I bob. O’simlchklarning xujayralarida fosfor energiya almashinuvi



Yüklə 467,44 Kb.
səhifə4/10
tarix18.12.2023
ölçüsü467,44 Kb.
#184277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
fosforli moddalar almashinuvi

3. Azotning kislorodli birikmalari
Azot oksidlarida +1 dan +5 oksidlanish darajasigacha bo’ladi. Faqat N2O3 va N2O5 oksidlari kislotali hisoblanadi; NO2 va N2O4 larga 2 ta kislota oksidi deb qaraladi. Ma’lum bo’lgan nitroza oksidlari NO, NO2 va N2O4 lardan iborat bo’ladi.
Azot oksidlari to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar 3 rasmda keltirilgan.
3 rasm

Azot (I) oksidi bilan nafas olingan birinchi daqiqada odamda hayajonlanishni uyg’otadi, keyin uxlatuvchi ta’sir qiladi. Tibbiyotda 80 % N2O va 20 % O2 aralashmasidan narkoz vositasi sifatida foydalaniladi.
Og’riq sezilmaydi.
Azot (II) oksidi (azot monooksidi) NO- rangsiz gaz, havoda astasekin qo’ng’ir – jigar rang tusga kiradi (2NO+O2=2NO2 reaksiyasining o’tishi natijasida). tq=-1520C. suvda amalda erimaydi. NO–elektron juftga donordir.
Suyultirilgan nitrat kislotasi bilan ko’pgina metallarning ta’siri natijasida olinadi:
3Cu + 8HNO3suyul = 3Cu(NO3)2 + 2NO↑ + 4H2O
Atmosferada chaqmoq chaqqanda elektr razryadlari ta’sirida hosil bo’ladi. Azot (II) oksidi nitrat kislotani sanoatda olish jarayonida oraliq mahsulot hisoblanadi.
Azot (III) oksidi (diazot uch oksidi) N2O3 – past haroratda to’q – ko’k suyuqlik 00C dan yuqori haroratda parchalanadi: N2O3 = NO + NO2
N2O3 - kislotali oksid, sovuq holatda suv bilan birikib nitrit kislotasini hosil qiladi:
N2O3 + N2O = 2HNO2
Ishqorlar bilan tegishli nitritlarni hosil qiladi:

Azot (IV) oksidining mono shakli NO2 dimer shakli esa N2O4 dir. Azot (IV) oksidi suvda yaxshi erib nitrat va nitrit kislotalarni hosil qiladi.
HNO2 – kislotasiga 2 ta tautomer tuzilishlar ma’lum:
Nitrit ioni uchburchakli tuzilishga ega, natijada azot atomi sp2 gibridlanishda bo’ladi. Nitritlar zaharli, suvda yaxshi eriydi. Odatda nitritlar ishqorlar eritmalaridan NO va NO2 gazlarni o’tkazib olinadi:
2NaOH + NO + NO2 = 2NaNO2 + H2O
Azot (IV) oksidi (azot dioksidi) NO2 qizil jigar rang (qo’ng’ir) gaz, o’ziga xos hidli. 21,20C da suyuqlanadi va -10,20C da qotadi. (suyuq va qattiq holatda ham rangsiz) juda zaharli. NO2 bilan uzoq vaqt (5-25 soat) nafas olganda og’ir zaharlanish belgilari, asosan, o’pkaning shishishi paydo bo’ladi. Azot (IV) oksidi ishqorlar bilan ta’sirlashganda 2 hil tuz nitritlar va nitratlar hosil bo’ladi. (shu sababli NO2 ga 2 ta kislota oksidi deyiladi):
2NO2 + 2NaOH = NaNO2 + NaNO3 + H2O
NO2 kontsentrlangan HNO3 kislotasiga metallar ta’sir ettirilganda, nitrat kislotasi termik parchalanganda, og’ir metallarning nitratlari qizdirilganda, havoda chaqmoqli paytlarda va boshqa hollarda hosil bo’ladi:
Masalan:

640C da taxminan N2O4 ning yarimi NO2 ko’rinishida bo’ladi, haroratning ortishi bilan NO2 ning miqdori yanada oshib boradi.
Azot (V) oksidi (diazot pentaoksid) N2O5-rangsiz portlovchi kristallar. U nitrat kislotasini P2O5 yordamida suvsizlantirib olinadi:
2HNO3 + P2O5 = 2HPO3 + N2O5
4HNO3 + P4O10 = 4HPO3 + 2N2O5
N2O5 – tipik kislotali oksid suv bilan kuchli reaksiyaga kirishadi va nitrat kislotasini hosil qiladi.
N2O5 + H2O = 2HNO3
Azot (+5) oksidi faqat gaz holatida molekulyar tuzilishga ega. Qattiq holatda NO-2 нитрон va NO-3 нитрат ionlaridan hosil bo’lgan tuzilishga ega. N2O5 kristallari oson sublimatsiyalanadi, buning ustiga molekulalar bug’lanadi. Shunday qilib, azot (+5) oksidi sublimatsiyalanganda NO-2 va NO-3 ionlari N2O5 molekulasiga birlashadilar. U esa uy haroratida parchalanadi va qizdirilganda portlaydi:

Azot (+5) oksidi kuchli oksidlovchi, ko’pchilik reaksiyalar uning ishtirokida kuchli boradi.

Yüklə 467,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin