabatlarning va yangi turdagi faoliyatlarning shakllanishi nutq shaklini va uning vazifasini (xizmatini) farqlashga olib keladi. Muomalaning yangi vazifalari vujudga keladi, o‘quvchi o‘z taassurotlarini, kechinmalarini, rejalarini (niyatini) kattalarga yetkazishga harakat qiladi.
Nutqning yangi shakli – monolog tarzida xabar qilish, ko‘rgan va eshitganlari to‘g‘risida hikoya qilish paydo bo‘ladi”, o‘quvchilarni hikoya qilishga o‘rgatish jarayonida barkamol tarbiya berishning xilma-xil masalalarini hal qiladi, aqliy rivojlanishga yordam beradi. Hikoya qilib berishda mantiqiy tafakkur, diqqat rivojlanadi, nutq grammatik jihatdan shakllangan bo‘lib, o‘zini tutish, jamoa oldida so‘zga chiqish malakasi hosil bo‘ladi”.
Shu ma’noda o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish uchun qayta hikoyalash turlaridan foydalanish masalalarini chuqur tadqiq etish zaruriyati tadqiqotimizning dolzarbligini belgilaydi.

Yüklə 127,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin