I bob. O’simlchklarning xujayralarida fosfor energiya almashinuvi



Yüklə 467,44 Kb.
səhifə7/10
tarix18.12.2023
ölçüsü467,44 Kb.
#184277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
fosforli moddalar almashinuvi

2.Mochevina yoki karbamid-(NH2)2CO, tarkibida 46,5% azot bo’ladi.
Tuproq eritmasi neytral muhitga ega. quyidagi reaksiya asosida olinadi.
2NH3 + CO2 = ( NH2 )2CO + H2O
3.Nitrat ammoniy yoki ammiakli selitra-NH4NO3, tarkibida 35% azot bo’ladi. Tuproq eritmasi kuchsiz kislotali pH>5 bo’ladi. Quyidagi reaksiya asosida olinadi. NH3+HNO3 =NH4NO3
Hozirgi vaqtda azotli mineral o’g’itlar “Maxam Chirchiq”,
“Ammofos-Maksam”, “Samarqandkimyo”, Navoiy va Farg’ona “azot” ishlab chiqarish birlashmalarida ishlab chiqarilmoqda. Dunyo bo’yicha 2010 yilda azotli o’g’itlar 74,4 mln. tonna ishlab chiqarildi.
2.2.Fosforning tabiatda tarqalishi, olinishi va xossalari
Fosfor- V guruhning azotdan keyin turuvchi elementi bo’lib, uning metallmaslik xossasi azotga nisbatan kuchsizroq namoyon bo’ladi. Lekin fosfor atomining elektron tuzilishiga ko’ra tashqi elektron qavatida 3s23p3d0 bo’sh d- orbitallarning bo’lishi bu elementning ayrim jixatlari azot elementidan farqli bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu farqlar quyidagilardan iborat:
Birinchidan- azotning umumiy ionlanish energiyasi yig’indisi (266,8 Ev) fosfornikidan (176,7 Ev) katta bo’lib, fosforning +5 oksidlanish darajasidan past brikmalari qaytaruvchilar, lekin P (5 +) holidagi birikmalari oksidlovchilar emas. Shu bilan birgalikda fosforning kislorodli birikmalari ancha barqaror, vodorodli brikmasi esa berqarordir.
Ikkinchidan- fosfor atomida 1s22s22p63s23p33d0 bo’sh orbitallarning bo’lishi natijasida tashqi qavatdagi 5 ta elektronning toqnashuvi va ularning o’zaro gibridlanishi sababli sp3d (k.s. = 6) bo’lgan valent imkoniyatlari paydo bo’ladi. Bunga qo’shimcha 3d-orbitallar akseptor vazifasini bajarishi sabab bo’ladi. Shu boisdan fosforning turli polimer tuzilishli brikmalari, asosan, kremniy va oltingugurt singari (gorizontal o’xshashlik) kislorod va ftor bilan brikmalar hosil qilishga moyilligi kuchli.
Fosforni tabiatda tarqalishi va allotropik shakl o’zgarishi. Tabiatda fosforning 1531P izotopi barqaror bo’lib, 1530P ва 1532P lar su'niy usulda olingan radioaktiv izotoplardir. Fosfor atomining radiusi azot atomi radiusidan katta bo’lganligi sababli elektron qabul qilishi qiyinroq, elektron berishi esa osonroqdir. Fosfor faqat birikmalar holida uchraydi. Yer po’stlog’idagi massasi 0,08% ni tashkil etadi. Fosfor o’simlik va hayvon oqsillarini tarkibiy qismini tashkil etadi. Odam organizmida 1,5 kg fosfor, shundan 1,4 kg suyakda bo’ladi. Tabiatda quyidagi minerallari uchraydi: Ca3(PO4)2kalstiy fosfat yoki appatit minerali
3Ca3(PO4)2·CaF2ftor appatit
3Ca3(PO4)2·CaCl2xlor appatit
3Ca3(PO4)2·Ca(OH)2 - gidroksi appatit
Fosfor: oq fosfor, qizil fosfor va qora fosfor allotropik shakl o’zgarishlariga ega. Oq fosfor rangsiz, kuchli zaharli, kimyoviy faol, tc=440C, tq=280,50C, ρ=1,83g/sm3 ga teng bo’lgan 500C da yonuvchi kristall modda. Suv bilan reaksiyaga kirishmaydi. Shuning uchun oq fosfor suv tagida yig’ib olinadi:
2Ca3(PO4 )2 +10C +6SiO2 = P4 +6CaSiO3 +10CO
Oq fosforning kristall panjarasi P4 holida mavjuddir, ya'ni uning molekulalari to’rt atomli va uch qirrali muntazam piramida shaklida bo’ladi. Oq fosfor havosiz joyda 250-3000C da 2-3 soat davomida qizdirilsa qizil fosforga aylanadi.
Qizil fosfor- zaharsiz, kukun holida to’q qizil modda bo’lib, 2500Cdan yuqorida yonadi. Qizil fosfor qizdirilganda suyuqlikka aylanmasdan turib, bug’lanadi. Uning bug’i quyo’qlashib oq fosforni hosil qiladi. Zichligi ρ=2-2,4g/sm3 ga teng. Qizil fosfor bir necha hil kristall formalardan iborat bo’lib, tuzilishi to’liq o’rganilmagan. Qora fosfor grafitga o’xshaydi, zichligi ρ=2,7g/sm3. Oq fosforni uzoq vaqt bosim ostida qizdirilsa qora fosfor hosil bo’ladi. U kimyoviy jihatdan inert modda. Qora fosfor fazoda atom kristall panjaraga ega. Krisstallar parralell yassi qatlamlar bo’lib tutashgan. Qatlamlar orasidagi masofa 0,324 nm ni tashkil etadi.
Fosforning olinishi va kimyoviy xossalari. Fosfor appatitlar va fosforitlardan olinadi. Buning uchun ular ko’mir (koks) va qumning aralashmasiga elektr pechda havosiz joyda 15000C da qizdiriladi:
Ca3(PO4 )2 + 5C + 3SiO2 = 3CaSiO 3 + P4 + 5CO
3CaO * P2O5 + 3SiO2 = P2O5 + 3CaSiO 3
P2O5 + 5C = 2P + 5CO
Oq fosfor xona haroratida o’z-o’zidan yonib, fosfor (V)- oksid, kislorod kam bo’lganda fosfor (III)- oksidlarni hosil qiladi: P4 +5O2 = P4O10, P4 +3O2 = 2P2O3
Oq fosfor galogenlar, oltingugurt va metallar bilan reaksiyaga kirishadi:
P4 +6Cl2 = 4PCl3, P4 +10Cl2 = 4PCl5
P4 +6Br2 = 4PBr3, P4 +6S = 2P2S3
6Mg + P4 = 2Mg3P2, 6Ca + P4 = 2Ca3P2
Magniy va kalsiy fosfidlar suv va kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi:
Mg3P2 +6H2O = 3Mg(OH )2 + 2PH3
2AlP+6HCl = 2AlCl3 + 2PH3
Faqat oq fosfor issiq ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi:
P4 +3KOH +3H2O=3KH2PO2 +PH3
Fosfor vodorod bilan reaksiyaga kirishmaydi.

Yüklə 467,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin