1.3 Pul taklifining kengaytirilgan modeli, multiplikatori va pul bozoridagi muvozanat.
Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat kilinadi va
(M/P)s darajasida qayd qilingan deb olamiz.
Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining real zahirasi miqdorini ko`rsatadi.
(M/P) s = M*/P*
Bu yrda: M - pul taklifi darajasini bildiradi;
P – baholar darajasi (ushbu modelda ekzogen o`zgaruvchi )ni ko`rsatadi.
18-chizma real pul taklifi miqdoridagi foiz stavkasiga bog’liq bo`lmagan vaziyatni ko`rsatadi. Shuning uchun real pul vositalari taklifi grafikda ko`rsatayotganimizdek vertikal chizik ko`rinishiga ega bo`ladi. Bu xolat foiz stavkasi qanchalik o`zgarishiga qaramasdan real pul taklifi miqdori o`zgarmasdan qolgan vaziyatni aks ettiradi.
Baholar darajasini ham barqaror deb qabul qilamiz. Bu xolatda real pul taklifi M*/P* ga teng va grafikda Ms to`gri chizik ko`rinishiga ega bo`ladi.
Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proportsional egri chizik ko`rinishiga ega. Muvozanat nuktasida pul talabi va taklifi o`zaro teng, (19-chizma).
O`zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi. Foiz stavkasining o`zgarishi natijasida iqtisodiy agentlar o`z aktivlari tarkibini o`zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta`sir etib uni o`zgartirish zarur va mumkindir.
Re
MD
M*/P* M/P M*/P* M/P
18-chizma. Real pul vositalari zaxi- 19-chizma. Pul bozorida muvozanatrasi taklifi grafigi modeli
Agar R juda yuqori bo`lsa, pul taklifi unga bo`lgan talabdan yuqori bo`ladi. Iqtisodiy agentlar o`zlarida to`planib qolgan ortiqcha naqd pullarni aktsiya va obligatsiyalarga aylantirib, ulardan qutilishga intilishadi.
Yuqori foiz stavkasi, ta`kidlanganidek, obligatsiyalar kursining pastroq darajasiga mos keladi. Shu sababli, arzon obligatsiyalarni (kelajakda foiz stavkasi pasayishi okibatida ular kursi o`sishini ko`zda tutib) sotib olish foydali bo`ladi.
Banklar, Ms> Md bo`lgani uchun foiz stavkasini pasaytira boshlaydi. Asta-sekin iqtisodiy agentlar o`z avtivlari tarkibini o`zgartirishi va banklar tomonidan foiz stavkasining o`zgartirilishi oqibatida pul bozorida muvozanat tiklanadi. Foiz stavkasi pasayib ketgan xolatda teskari jarayon ro`y beradi.
R Ms2 Ms1
R Ms
R2
R2
Dostları ilə paylaş: |