2.2. O‘zbekistonda rayonlashtirish masalalari va istiqbolli imkoniyatlari Ta'kidlash lozimki, ixtisoslashuv barcha narsa yoki mahsulotni ishlab chiqarish bilan belgilanmaydi. Uning uchun quyidagilar talab etiladi:
— mazkur tarmoq mintaqa yoki milliy iqtisodiyot tarkibida salmoqli o'ringa ega
lmog‘i lozim;
— yaratilgan mahsulot mahalliy ehtiyojni to‘la qondirgan holda tovar sifatida
bozorga chiqarilishi kerak;
— ixtisoslashuv rayonlararo yoki mamlakatlararo tovar ayirboshlash, tashqi savdo
aloqalarini taqozo etadi va h.k.
Yuqoridagi talablarga muvofiq aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi tabiiy paxta va paxta tolasi, ipakchilik, qorako'lchilik, meva va sabzavotchilikka
ixtisoslashgan. Aynan ana shu va yana bir qator iqtisodiyot tarmoqlari
mamlakatimizning xalqaro mehnat taqsimotidagi o'rnini belgilab beradi. Demak,
hududiy mehnat taqsimoti ishlab chiqarishni iqtisodiy makonda alohida sohalar bo'yicha bo‘lib” yuboradi. Natijada har bir joyning “kimligi”, nima bilan shug‘ullanishi vujudga keladi. Shuning uchun ixtisoslashgan tarmoq orqali joy (mamlakat, viloyat, rayon, shahar va h.k.) tushuniladi, joy esa — uning nima bilan mashhurligini bildiradi. Masalan, kofe deganda Braziliya, Braziliya deganda kofe; Choy deganda Xitoy va Hindiston, O‘zbekiston deganda paxta; ko'mir deganda Angren... Hududiy mehnat taqsimotining shakllanishiga qator omillar ta'sir qiladi. Ularga tabiiy sharoit va tabiiy boyliklar, aholi va mehnat resurslari, iqtisodiy geografik о‘rin, bozor iqtisodiyoti (talab va taklif munosabati) kabilar kiradi.
Jumladan, tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning turli tumanligi mamlakat yoki
mintaqada xo‘jalik yuritish ning turli yo‘nalishlarini vujudga kelishiga asos bo'lib
xizmat qiladi. Tog‘, voha va vodiy, cho’l, o’rmonzor, issiq iqlim yoki qurg‘oqchilikda shularga mos holda iqtisodiyot ixtisoslashuvi ham turlicha bo‘ladi. Faraz qilaylik, agar O’zbekiston hududi (tabiati) faqat Qizilqum cho‘llari yoki Ustyurt platosi yoki faqat Farg‘ona vodiysidek bo‘lganda, ehtimol, xo‘jalik tizimi ham ancha bir tomonlama lar edi. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, mamlakat, mintaqa hududining yer tuzilishi, iqlim, qazilma boyliklari qanchalik turli-tuman bo‘lsa bu yerda hududiy mehnat taqsimoti, iqtisodiyotni kompleks rivojlantirish uchun shunchalik katta imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Hududning tabiiy geografik jihatdan har xilligi bu uning baxtidir”, zero tabiatda, Yerki, ularni boshqarish boshqa tipdagi rayonlarga qaraganda osonroq va qulayroq. Xo’sh, iqtisodiy rayonlar nima uchun kerak? Avvalambor bu rayonlarsiz iqtisodiy geografiya fanining o’zi ham bo‘lmaydi rayon — joy, yer, hudud, demak “geo”). Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, iqtisodiy rayon iqtisodiy geografiyadir. Binobarin, iqtisodiy geografiya fanining tarixi iqtisodiy rayonlarning shakllanishi, hududiy mehnat taqsimotining natijasidir. Iqtisodiy rayonlarsiz, hududning ichki jihatdan iqtisodiy turli-tumanligini anglamasdan turib mamlakat iqtisodiy geografiyasini o’rganish mumkin emas. Zero, har qanday davlatning iqtisodiy salohiyati va xavfsizligi uni tashkil qilgan mintaqalar birligi bilan ifodalanadi; m intaqalar, ichki hududlarsiz “mamlakat” mavhum tushuncha bo‘libqolaveradi. Bundan tashqari, mamlakat iqtisodiy geografiyasini faqat xo‘jalik tarmoqlari orqali, “yoppasiga”, umuman yoki “o‘rtacha” o'rganib bo‘lmaydi. Nazariy va asosiy jihatdan iqtisodiy rayonlar har qanday davlatning mintaqaviy siyosatini olib borishda zarur. Sababi, davlat o‘zining barcha ichki qismlariga, ularning imkoniyat va ehtiyojlari, muammolaridan kelib chiqqan holda “muomala” qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlatning mintaqaviy siyosati maxsus
vositalar (byudjet-kredit, soliq, investitsiya mexanizmlari) yordamida ishlab chiqarish kuchlarini hududiy jihatdan tartibga solib, boshqarib boradi. Hududiy ishlab chiqarish majmualari. Iqtisodiy geografiyadagi bu tushuncha ham uning tub mohiyatini belgilaydi. O‘z nomidan ma'lum bo‘lishicha, u ma'lum hududda xo‘jalik tarmoqlarining joylanishi, majmua (kompleks) shaklida faoliyat ko‘rsatishini bildiradi.
Hududiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv, tashqi iqtisodiy aloqalar transportsiz amalga oshmaydi. Transport iqtisodiy geografik jarayonlarni harakatga keltiruvchi asosiy kuch, iqtisodiyotning qon tomiridir.