O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kreditsiyosatini samarali tashkil etish va ularni takomillashtirishmasalalari
O’zbekistonda monetar siyosatni asosiy yo’nalishlarini Markaziy bankning Monetar siyosat departamenti tomonidan departament va mustaqil boshqarmalar hamkorligida ishlab chiqiladi.Xususan, har moliya yili boshlanishidan oldin Markaziy bank tomonidan mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining 9 oyi yakunlari tahlil qilinib, IV choragi bashorat ko’rsatkichlari ishlab chiqiladi. Hukumat tomonidan iqtisodiy o’sish sur’atlari va inflyatsiya darajasi kabi belgilangan maqsadli ko’rsatkichlar asosida Markaziy bank kelgusi yil uchun pulkredit ko’rsatkichlari bo’yicha maqsadli ko’rsatkichlarni belgilaydi va moneatar siyosatning asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi. Moliya yili boshlanishidan 1 oy oldin Markaziy bank monetar siyosat asosiy yo’nalishlarini Oliy Majlisga taqdim etadi. Tegishli taklif va tavsiyalardan so’ng monetar siyosat asosiy yo’nalishlari Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi va ijrosi yil davomida amalga oshirib boriladi. Buning uchun Markaziy bank ixtiyoridagi monetar vositalardan foydalangan holda, bank tizimi va pul bozori likvidligi va butun iqtisodiyotni tartibga soladi. Pul - kredit ta’limotlarining asosiy masalaridan biri monetar siyosatning maqsadli ko’rsatkichlarini to’g’ri tanlash masalasi hisoblanadi. Jahon iqtisodiy amaliyotidan ma’lumki, monetar siyosatning asosiy yo’nalishlari muhokama qilinayotganda Markaziy bankning ma’sul mutaxassislari asosiy e’tiborni mamlakatda iqtisodiy o’sish, narxlar, foiz stavkalari, moliya va valyuta bozorlarining barqarorligini ta’minlash hamda mustahkamlash kabi bir qator masalalarga qaratadilar.Yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishishda mamlakatda amalga oshirilayotgan makroiqtisodiy, monetar va fiskal siyosatning muvofiqligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Aks holda qo’yilgan maqsadlarga muvaffaqiyatli darajada erishib bo’lmaydi.