I bob. Prognozlash usullari klassifikatsiyasi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə3/8
tarix11.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#111419
1   2   3   4   5   6   7   8
16Prognozlashtirish ekstra usuli

Intervyu usuli prognoz qiluvchining ekspert bilan bo‘ladigan suhbatini taxmin qiladi. Shundan kelib chiqqan holda suhbat davomida prognoz qiluvchi oldindan ishlab chiqilgan dasturlar asosida ekspert oldiga ob‘ektning perspektiv taraqqiyotiga nisbatan savollar qo‘yadi. Bunday baholashning muvaffaqiyati muhim darajada intervyu olinayotgan ekspert mahoratiga, uning eng fundamental savollarga tez va turli - tuman xulosalar berishiga bog`liq.
Analitik-ekspert baholash tahlil qilishga intilish ustidan uzoq va sinchiklab mustaqil ishlashni, prognozlanayotgan ob‘ektning taraqqiyot yo‘li va xolatini baxolashni taxmin qiladi. Bu usul ekspertga prognozlanayotgan ob‘ekt bo‘yicha lozim bo‘lgan barcha axborotlardan foydalanish imkonini beradi. Ekspert o‘zining fikrlarini ximoya qogozi ko‘rinishida tayyorlaydi. Ko‘rilayotgan usullarning asosiy yutug`i ekspertning individual maxorati xamda aloxida ishchiga ko‘rsatilgan, e‘tiborga olinmagan psixologik ta‘sirni maksimal darajada foydalanish imkonini beradi. Lekin bu usullar bir ekspert - mutaxassis bilimi bir qancha fan sohalari bo‘yicha cheklanganligi tufayli ko‘pincha umumiy strategiyani prognozlashda kam qo‘llaniladi. Ko‘p hollarda umumiy strategiyani prognozlashda prognozlanayotgan ob‘ektning perspektiv taraqqiyoti haqida, ekspertlarning jamoaviy fikrlarini aniqlash prinsipiga asoslangan jamoaviy-ekspert baholash usulidan foydalanish mumkin. Bu usullarni qo‘llash asosida ekspertning o‘rganayotgan muammoni muhimligi va ahamiyatliligini yetarli darajada baholash gepotezasi, ma‘lum bir yo‘nalishdagi perspektiv taraqqiyoti, u yoki bu voqeaning yuzaga kelishi, prognoz ob‘ekti taraqqiyotida maqsadli ma‘lum bir muqobil yo‘lni tanlash gepotezasi yotadi. Hozirgi vaqtda maxsus hay‘at a‘zolarining ishlashiga asoslangan ekspert usullari keng tarqalgan bo‘lib, ekspert guruhlari ‘dumaloq stol atrofida’ u yoki bu muammoni hal qilishda bir qarorga kelish maqsadida munozara qilib, bir fikrga kelishadi. Haqiqatdan ham ekspert jamoasi yordami bilan prognozlashni shakllantirishda asosiy masalalar quyidagilardir:

  • malakali ekspert guruhlarini shakllantirish;

  • ekspertizalarni tayyorlash va o‘tkazish;

  • olingan hujjatlar asosida statistik hisoblashlar o‘tkazish.

Anketalarda saqlangan, ko‘p sonli kiymatlar ko‘rinishida berilgan, ekspert baholash natijasini statistik baholash va ularning ishonchlilik chegaralari, ekspertlar fikrlari kelishuvini statistik baholash aniqlanadi. Prognozlanayotgan kattaliklarning o‘rtacha ahamiyati quyidagi formula orqali aniqlanadi.
В n Bu yerda: Bj – tarafidan berilgan prognozlanayotgan kattalikning ahamiyati; n- guruhdagi ekspertlar soni. Bundan tashqari, dispersiyani ham aniqlash mumkin:
D (Bi-B)2 /(n-1)
(Dispersiya, bu variant (Bi)dan o‘rtacha arifmetik (V) ayirmasining o‘rtacha kvadrati). Bundan so‘ngra j ishonchlilik intervalining yaqinlik ahamiyati hisoblanadi.
j
Bu yerda: t- parametr, ya‘ni styudent jadvalidan berilgan ishonchlilik ehtimoli darajasi va ozodlik darajasi soni orqali aniqlanadi. So‘ngra prognozlanayotgan kattalikning ahamiyatliligi uchun ishonchlilik intervali hisoblanadi.
Yuqori chegarasi uchun AVqVqj
Qo‘yi chegarasi uchun ANqV-j
Bundan tashqari baholanayotgan har bir parametr muhimligi bo‘yicha ekspertlar fikrlarining kelishuvlik darajasini ko‘rsatuvchi konkordatsiya koeffitsiyenti hisoblanadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin