I bob. O’simlchklarning xujayralarida fosfor energiya almashinuvi


Fosforit uni- fosforitni un holiga kelguncha maydalash yo’li



Yüklə 467,44 Kb.
səhifə2/10
tarix18.12.2023
ölçüsü467,44 Kb.
#184277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
fosforli moddalar almashinuvi

1.1.Fosforit uni- fosforitni un holiga kelguncha maydalash yo’li
Qo’sh superfosfat oddiy superfosfatdan farq qilib, tarkibida gips bo’lmaydi, shu sababli unda P2Oa ning miqdori ko’p 42-49% bo’ladi, Undagi fosfor suvda eriydigan kalsiy morofosfat Ca(H2PO4)2 H2O va ozroq miqdori (4,5-5,7 %) erkin fosfat kislota holida bo’ladi.
Qo’sh superfosfat donador holda tayyorlanadi. Uning kimyoviy va fizik xossalari, ishlatilishi hamda samaradorligi oddiy superfosfat kabidir.
Asosiy o’g’it sifatida superfosfat solishda uni plug bilan ko’mib ketish lozim, bunda o’g’it tuproqning chuqur va doim nam bo’lib turadigan, tuproqdagi o’simlik ildizlarining asosiy qismi joylashgan qatlamida turish kerak.
Superfosfat kimyoviy gotilish natijasida solingan joyida deyarli to’liq o’rnashib qoladi va tuproqda juda sekni siljiydi.
Birinchi yili o’simliklar undan foydalanmaydi, tuprokda qolgan superfosfat fosfori keyingi yillarda qisman o’zlashtiriladi.
Presipitat kalspy difosfat (Ca HPO4 x 2H2O) tarkibida 27 dan 35% gacha P2O5 bo’ladi. Presipitat fosfori suvda erimaydi, lekin ammoniy sitratda eriydi va uni o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi. O’g’it yaxshi fizik xossalarga ega. Presipitatni barcha
Tuproqlarda turli xil ekinlarga asosiy o’g’it sifatida ishlatsa bo’ladi.
Tomasshlak- fosforga boy cho’yanlarni Tomasning ishqoriy usulida qayta ishlab, temir va ao’latga aylantirishda hosil bo’ladigan qo’shimcha mahsulot.
Tomasshlak to’q rangli og’ir, mayin kukun. Tarkibida 14 dan 20% gacha P2O5 bo’ladi. Bu o’g’itni barcha tuproqlarda asosiy o’g’it sifatida ishlatish mumkin.
Fosforit uni- fosforitni un holiga kelguncha maydalash yo’li bilan olinadi. Bu o’g’it gigroskopik emas, mushtlashib qolmaydi. Uning tarkibidagi P2O5 ning miqdori 19-30% atrofida bo’ladi. Fosforit uni- eng arzon fosforli o’g’it.
Bu o’g’it barcha kuzgi ekinlarga, shuningdek, chopiq-talab ekinlarga - qaidlavlagi, kartoshka, makkajo’xori va bophalarga I solinganda eng ko’p samara beradi. Fosforit uni qancha ko’p solingan bo’lsa, uning ta’sir etish davomiyligi ham shuncha uzoq bo’ladi.
Kaliy o’simliklar hayotida muhim fiziologii rol o’ynaydi. Kaliy o’simliklardagi biror organik birikmalar tarkibiga kirmaydi. Kaliyning fotosintez, oksidlanish prosesslari intensivligiga va o’simlikda organik kislotalar hosil bo’lishga ijobiy ta’sir etadi, uglevod va azot almashinuvida ishtirok etadi.
Kaliy etishmaganda o’simlikda oqsil sintezi sekinlashadi, natijada azot almashinuvi umuman buzladi, oddiy uglevodlarnnng ancha murakkab uglevodlarga aylavish to’xtab qolzdi. Kaliy shakarlaring barglardan boshqa organlarga oqib o’tishini kuchaytiradi, uglevod, almashinuvida ishtirok etadigan fermentlarning, jumladan, saxaraza va amilazaning aktivligini oshiradi.
Kaliy ta’sirida o’simliklarning sovuqqa chidamligi ortadi, bu hol shakarlar miqdorining ko’pligi va xujayralarda osmotik bosimning ko’tarilishi bilan bog’liq.
Kaliy bilan etarli darajada oziklantirilganda o’simlnklar turli kasalliklarga chidamli bo’ladi. Kaliy mexanik elementlar, naysimon tutamlar va lub tolalarning rivojlanvshiga yordam beradi, shuning uchun poyalarnnng baqquvat va yotib qolmandigan bo’lishiga, zig’ir va kanon tolalarining miqdori hamda sifatiga ijobiy tasir etadi.
Kaliy etishmaganida reproduktiv organlarning rivojlanishi to’xtaydi, shonalar va boshlang’ich tupgullar rivojlanmay qoladi, don puch bo’ladi va unib chiqish darajasi pasayadi. Kaliy reproduktiv orgaylarga nisbatan vegetativ organlarda ko’p bo’ladi!
Tuproqlarda kaliy (K2O) miqdori ularning hiliga karab 0,5 dan 3% gacha bo’ladi. Tuproqning haydalma qatlamida K2O ning u mumiy zahirasi 1 ga erga 50-75 ming kg ga to’g’ri keladi, lekin kaliyning asosiy qismi (98-99%) tuproqda erimaydigan va o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan birikmalar holida bo’ladi.
Suvda eriydigan kaliyni eritmasida har hil tuzlar holida o’zlashtiradi, lekin bunday kaliy miqdori juda oz bo’ladi.
Almashinuvchi kaliy o’simliklarning oziqlanishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Almashinuvchi kaliyni o’simliklar oson o’zlashtirishga sabab uning boshqa kationlar bilan almashganida eritmaga oson o’tish va o’simliklarga yaxshi singishidir.
Kaliy xlorid- KC1 tarkibida 53,7-60 % K2O bo’ladi.
Kaliy xlorid tuz minerallari tarkibida uchraydi. Silvinitdan KC1 bilan NaC1 ni ajratish orqali olinadi. Flotasiya metodiga ko’ra silvinitdagi KC1 ni NaCL dan ajratish uchun sirt-aktiv moddalar (aminlar) qo’shiladi, ular faqat KC1 donalari sirtiga adsorbsiyalanadi uni №S1 kristallari esa cho’kib tushady.
Kaliy xlorid asosiy kaliyli o’g’it, har qanday tuproqda va barcha ekinlarga ishlatish mumkin.
40% li kaliy tuz kaliy xloridni maydalab tuyilgan silvinit yoki kainit bilan mexanik ravishda aralashtirib olinadi. Bu o’g’it natriyni xoxlaydigan va xlorga unchalik ta’sirchan bo’lmagan qandlavlagi va xashaki ildiz mevalilar uchun juda samaralidir.
Kaliy sulfat- K2SO4 tarkibida 46-50% K2O bo’ladi. Tashqi ko’rinishidan kul rang tusli mayda kristall tuz, suvda eriydi. Tabiiy sulfatli kaliy tuzlaridan K2SO4 ni ajratish yo’li bilan olinadi. Bu o’g’it gigroskopik emas, mushtlashib qolmaydi. Uni har qanday tuproqda va barcha ekinlarga ishlatish mumkin.
Kul elementi o’simlik kuydirilgandan keyin tushadigan kul tarkibida saqlanib qolgan elementlarga kul elementi deyiladi. Kul tarkibida K, P, Na, Ca, Mg elementlari uchraydi.
Kul tarkibidagi kaliy, asosan potash (K2CO3) holida bo’ladi. Bu o’g’it hamma ekinlar uchun eng yaxshi o’g’it hisoblanadi. Lekin kul ishqoriy o’g’it hisobanadi va kislotali tuproqlarda yaxshi samara beradi. Bir gektarga 500-600kg kul solinadi.
Silvinit m KC1 + n NaC1 tarkibida 12-15% K2O va 34-38% Na2O hamda 52-55% C1 bo’ladi. Tashqi ko’rinishidan yirik, har hil rang’li- oq pushti, qo’ngir va ko’k rangli kristallar aralashmasidir, suvda yaxshi eriydi. Salgina gigroskopikligi bor. Silvinit asosiy o’g’it sifatida kuzgi shudgor vaqtida solinadi. Bunda xlorning anchagina qismi tuproqning pastki qatlamlariga yuvilib ketadi. Barcha kaliyli o’g’itlar suvda yaxshi eriydi. Tuproqqa solinganda ular tez erib ketadi va tusroqning singdirish kompleksi (TSK) bilan o’zaro ta’sirlashadi.
K
(TSK) + 2 KCL → (TSK) K + CaCL2
← Ca

Kaliyli o’g’itlar tarkibiga qiruvchi kaliy va boshqa kationlar (Na,+ Mg 2+) tuproqning kolloid qismiga yutiladi, xlor esa tuproq eritmasida qoladi va shu sababli oson yuvilib ketadi. Mineral o’g’itlardagi kaliy pin g foydalanish koefisenti 50-60%


O’rta va og’ir mexanik tuproqlarda kaliyli o’g’itlarni kuzda shudgor paytida solish kerak.
Engil tuproqlarda, ayniqsa yogin-sochin ko’p bo’ladigan hududlarga kaliyli o’g’itlarni bahorda kultivator bilan yumshatish vaqtida solgan ma’qul (yutish sigimi kichik bo’lgan qumli hamda qumoq tuproqlarda.) Barcha kalnyli o’g’itlar fiziologik kislotali tuzlardir.
Harakatchan kaliy odatda ko’p bo’ladigan sho’rtob erlarda kaliyli o’g’itlar samara bermaydi, ularni solish bunday tuproklarning yanada ko’nroq sho’rlanishiga sabab bo’ladi. Kaliyli o’g’itlar engil kumli va qumloq tuproqlarda, eng yaxshi samara beradi.Kaliy bilan yanada yaxshi ta’minlangan bo’z tuproqlarda kaliyni ko’p talab qiladigan ekinlarga qandlavlagi, makkajo’xori, kungaboqar, kartoshka va sabzavotlarga u ni faqat sug’orish paytida solish kerak.
1.2.Murakkab o’g’itlarda bitta kimyoviy birikma tarkibi
Murakkab o’g’itlarda bitta kimyoviy birikma tarkibida ikki yoki uch oziq elementi bo’ladi.
Murakkab aralash yoki kombinatsiyalanagan o’g’itlar jumlasiga yagona texnologik jarayonda olinadigan va bitta donachasiga ikki yoki uch oziq elementlari turli hil kimyoviy birikmalar holida birikkan kompleks o’g’itlar (nitrofos, nitrofoska, nitroammofos , nitroammofoska, va boshqalar) kiradi.
Aralash o’g’itlar- bu oddiy o’g’itlar aralashmasidir.
Ammofos – NH4H2PO4 .O’g’it tarkibida 11-12% N va 46-50% P2O5 bo’ladi. Bu o’g’it ammiakni fosfat kislota ta’sirida neytrallash orqali olinadi: NH3 + H2PO4 =NH4H2PO4
Ammofos asosiy o’g’it sifatida qishloq xo’jalik ekinlariga erta yahorda yoki ekish davrida beriladi.
Diammofos- (NH4)2HPO4 Tarkibida 18% N va 50% P2O5 bor. Bu o’g’it fosfat kislotani ammiakda to’yintirish yo’li bilan olinadi. 2NH3+H2PO4 =(NH4)2HPO4
Bu o’g’itlarning kamchiligi shundaki. ularda azot fosforga Karaganda ancha kam. Shu sababli N hamda P2O5 ni normal nisbatlarda olish uchun muayyan miqdorda azotli o’g’it qo’pshsh lozim.
Nitrofos va nitrofoskalar fosforni nitrat kislotalar bilan parchalash orqali olinadi. Nitrofoslarda N va P elementa bo’ladi, ularga KC1 qo’shilsa nitrofoskalar deyiladi. Bularda N -10-17%, P2O5-8-30% va K2O12-20% gacha bo’lishi mumkin.
Nitroammofos va nitroammofoskalar nitrat hamda fosfat kislotalar aralshmasini ammiak bilan neytrallab olinadi.
Monoammoniy fosfat asosida olinadigan o’g’it nitroammofos, kaliy qo’shilgani esa nitroammofoska deyiladi. Tarkibida N miqdorini 10-30% va P2O5 miqdorini 27-14% oralig’ida qilib chiqarish mumkin. Nitroammofoskalarda N, P va K ning umumiy miqdori 44 da 62 % gacha bo’ladi.
Ozuqali kalg’tsiy fosfatlar. Kimyo sanoatida ishlab chikariladigan ko’p birikmalar, masalan, kalg’tsiy, natriy, ammoniy fosfatlar chorvachilikda keng qo’llaniladi. Ular bahzi mineral tuzlar bilan birgalikda hayvon hamda parranda ozuqalariga qo’shib beriladi. Tabiiy ozuqalar tarkibida fosfor miqdori kam bo’lganda, bunday fosfatli ozuqa qo’shimchasi hayvonlarning mahsuldorligini oshiradi – koramollar yaxshi o’sadi va semiradi, go’shtning sifati yaxshilanadi, sutdagi yog’ miqdori ortadi.
Ozuqali fosfatlar o’g’itli fosfatlardan nafaqat ulardagi foydali komponentlar miqdorining ortiqligi, balki jonivorlar uchun zararli bo’lgan qo’shimchalar – ftor, mishg’yak, og’ir metallar birikmalarining miqdorining chegaralanganligi bilan farqlanadi. Odatda o’g’itli tuzlardagi, ftordan tashqari, bu qo’shimchalarning miqdori, ozuqali vositalar uchun belgilangan mehyor chegarasidan oshmasligi kerak. Fosfatli xom ashyodan o’tadigan ftorning miqdori esa belgilangan mehyordan birmuncha katta bo’ladi, shuning uchun, bahzi istisnolarga qaramay, ozuqali fosfatlar vazifasini bajara olmaydi. Ozuqali fosfatlar maxsus tayyorlanadi, bunda ularning olinish usullari tabiiy fosfatlar yoki ularning qayta ishlanish mahsulotlarini ftorsizlantirishga, shuningdek, termik fosfat kislota yoki ftorsizlantirilgan ekstraktsion fosfat kislota ishlatilishiga asoslangan. Jonivorlar ozuqali fosfatlarni oson hazm qilishlari uchun ular suvda eriydigan bo’lishi yoki kuchsiz kislotalarda erishi kerak; ular 0,4% li xlorid kislotada erisa, yaroqli hisoblanadi. Tabiiyki, barcha ozuqali fosfatlar o’g’it sifatida ham ishlatilishi mumkin.
Mamlakatimizda mineral ozuqa sifatida ko’p miqdordagi kalg’tsiy fosfatlari – ftorsizlantirilgan fosfat (trikalg’tsiyfosfat), ozuqali monokalg’tsiyfosfat, ozuqali dikalg’tsiyfosfat (pretsipitat), suyak uni, shuningdek mono- va dinatriyfosfatlar, mono- va diammoniyfosfatlar, karbamid fosfati qo’llaniladi. Odatda, bir sutkada mayda hayvonlar (qo’y, echki va b.) ga 10-20 g, buzoqlarga 50-100 g va qoramollarga 100200 g karbamid fosfati yoki shunga ekvivalent miqdordagi boshqa ozuqali fosfatlar beriladi. 1 t karbamid fosfati yoki shunga ekvivalent miqdordagi boshqa ozuqali fosfatlar – sigirlardan sog’ib olinadigan sut miqdorini 8-10 t ga, go’shtni 5-6 ts gacha oshirib, 2,5 t oqsil o’rnini bosadi. Hayvonlar ozuqasiga bahzi birikmalardan juda oz miqdorida qo’shib berilganda ham yuqori samara beradi. Aminokislotalar, vitaminlar, antibiotiklar va mikroelementlar shunday birikmalar jumlasidandir.
Suyak uni suyakni oldindan yog’sizlantirishi va suv bug’i bilan organik qoldiqlarni yo’qotilishidan so’ng maydalash orqali olinadi. Suyak uni tarkibida 30% dan kam bo’lmagan P2O5 va 40% dan kam bo’lmagan SaO bo’ladi. Ftorning miqdori oldindan chegaralanmaydi.
Ftorsizlangan fosfatlar. Ftorsizlangan fosfatlar, ftorning HF + SiF4 tarzidagi (tarkibida HF ko’p bo’lgan) aralashmasini gazli fazaga yo’qotilishi bilan birgalikda olib boriladigan tabiiy fosfatlarni termik qayta ishlash yo’li orqali olinadi. Termik parchalanishda fosfatlar suv bug’i ishtirokida nisbatan tez va to’la ftorsizlanadi. 14001550OS da apatitni gidrotermik qayta ishlash, dastlab, kristall panjaradagi ftorning gidroksid guruhi bilan almashishiga:
Sa5(RO4)3F + N2O = Sa5(RO4)3(ON) + NF
so’ngra esa, gidroksigapatitning parchalanishiga:
2Sa5(RO4)3(ON) = 2Sa3(RO4)2 + 4SaO*P2O5 + N2O
olib keladi.
Parchalanish mahsulotlari limon kislotada eruvchi -trikalg’tsiyfosfat va tetrakalg’tsiyfosfatdan iboratdir. Trikalg’tsiyfosfat ikki xil –  va  modifikatsiyada mavjud bo’ladi, ularning bir-biriga aylanish nuqtasi 1180OS ga tengdir. Bu xaroratdan pastda o’zlashmaydigan -modifikatsiya, yuqorida esa o’zlashuvchan (limonli va tsitratli eruvchan) amorf -modifikatsiya turg’un (stabil) bo’ladi. Amorf trikalg’tsiyfosfatning -shaklini uni tez sovutish (toblash) orqali saqlab qolish mumkin.
Kremnezem ishtirokida -shaklning -shaklga o’tish xarorati pasayadi va bu o’tishning tezligi ham shuncha sekinlashadi, natijada mahsulot – xattoki havoda suyuqlanmani sekin sovutilganda ham o’zining qimmatli xossasini yo’qotmaydi. Ftorsizlanish jarayoni esa birmuncha tezlashadi, chunki kremnezem apatitning kristall tuzilishini buzish xususiyatiga egadir; bunda shixtadagi kremnezemning miqdoriga bog’liq holda, turli tarkibdagi kalg’tsiy fosfat va silikatlarning qattiq eritmalari – silikofosfatlari hosil bo’ladi. Masalan, gidroksidapatitning parchalanishida kremnezem:
2Sa5(RO4)3(ON) + 0,5SiO2 = 3Ca3(RO4)2 + 0,5Sa2SiO4 + N2O
reaktsiya bo’yicha ishtirok etadi.
Apatitning kremnezem ishtirokida gidrotermik parchalanishini umumiy ko’rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:
2nSa5(RO4)3F + mSiO2 + nN2O = 10nCaO*3n’2O5*mSiO2 + 2nHF
1.3.Fosfatlarning gidrotermik ftorsizlantirilishi aylanuvchi
Fosfatlarning gidrotermik ftorsizlantirilishi aylanuvchi barabanlarda, tsiklonli, konvertorli va boshqa pechlarda amalga oshirilishi mumkin. Vodorod bilan boyitilgan yoqilg’i, masalan tabiiy gaz yoki mazut ishlatilganda suv bug’ini maxsus uzatilishi talab etilmaydi, chunki yonish mahsulotlarida yetarli miqdordagi (14% dan ko’p) suv bug’i bo’ladi.
Apatit kontsentrati va 20-25% (apatit massasiga nisbatan) kremnezemdan iborat shixta nisbatan past xaroratda suyuqlanadi. Shunday tarkibda kremnezem bo’lgan shixta suyuqlantirish usuli bilan ftorsizlangan fosfatlar olishda ishlatiladi. Kuydirishda esa, sezilarli darajada suyuq faza hosil bo’lishidan qutulish uchun undagi kremnezem miqdorini oshirish yoki kamaytirish kerak. AQSH da shixtaga umumiy massaning 50% gacha kremnezem qo’shiladi, yahni bir xil miqdordagi fosforit va qum aralashtiriladi. Bunda olingan mahsulot 20% gacha limon kislotada eriydigan P2O5 tutadi.
MDH da kuydirish bilan fosfatlarning gidrotermik ftorsizlantirilishi kremnezem (qum) ning oz miqdorda qo’shilishi yoki kremnezemsiz amalga oshiriladi, ammo ular ftorsizlangan fosfat kislota bilan SaO:P2O5 = 3 molyar nisbatda (fosfat massasining 46%i miqdorida) namlanadi va pechdagi changlanishni kamaytirish uchun donadorlanadi. Fosfat kislota ishtirokida jarayonning xarorati 1380-1420OS gacha pasayadi. Yuqorida keltirilgan ftorsizlanish reaktsiyasidan tashqari:
3Ca5(PO4)3F + H3PO4 = 5Ca3(PO4)2 + 3HF
reaktsiya ham sodir bo’ladi. Bu reaktsiyaning umumiy ko’rinishidir. Reagentlar aralashtirilishidan, dastlab, monokalg’tsiyfosfat hosil bo’ladi, so’ngra xaroratning ko’tarilishi natijasida kalg’tsiy meta- va polifosfatlarga aylanadi va ularning o’zaro tahsirlashuvidan esa trikalg’tsiyfosfat hosil bo’ladi. Fosfat kislotaning qo’shilishi ftorsizlanishni tezlashtiradi va mahsulotdagi P2O5 miqdorini oshiradi. Oson suyuqlanuvchi fosforitlar (masalan, Qoratog’ va Qizilqum fosforitlari)ning fosfat kislota bilan namlanishi ularning suyuqlanish xaroratini oshiradi. Bu shunday fosforitlarni aylanuvchi pechlarda 1250-1300OS xaroratda kuydirish orqali ftorsizlantirish imkonini beradi. Oson suyuqlanuvchi fosforitlarni ftorsizlantirishning boshqa usulida ular tsiklonli yoki konvertorli pechlarda 1500-1600OS da suyuqlantiriladi.
Aylanuvchi pechlarda ftorsizlangan fosfatlar olish jarayoni (15 – rasm) quyidagi: apatit va qaytarilgan changni fosfat kislota va suv bilan aralashtirish; shixtani donadorlash;

15 – rasm. Aylanuvchi pechlarda ftorsizlangan fosfatlar ishlab chiqarish sxemasi:
1 – apatit uchun bunker; 2 – og’irlik o’lchov mehyorlashtirgichi; 3 – chang uchun bunker; 4 – tahminlagich; 5 – fosfat kislota mehyorlashtirgichi; 6 – ikki valli aralashtirgich; 7 – likopchasimon donadorlagich; 8 – tsiklon (chang tutgich); 9 – issiqlik yutdirish qozoni; 10 – changli kamera; 11 – aylanuvchi pech; 12 – rekuperator; 13 – konveyer; 14 – klinker (qorishma) uchun bunker; 15 – tebranuvchi tahminlagich; 16 – tegirmon; 17 – sovutish barabani; 18 – tayyor mahsulot saqlanadigan bunker.
donachalarni kuydirish; mahsulotni maydalash; tayyor mahsulotni sovutish, qoplash va istehmolchiga jo’natish; pechdan chiqadigan o’txona gazlarini issiqlik yutdirish qozonida sovutish (bug’ ishlab chiqarish); gazlarni changdan tozalash; o’txona gazlaridagi ftorli birikmalarni ajratib olish va ularni ftorli mahsulotlarga aylantirish bosqichlardan iboratdir. Aylanuvchi pechning diametri 3,6 m va uzunligi 100 m (tayyor mahsulot bo’yicha unumdorligi: loyihali – 6 t/s; erishilgani – 7,3 t/s ga teng). Ftorsizlangan fosfatlar asosan ozuqali vositalar sifatida ishlatiladi, ammo ulardan uzoq muddat tahsir etuvchi o’g’itlar sifatida foydalanilishi ham yuqori samara beradi.
Ammiak molekulasida donorlik qobiliyati suvga nisbatan kuchliroq ifodalangan, suvda H– O bog’ining qutbliligi, ammiakdagi N – H bog’iga nisbatan kuchliroq bo’lganligi uchun molekulalararo vodorod bog’lanishi birinchi mexanizm bilan yuzaga keladi. U katta energiya va bog’ning qisqaliligi bilan tavsiflanadi. Boshqacha so’z bilan aytganda ammiak molekulasidagi azot, suv molekulasidagi vodorod protoniga (H+) aktseptorlik qiladi va ammiakning suvdagi eritmasini muvozanatini molekulalararo assotsiatning elektrolitik ionlanishi sifatida tasavvur qilish mumkin:

Gidroksil ionlarining hosil bo’lishi, ammiakning suvdagi eritmasi ishqoriy muhitni yuzaga keltiradi. Ionlanish doimiysi ancha kichik:
Ammiakning suvdagi eritmasi muvozanatini eritmaga kislota qo’shish bilan o’ngga siljitish mumkin. Bunda eritmada ammoniy tuzlari hosil bo’ladi. Ularni to’g’ri gaz holidagi ammiakni kislotaga ta’sir ettirib ham olish mumkin. NH3 + HCl = H

Yüklə 467,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin