I bob. Prognozlash usullari klassifikatsiyasi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə7/8
tarix11.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#111419
1   2   3   4   5   6   7   8
16Prognozlashtirish ekstra usuli

Birinchi bosqichda bir-biri bilan bogliq bo‘lgan alohida model va modelning kichik tizimlari tuziladi va prognozlashtirish maqsadida o‘zaro xarakterini ta‘minlovchi yagona tuzilmalar holiga keltiriladi.
Ikkinchi bosqichda o‘zaro bogliliqdagi prognozlashtirish modeli tizimi tuziladi, ularning o‘zaro bogliqligi tekshiriladi.
Uchinchi bosqichda prognozlashtirish modeli tizimini tuzishdagi o‘ziga xos alohida tizimlar aniqlanadi va rivojlantiriladi. Prognozlar yigindisini tuzish maqsadida ularni qo‘llash usuli izlanadi.
Elementar matematika usullari turli resurslarga bo’lgan ehtiyojlarni asoslashda, ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblashda, rejalarni ishlab chiqishda, balans hisob-kitoblarida qo’llaniladi. Oliy matematikaning klassik usullarini boshqa usullar doirasida qo’llanibgina qolmay (masalan, matematika statistika va matematik dasturlashtirish), balki o’zlari ham alohida qo’llaniladi. Bunga sabab ko’pgina iqtisodiy ko’rsatkichlarni omilli tahlil qilishda differensiallash va integrallash usullaridan keng foydalaniladi. Matematik modellashtirishda matematik-statistika usullaridan ham keng foydalaniladi. Bu usullardan tahlil qilinayotgan ko’rsatkichlarning o’zgarishi tasodifiy jarayon sifatida qabul qilinganda foydalaniladi. Statistik usullar ommaviy davriy hodisalarni o’rganishda asosiy vosita hisoblanadi, iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’zgarishini bashorat qilishda katta o’rin egallaydi. Agar tahlil qilinayotgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi bog„lanishlar determinallashgan bo’lmay statistik bo’lsa, unda statistika va ehtimollar usullaridan foydalanish - amaliyotdagi birdan-bir izlanishlar instrumenti hisoblanadi. Iqtisodiy tahlilda matematik-statistika usullaridan eng keng tarqalgani - juft va ko’p omilli korrelyatsiya tahlilidir. Bir o’lchamli statistik tahlillarni o’rganishda variatsion qatorlar, taqsimotlar qonunlari, tanlash usullaridan keng foydalaniladi. Ko’p o’lchamli statistik to’plamlarni o’rganishda korrelyatsiya, regressiya, dispersiya, kovariatsiya, spektral, komponent va faktorlar turidagi tahlillardan foydalaniladi. Ekonometrik usullar uchta sohaga taalluqli bo’lgan bilimlar sinteziga asosan quriladi; iqtisodiyot, matematika va statistika. Ekonometrikaning asosi bo’lib iqtisodiy model hisoblanadi va uni iqtisodiy jarayonni ilmiy abstraksiya yordamida tuzilgan sxemasi deb tushuniladi va u shu jarayonni xarakterli sifatlarini ifodalaydi. Zamonaviy iqtisodiyotda ‘xarajatlar - ishlab chiqarish’ usuli eng keng tarqalgan usul bo’lib qoldi. Bu matritsa ko’rinishidagi model bo’lib, shaxmat sxemasi bo’yicha tuziladi, xarajatlar va ishlab chiqarish o’rtasidagi bog„lanishni eng kompakt holda ifodalaydi. Zarur hisoblarni amalga oshirishni qulayligi, iqtisodiy asoslashlarni aniqligi - matritsaviy modellarni asosiy xususiyatlaridir. Bular ma‟lumotlarni qayta 18 ishlashni avtomatlashda va mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishni kompyuterlashda foydalanishga imkon beradi. Matematik dasturlash - zamonaviy amaliy matematikaning juda rivojlanib borayotgan bo’limidir. Matematik dasturlash usullari iqtisodiyot bilan bog„liq bo’lgan masalalarni yechishda asosiy vositadir. O’zining mazmuni bo’yicha bu usullar rejali hisoblash vositasidir. Ularni biznes-rejani bajarilishini iqtisodiy tahlil qilishdagi afzalliklari va qimmatligi shundan iboratki, ular reja vazifalarini asoslashda baholash imkonini yaratadilar, limitlanayotgan uskuna, xomashyo va materiallar turlarini aniqlaydilar, ishlab chiqarish resurslarini tanqisligini baholashga imkon beradilar va h.k. Operatsiyalarni tadqiq qilish deganda maqsad bo’yicha yo’naltirilgan operatsiyalar usuli olingan yechimlarni miqdoriy baholash va ulardan eng yaxshilarini tanlash tushuniladi. Operatsiyalarni o’rganish usuli predmeti bo’lib iqtisodiy tizimlar, korxonalarning ishlab chiqarish - xo’jalik faoliyatlari hisoblanadi. Maqsadi bo’lib tizim elementlarini tarkibiy o’zaro shunday bog„lanishlari hisoblanadiki, bu mumkin bo’lgan iqtisodiy ko’rsatkichlarning eng yaxshilariga erishishga imkon beradi. O’yinlar nazariyasi operatsiyalardagi izlanishlarning bir bo’limi bo’lib, noaniq va konfliktli sharoitda bir necha tomonlarning turli qiziqishlarini hisobga olgan holda optimal qaror qabul qilishni matematik modellari nazariyasidir. Ommaviy xizmat ko’rsatish nazariyasi ehtimollar nazariyasi asosida ommaviy xizmat ko’rsatish jarayonlarini miqdoriy baholashni matematik usullar orqali o’rganadi, izlanadi. Har qanday sanoat korxonasining har qanday tarkibiy qismini xizmat ko’rsatish tizimining ob‟ekti ko’rinishida o’rganish mumkin. Ommaviy xizmat ko’rsatish bilan bog„liq bo’lgan barcha masalalarning umumiy xususiyati bo’lib, o’rganilayotgan hodisa, jarayonlarning tasodifiyligidir. Хizmat ko’rsatishga bo’lgan talab va ularning tushushi o’rtasidagi oraliq vaqt miqdori tasodifiy xarakterga ega bo’lib, ularni ma‟lum bir aniqlikda oldindan aytib bo’lmaydi. Ammo bunday talablar o’zlarining ko’plik to’plamida ma‟lum bir statistik 19 qonuniyatlarga bo’ysunadilar, ularning miqdoriy tomondan o’rganish ommaviy xizmat ko’rsatish nazariyasining predmeti hisoblanadi. Iqtisodiy kibernetika iqtisodiy hodisa yoki jarayonlarning mexanizmi haqidagi fan bo’lib, uni juda murakkab tizim sifatida boshqarish qonunlari va mexanizmlari, ularda ma‟lumotlarning harakati nuqtai nazaridan o’rganadi, tahlil qiladi. Keyingi yillarda iqtisodiyot fanlarida jarayonlarni optimal sharoitini evristik modellar yordamida yechish rivojlanib bormoqda. Bu majmuaning bitta tahlil ob‟ekti bor - ya‟ni, iqtisodiyot. Boshqa iqtisodiy fanlarga qaraganda, majmuaviy iqtisodiyot har xil matematik usullar bo’yicha tahlil qilinadi.
Xususiy dinamik model iqtisodiy ko‘rsatkichlari xususiy fazoviy modeli korxonalar iqtisodiy ko‘rsatkichlarining fazodagi turli holatini tushuntiradi. Odatda bu model korxonalar (sexlar) darajasi uchun qo‘llaniladi hamda yanada yuqoriroq darajada (vazirlikda) analitik maqsadlar uchun foylaniladi.
Islohotlarni jadallashuviga 0 ‘zbekiston milliy valutasining 1994- yilda so‘mni muomalaga kiritishi va yagona rubl zonasidan chiqishi katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda zarur bo‘lgan monetar siyosatni o‘tkazishni ta’minladi. Lekin milliy valutaning konvertatsiyasining cheklangan imkoniyatlarga ega ekanligi tashqi savdo va iqtisodiyotni rivojlanishiga to‘sqinlik berdi. Lekin shu bilan birga qabul qilingan chora-tadbirlar makroiqtisodiy va moliyaviy holatni barqarorlashtirishda o ‘z o‘rniga ega bo‘lishdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga (paxta va bug‘doydan tashqari) davlat buyurtmasini yo‘q qilinishi, narxning kelgusi erkinlashuvi, bank nazoratini kuchayishi bunga sabab bo‘ldi. Kuchli monetar siyosat natijasida inflatsiya darajasi 6,3%ga 1995-yilda, 1996-yilning dastlabki to‘qqiz oyida esa 4,4% ni tashkil etdi. Valuta kursi orasidagi farq 1994-yil boshida 7,5 martadan 1995- yilda l,lmartagacha qisqardi. 1995-yilda joriy operatsiy'alar schyoti taqchilligi YalMga nisbatan 0,2%ni tashkil etdi. YalMning qisqarish hajmi 1994-yilda 4,2%ga, 1995-yilda 0,9%ga, 1996- yil birinchi yarim yilligida YalM o ‘sishi ko‘zga tashlanib, u l,7%ni tashkil etdi. Xalqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekistonga nisbatan ishonch oshdi. 1995-yil yanvaridan boshlab XVF tomonidan moddiy qo‘llab quvvatlashib, tarkibiy o ‘zgarishlarni amalga oshirdi. MDH davlatlari ichida O‘zbekistonda birinchilar qatorida ishlab chiqarish pasayishidan 1996-yildan boshlab o‘sishga erishildi. Bozor iqtisodiyotiga o ‘tishning dastlabki besh yilida O‘zbekistonda eng kam 16,5% ishlab chiqarish pasayishi (MDH bo‘yicha 38,5%, Rossiyada-30%, 32,7% Qozog‘istonda 29%ni tashkil etgan). O‘tish jarayonida O‘zbekistonda Belarusiya va Ukrainadan farqli ravishda ortiqcha sanoat quvvatiga ega bo‘lmagan. Bu yerda asosiy o‘rinni mavjud rivojlangan yoqilg‘i-energetika kompleksi va boy tabiiy-xomashyo' resurslarga ega bo‘lganligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga yo‘nalganligini egalladi. Bozor islohotlarining 0 ‘zbekistondagi yana bir xususiyati shundaki, iqtisodiy jabhalarda davlatning ahamiyati saqlanib qolingan. Bu MDH va sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan solishtirilganda budjet daromadlarining (YalM nisbatan 35dan 45%gacha) davlat investitsiyalarida (20%ga yaqin) umumiy hajmi yuqoriligi, shuningdek, eksport-import operatsiyalari tarkibida, nomarkaz eksportlari hajmi yuqori emasligi faol davlat tomonidan tartibga solish siyosati iqtisodiy mustaqillikka erishishda foydalanilgan. Respublikani to‘liq energetika yoqilg‘i resurslari bilan ta ’minlanishiga harakat qilindi. Bu strategiyani amalga oshishi natijasida o‘tish jarayonida ishlab chiqarish dinamikasiga ta ’sir qiluvchi omillarga ta’sirini susayganini ko‘rish mumkin. Bu siyosat obyektiv bozor erkinligi amalga oshishiga va iqtisodiyot sektorida eksport salohiyati rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan. 2. Bosqich: valuta bozorini tartibga solish (1996-yil oxiridan 2000-yil oxirigacha) iqtisodiy islohotlarni tempini pasayishiga 1996- yildagi paxta hosilini
pasayishi va O‘zbekiston eksportidagi oltin va boshqa tovarlarga jahon narxlarini pasayganligi sabab bo‘ldi. O‘zbekiston 1996-yil IV choragidan boshlab almashuv kursi va valuta operatsiyalarining qattiq administrativ tartibga solishga o ‘tdi. Kurs tafovuti tez oshdi va bu bozor indikatorlarining asosiysi hisoblanadi. 1997-yilga kelib, monetar siyosat ancha yumshadi, bank tizimi soliq siyosatida xususiylashtirishda ilgarigi siljishlar ko‘zga tashlandi. Islohotlaming huquqiy bazasi kengaydi, Oliy Majlis tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, Yer kodeksi qabul qilindi. Bulaming bari natijasida makroiqtisodiy barqarorlikka olib keldi. O‘rtacha iste’mol tovarlari indeksi 28%gacha pasaydi, YalM surati o ‘sdi. Lekin so‘mning oshirilgan almashuv kursi eksportning pasayishiga sabab bo‘ldi. Kechiktirilgan qarzlar oshdi, tashqi qarz oshish tendensiyasi va rezervlar qisqardi. 3. Bosqich: islohotlaming jonlanishi va iqtisodiyotni erkinlashuvi (2001-yildan hozirgi davrgacha) bu bosqich ishlab chiqarish aniq bosilgan qadamlar bilan ajralib turadi, ya’ni valuta bozori erkinlashuvi va soliq jarayonlarining bir oz susayganligi ko‘zga tashlanadi. Makroiqtisodiy darajada bu eksport dinamikasini barqarorlashshuvida va kurs farqini 2002-yil o ‘rtasiga kelib l,5marta pasaygan. Yangi impuls XVF va O‘zbekiston hukumatining o ‘zaro rivojlanishi memorandumi natijasida 2002-yilda imzolanganligi bosqichlab chiqarish sezildi. Iqtisodiyotning kelgusi rivojlanishi uchun iqtisodiy o ‘sishni 6-7- yil oralig‘idagi holatini tahlil qilish zarur.
Talab yoki taklif: YalM dinamikasini o ‘tish jarayonida nima belgilanadi? Iqtisodiyotni ikki omil: talab va taklif ta’sirida rivojlanishi mumkin.

Xulosa
Prognostikani gurkirab rivojlanishi usul va uslublarni behisob qo‘llanib ketishiga olib keldi. Usullardan samarali foydalanish uchun ularni aniq tizimlarga ajratish lozim. Usullarni tasniflash belgilaridan biri bo‘lib ularni formallashtirish darajasi hisoblanadi. Ekspert baholash usuli matematik formallashtirish mumkin bo‘lmaganda ob‘ekt va muammolarni taxlil qilishda foydalaniladi. Ekstrapolyatsiya usuli mohiyati statistik ma‘lumotlarni tahlili asosida ob‘ektni rivojlanish tendensiyasi aniqlanadi. Regression tahlil o‘rganilayotgan tasodifiy harakatning tasodifiy me‘yorini va o‘rganilayotgan miqdoriy o‘zaro munosabatlar o‘rtasidagi boglanishni izlash uchun qo‘llaniladi. Matematik apparatni iqtisodiy izlashuvda foydalanish iqtisodiy matematik modellashtirish deyiladi va bunda iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni matematik tenglamalar orqali ifodalanadi.
Prognozlash ob‘ektini xarakterlovchi o‘tgan davrga nisbati, tadbiq qilish qonuniyatlari aniqlanadi va mos xolda bu ma‘lumotlarning o‘sish potensiallari to‘grisidagi statistiq ma‘lumotlarni tahlil qilish, so‘ngra tashqi muxitda emperik yoki dinamik qatorda bo‘lgan prognozlovchi kattaliklarning qiymatlari aniqlanadi. Ekstrapolyatsiya usuli vaqt qatorlaridagi boglanish ko‘prok, ya‘ni ekstrapolyatsiya qilishning tarqalgan soxalari aniqlangan hollarda qo‘llaniladi. Birlamchi tahlil o‘tkazishdan so‘ng to‘gri ekstrapolyatsiya jarayoniga o‘tkazamiz. Egri chiziqli shakli va uning parametr qiymatlarini bilgan xolda, emperik ma‘lumotlar tashqarisida ya‘ni, kelajak davriga to‘gri keluvchi argument (vaqt) qiymatini aniqlab, konkret vaqtda prognozlash qiymatiga qabul qiluvchi funksiyaning mos keluvchi qiymati aniqlanadi. Berilgan prognozlash usuli, odatda, egri chiziqli shaklini to‘gri aniqlanganda, qonuniyatlarni to‘gri aks ettiruvchi emperik ma‘lumotlarning o‘zgarishi to‘grisida juda yaxshi natijalar beradi. Dinamik qatorni aniqlash uchun dinamik qatorda boglanish zichligini ko‘rsatuvchi koeffitsiyent hisoblanadi.


Pognozlashni o‘rganilayotgan jarayonni ilmiy anglashni muxim vositasi xisoblanadi. Ijtimoiy va iqtisodiy prognozlashtirish modellari ayrim turlari optimallash kriteriyasi yoki qutilgan yuqori natijasi bilan tasniflanadi. Tarmoqlararo balans iqtisodiyotdagi asosiy model bo‘lib, unda xalq xo‘jaligidagi turli natural va qiymat aloqadorligi ko‘rsatiladi. Natural qiymat balansini modeli xalq xo‘jaligini kompleks tavsifini aks ettiradi. Iqtisodiy matematik modellar makroiqtisodiy darajada iqtisodiy prognozlarni tuzishda keng qo‘llaniladi. Xususiy belgilar bilan taqqoslangan prognostik axborotlar asosida, umumiy iqtisodiy holat, sanoat sohasi, xizmat sohasi, infrastruktur sohasi va moliya sohasiga oid ma'lumotlarni funktsional belgilarga qarab tasniflash mumkin.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin