I bob pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha


II BOB. 2.1. WEB 3.0 XIZMATLARIGA ASOSLANGAN DIDAKTIK MATERIALLAR



Yüklə 40,15 Kb.
səhifə4/6
tarix23.06.2023
ölçüsü40,15 Kb.
#134408
1   2   3   4   5   6
LOYIHALASH FAOLIYATINING DIDAKTIK O‘ZIGA XOSLIGI

II BOB. 2.1. WEB 3.0 XIZMATLARIGA ASOSLANGAN DIDAKTIK MATERIALLAR

Web xizmatlari tushunchasiga ko`p narsalarni kiritishsa-da, aslida haqiqiy web xizmatlari faqat bir qator protokollar va texnologiyalardan foydalanadilar. web xizmatlarning negizi XML (Extensible Markup Language – kengayadigan hoshiyalash tili) dir. Bu til yordamida taklif qilinayotgan va qilinadigan xizmatlar tavsiflanadi. SOAP (Simple Object Access Protocol – ob'ektlar bilan ishlashning sodda protokoli) web xizmatlar bilan bog`lanishning standartidir. Boshqa muhim texnologiyalar WSDL (Web Services Description Language – Web xizmatlarini tavsiflash tili) and UDDI (Universal Description, Discovery and Integration – universal tavsiflash, yaratish va integratsiyalash)lardir.


1. Web xizmatlari va .NET dasturlar boshqa xizmatlardan brauzer yordamida Internet orqali masofadan turib foydalanish imkonini beradi. Dastlab .NET da yoki web xizmatlar sifatida ishlatiladigan xizmatlar, dasturlar yaratilishi kerak. Web xizmatlar odatda JAVA tilida yoziladi.
.NET da ishlaydigan dasturlar Visual Studio.NET platformasida yaratiladi. Unda dasturlar yaratish uchun turli tillar, masalan, Visual Basic.NET, Visual C#.NET kabi tillardan foydalanish mumkin. Bu xizmatlar va dasturlar yozilgach, ular ilovalar serveriga joylanadi va bu server talablarga ko`ra bu xizmatlarni etkazib beradi. Xizmatlar joylashgan sayt xizmatlar provayderi (etkazib beruvchisi) deyiladi.
2. WSDL (Web Services Descriptions Language –web xizmatlarni tasvirlash tili) xizmatlarni tavsiflash uchun xizmat qiladi. Tavsiflash paytida bu xizmatning aniq joylashgan o`rni, uni qanday ishga tushirish, u taklif qiladigan xizmat turi va shunga o`xshash ma'lumotlar aniqlashtiriladi. Xizmatlarni tavsiflovchisi XML tili konstruktsiyalarida yaratiladi.
3. Servis registrlarida taklif qilinayotgan xizmat turlari qayd qilinadi. Xizmat tavsiflovchilari ularni SOAP (Simple Object Access Protocol – ob'ektlarga etishishning soda protokoli) protokoli yordamida servis registrida qayd qiladilar. Servis registrlarida UDDI (Universal Description Discovery and Integration – tavsiflash, yaratish va joriy qilishning universal standarti) deb nomlanuvchi standartlar guruhi yordamida kompaniyalar o`zlari va taklif qilinayotgan xizmatlari xaqida axborotni e'lon qiladilar. Foydalanuvchilar esa kerakli xizmatlarni qidirib topadilar va ishlatadilar.
4. Xizmatga talabgor deb ataluvchi shaxslar va kompaniyalar kerakli xizmatni topish uchun Servis registriga SOAP protokoli orqali murojaat qiladilar.
5. Kerakli xizmat turining tavsiflovchisi topilgach, unda xizmat qaerda joylashganligi va undan qanday foydalanish mumkinligi aniqlashtiriladi.
6. Bu ma'lumotlar asosida xizmatga talabgor xizmatni o`z kompyuterida ishga tushiradi.
Web-texnologiyani (Internet-texnologiya) o’rganishni Web-dizaynning quyidagi uchta tushunchasini o’rganishdan boshlanadi: Web-sahifa, Web-sayt va Web-sahifa – o’zining unikal adresiga ega bo’lgan va maxsus ko’rish dasturi yordamida (brauzer) ko’riluvchi xujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animatsiya ma'lumotlar birlashmasi - multimediyali xujjatlar, boshqa xujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin.
Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi.
Web-server – tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni klientga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma'lumotlar bazalari va multimediyali ma'lumotlarni bir biriga moslashtiradi; Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi.
Internet tarmog’idagi Web-sahifalarni ko’rishingiz uchun WWW (World Wide Web) deb ataluvchi servisdan foydalanasiz.
World Wide Web (WWW, Butun dunyo o’rgamchak to’ri) – bu klient-server texnologiyasi asosida tashkil etilgan, keng tarqalgan Internet xizmatidir.
Matnni hoshiyalash tillari va ularning qisqacha tasnifi Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini o’rganishni esa razmetkali til yoki matnni hoshiyalash til tasnifi bilan boshlaymiz.
Maxsus til mavjud bo’lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma'lumotlar Web-sahifa xujjatga joylashtiriladi va bu xujjatni barcha kompyuterda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar yoki matnni hoshiyalash tillari deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – Web-sahifaga “ma'lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (giperssilkalar ya`ni giperaloqalar) ta'minlashdan iborat.
Matnni hoshiyalash tillarini web sahifadagi yo`l harakati belgilariga o`xshatish mumkin. Ularni yana musiqachi uchun nota belgilari, deb qarash mumkin. Hoshiyalash tillari web sahifani ekranda qanday boshqarish va ekranda ko`rsatish farmoyishlari to`plamidir. Bu farmoyishlar teglar (tag – nishon, etiketka, degan ma'noni anglatadi) deb ataladi va matn ko`rinishida bo`lgan web sahifaga joylanadi.
Web server dasturiy ta'minoti
1) Klient kompyuteri dasturi (brauzer) serverga kerakli ma'lumot haqida talabnoma yuboradi. Bu talabnoma web server tomonidan qayta ishlanadi.
Yagona IP manziliga ega mezbon kompyuterda bir necha turdagi serverlar joylashgan bo`lishi mumkin. Shu sababli bitta kompyuterga joylashgan turli serverlar kompyuterning turli kirish portlaridan foydalanadilar. Kirish portallari 0 dan 65535 gacha raqamlab chiqilgan bo`ladi. Mezbon kompyuterlar IP manzilidan tashqari domen (soha) nomlariga ega. Bu nomlarga mos keladigan IP manzillarni aniqlash uchun DNS (Domain Name System – domen nomlari tizimi) dan foydalaniladi.
2) Brauzer yuborgan talabnomalar zarur hujjatlarning formatini belgilab beradi. Agar web brauzer HTML faylni so`rasa, bu fayl bevosita web brauzerga jo`natiladi.
3) Agar web brauzer boshqa formatdagi, masalan ma'lumotlar omboriga tegishli ma'lumotni so`rasa, bu talabnoma CGI orqali tegishli ilovaga uzatiladi. CGI stsenariyi orqali topilgan yoki qayta ishlangan ma'lumotlar serverga qaytariladi. Server esa ularni brauzerga uzatadi.
4) Odatda har bir server oldindan aniqlangan kirish portidan foydalaniladi. Bu portlarning nomerlari quyidagicha bo`lishi mumkin. (raqamlar 16 lik sanoq sistemasida keltirilgan):
HTTP server – # 80.
FTP server – #21.
Gopher server – #70.
Telnet server – # 23.
Usenet server – # 119.
WAIS server – # 210.
Web sahifa va ma'lumotlar ombori
Butun olam to`rining eng foydali imkoniyatlaridan biri to`rda ma'lumotlarni qidirishdir. Ma'lumotlarni qidirishda web serverlardagi ma'lumotlar omboridan foydalaniladi. Qidiruv saytlariga serverdagi ma'lumotlar omboriga kirish nuqtalari deb qarash mumkin. Bu saytlarda sodda yoki o`ta murakkab qidiruv kriteriylarini yaratib, qidiruvni boshlash mumkin. Dunyodagi eng katta va eng ko`p foydalaniladigan qidiruv tizimi Yahoo web saytida joylashgan. Uning birinchi sahifasi qidiruv uchun mo`ljallangan darchadir. Siz o`zingiz izlayotgan ma'lumotga oid kalit so`zni kiritasiz va qidiruvni boshlaysiz. Bunga javoban, server o`z ma'lumotlar omboridan bu kalit so`z uchragan barcha saytlar ro`yxatini sizning kompyuteringizga yuboradi.
Tarmoq nafaqat ma'lumotlar omboridan ma'lumot qidiradi. U bunday ma'lumotlar omborlarini yaratadi va ularni ma'lumotlar bilan to`ldirib boradi. Web serverlarda ma'lumotlar ombori bilan ishlash CGI (Common Gateway Interface –umumiy shlyuz interfeysi) orqali amalga oshiriladi. Bu interfeys yordamida sodda yoki o`ta murakkab ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlarini ishlatish va ular bilan ma'lumot almashish mumkin.
1. Butun olam to`rida ma'lumotlar omboridan keng foydalaniladi. Masalan, ulardan kerakli web sahifani qidirib topishda foydalaniladi.
To`rda qidiruv maxsus saytlardan boshlanadi. Bu sayt sahifasida qidiruv qay tarzda va nimani qidirish kerakligiga qarab, kerakli maydonchalarga ma'lumotlar kiritiladi. Bundan tashqari, bu sahifada qidiruv CGI stsenariyini ishlatish uchun HTML kod ham bo`ladi. Brauzer qidiruv haqidagi ma'lumotni serverga qidiruv satri orqali jo`natadi. qidiruv satrida bu qidiruv uchun mo`ljallangan CGI stsenariyi va u joylashgan papka ko`rsatiladi. Odatda barcha CGI stsenariylar serverning cgi-bin papkasiga joylanadi. qidiruv satrida nima qidirilishi ham ko`rsatiladi. Bu narsa stsenariydan “/” belgisi bilan ajratiladi. qidirilayotgan ob'ekt xossalari bir-biridan “&” belgisi (ampersend deb o`qiladi) bilan ajratiladi. Bo`sh joy o`rniga “+” ishorasidan foydalaniladi. Masalan, qidiruv ma'lumotlari omboridan ismi-sharifi Aliev Vali bo`lgan va Pop tumanida yashovchi shaxsni qidir stsenariyi yordamida topish uchun quyidagi HTML kod yoziladi.

2. Qidiruv satri web serverga jo`natilgach, undagi ma'lumotlar CGI orqali ma'lumotlar omboriga jo`natiladi.


3. Ma'lumotlar omboridan qidiruv talablariga javob beruvchi yozuvlar ajratib olinadi.
4. Ajratib olingan ma'lumotlarni cgi yangi html sahifa ko`rinishida serverga kiritadi. Server bu sahifani brauzerga jo`natadi.
Web xizmatlari va uning yaqin qarindoshi .NET ko`pchilikka ma'lum bo`lmagan texnologiyalardir. Ular Internetden shaxsiy yoki tijorat maqsadida foydalanish samaradorligini keskin oshirib yuboradi. Ular turli dasturlar va xizmatlardan masofadan turib foydalanish, turli ma'lumotlarni kompyuteringizning ishchi stoliga avtomatik etkazib berishga xizmat qiladi. Bu texnologiyalar o`ta moslashuvchan bo`lib, ulardan turli maqsadlarda foydalanish mumkin.
Masalan, bu texnologiyalar asosida minut sayin o`zgarib turadigan obi-havo, bozordagi narx-navo yoki valyuta kursi haqidagi ma'lumotlarni doimiy ravishda olib turish mumkin. Bu texnologiya yordamida tijorat bo`yicha hamkorlarning kompyuter tizimlarini birlashtirish mumkin.
Bu ikki texnologiya oxirgi paytda ko`p muhokama qilinayotganligiga qaramay, uning imkoniyatlarini noto`g`ri tushunayotganlar kam emas. Ular juda murakkab tuyulsada, aslida moduli dasturiy komponentalar bo`lib, internetning maxsus aloqa protokollaridan foydalanadilar. Ular Internetda jimgina inqilob qilayotgan texnologiyalardir, chunki bu texnologiyalardan foydalanish shaxsiy kompyuterning operatsion tizimidan voz kechish imkonini beradi. Narxi bir necha yuz, xatto, yuz ming dollar turadigan dasturni sotib olish o`rniga undan internet orqali kompyuterning web brauzerida bepul foydalanish mumkin.
Teglarda alohida fayllarda joylashgan grafik tasvirlarga murojaatlar ham bo`lishi mumkin. Bunday teglar web brauzerga shu tasvirlarni chaqirish va web sahifada aks ettirish kerakligini bildiradilar. Teglar yordamida web sahifaga gipermurojaatlar ham kiritiladi. Bu gipermurojaatlarni faollashtirganda, foydalanuvchi bu teglarda ko`rsatilgan yangi web sahifa va resurslarga o`tadilar yoki boshqa fayllarni web brauzerga yuklab oladilar. Shunday qilib, web sahifa hoshiyalash tilida tasvirlangan va har qanday web brauzer ekranda aks ettira oladigan teglar to`plamidir. Web sahifada aks etishi kerak bo`lgan va boshqa matn muharrirlarida tayyorlangan xujjat tarkibida sarlavha, paragraflar, ro`yxatlar, turli shaklda formatlangan matn bo`ladi. Bu matnni web brauzer tushunmaydi, chunki u hali hoshiyalash tillari yordamida hoshiyalanmagan va shu sababli u web brauzerda bo`sh joy kabi aks etadi. Bu matnni web brauzer to`g`ri tasvirlashi uchun unga mos teglarni qo`yib chiqish kerak. Bu esa HTML tili yordamida amalga oshiriladi. HTML – butun olam to`rining ishchi tili. Uni barcha web brauzerlar tushunadi, uni barcha qurilmalar qo`llab quvvatlaydi, ya'ni u bilan ishlay oladi.
Hoshiyalash tillari dasturlash tillaridan tubdan farq qiladi. Dasturlash tillari yordamida murakkab ilovalar, masalan matn yoki rasm muharriri yaratish mumkin. Hoshiyalash tillari ularga nisbatan birmuncha sodda bo`lib, ma'lumotni qanday tasvirlash uchun ishlatadi. Masalan, hoshiyalash tili yordamida, matndagi belgilarni qalin yoki qiyshiq qilib aks ettirish mumkin. Hoshiyalash tillarida uning farmoyishlari, ya'ni teglari, xujjat ichida, u aks ettirishi kerak bo`lgan matn bilan birga joylashadi. HTML (Hypertext Markup Language – gipermatnni hoshiyalash tili) butun olam to`rining hoshiyalash tilidir. Dastlab World Wide Web tizimi matnli ma'lumotlarni va HTML xujjatlarni ko’rishga mo’ljallangan, matnni taxrirlovchi tilga o’xshash tizim bo’lgan. Ayni damda HTML tili WWW daga eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida yozilgan ma'lumotlar o’z ichiga matn fayllar, grafik ma'lumotlar va boshqalvrni oladi. Xujjatlar orasidagi aloqani ta'minlash va ma'lumotlarni formatlash vositalari teg (tag) deb ataluvchi vosita orqali amalga oshiriladi. Web-sahifaning matn va teglari aralash ravishda HTML-xujjat deb ataluvchi faylining ichiga joylashtiriladi. Qanday tegni qo’llaganingizga qarab brauzer oynasida ma'lumotlar turlicha ko’rinadi. HTML xujjatga ma'lumotlarni joylashtirish va tahrirlash uchun yuzlab teglar mavjud. Masalan,
va
teglari abzatsni tashkil etadi, va juft teglari esa, matnni yozma (kursiv) holda ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Shu bilan birga gipermatnli ssilkalar teglari ham mavjud. Ushbu elementlar foydalanuvchiga gipermatn ustiga sichqoncha kursori bosilganda boshqa xujjatga bog’lanish imkonini beradi.
Demak, uning yordamida web xujjatlar formatlanadi, ular tarkibiga gipermatnlar orasidagi bog`lanishlarni ta'minlaydigan teglar kiritiladi. HTML xujjatlari oddiy matn xujjatlaridir. Uni yaratish va tahrirlash uchun siz ixtiyoriy matn muharriridan foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari, HTML uchun maxsus yaratilgan ko`plab, bepul va pulga sotiladigan HTML muharrirlari ham mavjud.
Tarmoq kun sayin rivojlanib bormoqda, U bilan birga HTML ham kengaymoqda va o`zgarmoqda. Uning asosida dinamik HTML umumiy nomi bilan atalgan bir qator texnologiyalar yaratildi. Bu texnologiyalar web sahifalarning bundan buyon statik, ya'ni o`zgarmas bo`lib qolmasligini ta'minlaydi. Ular yordamida HTML animatsiyalarni yaratadi va ko`rsatadi, web sahifalar interfaol ko`rinishda ishlay oladi va yana ko`plab ilgari iloji bo`lmagan imkoniyatlar yaratadi.
XML (Extended Markup Language – kengaytirilgan hoshiyalash tili) butun olam to`riga yanada ko`proq o`zgarishlar olib keldi va bu jarayon yana davom etmoqda. Bu til boshqa hoshiyalash tillaridan butkul farq qiladi. Bu tilda web sahifalarning mazmuni uni taqdim etishdan, ya'ni shaklidan butunlay ajratilgan. Masalan, bevosita matnda belgilarning o`lchamini o`zgartirish o`rniga sahifa kontenti qanday ko`rinishda tasvirlanishi kerakligi haqida qoliplar va stil varaqlarini yaratadi.



Yüklə 40,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin