I bob pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha


I BOB PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR HAQIDA TUSHUNCHA



Yüklə 40,15 Kb.
səhifə2/6
tarix23.06.2023
ölçüsü40,15 Kb.
#134408
1   2   3   4   5   6
LOYIHALASH FAOLIYATINING DIDAKTIK O‘ZIGA XOSLIGI

I BOB PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR HAQIDA TUSHUNCHA
1.1. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR HAQIDA TUSHUNCHA
Pedagogik texnologiyani o’quv jarayoniga olib kirish zarurligini MDX davlatlari ichida birinchilardan bo’lib ilmiy asoslab bergan rossiyalik olim V.P. Bespa`ko «…pedagogik texnologiya - amaliyotga joriy etish mumkin bo’lgan pedagogik tizimning loyihasidir»,- deyish bilan , quyidagi ta`rifni beradi: «Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvoffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir»
Bu ta`rif mazmunidan quyidagi muhim tamoyillarni ajratib ko’rsatish mumkin:

  • PT o’quvchi (talaba)larda ma`lum ijtimoiy tajriba elementlarini shakllantirish uchun loyihalanadi;

  • loyihalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan o’qituvchisidan katta mahorat talab etmaydi;

  • yakuniy natija albatta kafolatlanadi.

T.S.Nazarova ta`rificha: «Pedagogik texnologiya- ta`lim- tarbiyadan ko’zlangan maqsadga erishish uchun o’quv jarayonida qo’llaniladigan usullar, vositalar majmuidir»
Nufuzli YUNESKO tashkiloti ma`qullagan ta`rif bo’yicha «Pedagogik texnologiya - ta`lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning ta`sirini inobatga olib, o’qitish va bilim o’zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo’llashning tizimli metodidir»
Nemis olimi Kurt Levin, shveytsariyalik psixolog Jan Piajelar XX asrning 40- yillaridayok guruhda ko’pchilikning yagona bir qarorga kelishining psixologik tabiatini o’rganishar ekan, pedagogik texnologiyalarning ahamiyatini alohida qayd etib o’tishgan.
Amerikalik olimlar Benjamin Blum, Levi Stross, Jon Morenolar fikricha «...pedagogik texnologiya ta`lim maqsadlarini ko’zlagan etalon asosida o’quvchilarning kuzatiladigan, o’lchanadigan harakatlari shaklida oydinlashtirishdir»
Rus olimasi N.V. Kuzmina pedagogik tizim o’zida ta`lim va tarbiya maqsadiga bo’ysindirilgan o’zaro bog’lik tarkibli elementlardan tashkil topishini uqtiradi.
Bir guruh rus olimlari «pedagogik texnologiyalar ob`ektiv jarayon va u yangicha sifatiy muammolarni echish uchun ta`limni evolyusion bosqichga ko’tarish shartlaridan biri» deb qaraydilar (M.V. Klarin, M.Klark, T.A.Ilina). M.V. Klarin fikricha, PT - o’quv jarayoniga yondashgan holda, oldindan belgilab olingan maqsad ko’rsatkichlaridan kelib chiqib o’quv jarayonini loyihalashdir.
Rossiya pedagoglaridan V.M.Monaxov pedagogik texnologiyaga quyidagi ta`rifni beradi: «Pedagogik texnologiya- avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo’lgan tartibli amallar tizimidir» va uning xususiyatiga e`tibor qaratib, «PT- o’quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg’unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining sub`ektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi»,- deydi
O’zbekistonlik olim N.Sayidaxmedov fikricha: «Pedagogik texnologiya- bu o’qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchilarga ta`sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir»
Yirik pedagog olimlarimizdan biri M.Ochilov pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlari natijasida quyidagi xulosaga keladi: «Pedagogik texnologiya- tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta`lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob`ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o’zaro ta`sirini inobatga olib, ta`lim maqsadlarini oydinlashtirib, o’qitish va bilim o’zlashtirish jarayonlarida qo’llaniladigan usul va metodlar majmuidir». U pedagogik texnologiyaga ta`lim usuli, ma`lum ma`noda ta`lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmui deb qaraydi. «Pedagogik texnologiya ta`lim-tarbiyaning ob`ektiv qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida o’quv jarayonlari, ta`lim-tarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir», -deb ta`rif beradi.
Ko’rib turganimizdek, «pedagogik texnologiya» tushunchasini ta`riflashda hali yagona fikrga kelinganicha yo’q.
Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiya- ta`lim-tarbiya jarayonlari, ta`lim usuli, vositalari, shakllari, o’qituvchi va tahsil oluvchi o’rtasidagi munosabatlar majmui bo’lib, ta`lim jarayoniga tizimli, texnologik yondashuvni talab qiladi va o’zida ta`lim maqsadlarini oydinlashtirishni, natijasini kafolatlashni va ob`ektiv baholashdek muhim belgilarni aks ettiradi .
Pedagogik texnologiya mohiyati bilan boshqa texnologiyalar bilan bir qatorda turadi, chunki ular ham boshqa texnologiyalar kabi o’z xususiy sohasiga, metodlari, vositalariga ega, ma`lum material bilan ish ko’radi. Biroq pedagogik texnologiya inson ongi bilan bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo’lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish, biologik, hatto axborotli texnologiyalardan farq qiladi.
Insoniyat tarixida yashash uchun kurash, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, hayotning kelgusi qirralarini belgilab olishga urinishlar doimo bo’lib turgani kabi, pedagogik texnologiyaning ham o’z o’tmishi va kelajagi bo’lishi tabiiy holdir. O’zbekistonda ta`lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri «shaxs manfaati va ta`lim ustuvorligi»dir. Bu omil davlatimimzning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi uchun ta`limning yangi modeli yaratildi va uning kelajakdagi «portlash effekti» Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilmiy asoslandi. Bu modelni amaliyotga tadbiq etish o’quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bogliqligi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o’z aksini to’liq topdi, ya`ni o’quv-tarbiyaviy jarayonni yangi pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash e`tirof etildi. Uzoq yillar mobaynida «burjua nazariyasi»ga xos tushuncha deb tan olinmay kelingan pedagogik texnologiya qonuniyatlarini o’rganish va tadqiq qilish ijtimoiy buyurtma sifatida olimlarimiz oldiga qoyildi.
XX asrning boshlarida pedagogik texnologiyaga oid qarashlar. Xo’sh, pedagogik texnologiya konsepsiyasi qanday universal o’zgarishlar, kashfiyotlar zamirida rivojlandi?
«Pedagogik texnologiya» tushunchasining vujudga kelishi, ta`limning ilk tashkiliy va metodik shakllarining vujudga kelishi bilan bogliq. Individual ta`lim o’quv-tarbiya jarayonining eng qadimiy tashkiliy shakli bo’lib, u dastavval qadimgi Yunonistonda paydo bo’lgan edi. O’qituvchi bir o’quvchi bilan ishlab, ta`limni bevosita tashkil etgan, boshqargan, nazorat etgan. O’qituvchi matnlarni o’qib bergan yoki bolalariga o’qitib so’zlatgan. Qoida va ta`riflarni yodlash, jismoniy mashqlarni bajarish musiqa asboblarida u yoki bu kuyni ijro etish yo’llari bilan bolalar hayot, san`at, notiqlik, jismoniy madaniyatga oid bilimlarni o’zlashtirgan.
Keyinchalik individual ta`lim o’rnini guruhlar asosida o’qitish egallagan. O’rta asrlarga kelib qoidalarni yodlash, bir xil tipdagi mashqlarni bajarish, og’zaki savol-javob, yuqori pag’onalarda esa ma`ruza, munozara ta`limning yetakchi usullariga aylana boshlagan. Bu holat asta-sekin sinf - dars sistemasini keltirib chiqarib yangi texnogiyalarni kelib chiqishiga zamin hozirlagan.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida xorijiy mamalakatlarda ko’plab pedagogik nazariyalar vujudga keldi. Ularning ayrimlari ta`lim-tarbiya tizimini yaxshilashga, o’quvchilar faolligini oshirishga qaratilgan edi.
Shu davrlarda «Yangi maktablar» degan pedagogik oqim paydo bo’lib, uning asoschisi fransuz pedagogi E.Demolen edi. Bunday maktablar Angliya, AQSh, Fransiya, Belgiya, Shvesariya kabi ko’plab davlatlarda ochildi. Jenevada «Yangi maktablarning xalqaro birlashmasi» tuzildi va unda yangi maktablarga qo’yilgan talablar belgilab berildi. Bu maktablar xususiy bo’lib, unda haq to’lashga kodir kishilarning bolalarigina o’qitilgan. Yangi maktablarda ish yaxshi yo’lga qo’yilgan, to’liq jihozlangan kabinet va laboratoriyalar tashkil etilgan, «erkin va faol» metodlar qo’llanilgan. O’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish organlari bo’lgan.

Yüklə 40,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin