I. Bob Talabalarning o’quv faoliyati 1 O'quv faoliyatini tashkil etish shakllari



Yüklə 290 Kb.
səhifə2/7
tarix22.10.2023
ölçüsü290 Kb.
#159603
1   2   3   4   5   6   7
O\'QUV FAOLIYATI

I.Bob O’quv faoliyati
1.1 O'quv faoliyatini tashkil etish shakllari
Ta'limni tashkil etishning asosiy shakli maktabda dars va oliy maktabdagi ma'ruza hisoblanadi. Biror bir ta'limni tashkil etish shakli o'quv ishlari masalasi va usullariga qarab tuzilishini va modefikatsiyasini o'zgartirishi mumkin. Misol uchun, dars — o'yin, dars - konferensiya, dialog, amaliyot va muammoli ma'ruza, binar, ma'ruza — telekonferensiya va boshqalar. Maktabda darslar bilan birga boshqa tashkiliy shakllar ham qo'llaniladi (laboratoriya praktikum, mustaqil uy ishi, fakultativ, to'garak). Ma'ium nazorat shakllari ham mavjud bo'lib ular: og'zaki va yozma imtihonlar, nazorat va mustaqil ishlar, nazorat, test topshirish, suhbat o'tkazish shular jumlasidandir. Oliy maktabda ma'ruzadan tashqari o'qitishning boshqa tashkiliy shakllaridan ham foydalaniladi - seminar, laboratoriya ishi, amaliy mashg'ulot talabalarning mustaqil ishi, ishlab chiqarish amaliyoti, boshqa o'quv yurtida yoki chet el o'quv yurtida stajirovkada bo'lish va shu kabilar. Ta'limning natijalarini baholash va nazorat qilish shakli sifatida imtihonlar, nazoratlar, baholash reyting tizimidan, referat, kurs ishlari va diplom ishidan foydalaniladi.
Dars tiplari quyidagilardan iborat:

  1. Aralash dars. Uning tuzilishi: tashkiliy qismi, uy ishini lekshirish. yangi materialni o'rgaiish, yangisini ilgari o'rganilgan material bilan solishtirish va mustahkamlash, amaliy topshiriqlarni bajarilishi, darsga yakun yasash va uyga topshiriqlar berish.

Yangi materiallarni o'rganish darsi odatda, katta sinf o'quvchilarini o'qitishda qo'llaniladi. Ushbu turdagi dars doirasida quyidagi darslar olib boriladi - ma'ruza, muammoli dars, dars — konferensiya, kino dars, dars - tadqiqot.

  1. Bilimlarai mustahkamlash, ko'nikma va malakalarni shakliantirish darsi seminar, amaliy, ekskursiya, mustaqil ishlar hamda laboratoriya amaliyoti ko'rinishida oUb boriladi.


  2. Yüklə 290 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin