I. Bob Talabalarning o’quv faoliyati 1 O'quv faoliyatini tashkil etish shakllari



Yüklə 290 Kb.
səhifə7/7
tarix22.10.2023
ölçüsü290 Kb.
#159603
1   2   3   4   5   6   7
O\'QUV FAOLIYATI

2.1 O‘quv mashg‘ulotlarini nazorat
qilish va tartibga keltirish
«Nazorat» atamasini qо‘llashga pedagogik о‘quv jarayonida va pedagogik psixologiyada turlicha yondashiladi. Pedagogika nazariyasida va pedagogik amaliyotda «nazorat» atamasi «keng» va «tor» ma’noda uchraydi. «Keng ma’noda» nimadir tekshirish, «tor ma’noda» esa, kibernetika ruhiyatidadan kelib chiqib, «о‘z-о‘zini boshqarish uchun xarakterli bо‘lgan teskari aloqa tamoyilidir». «Pedagogika» о‘quv qо‘llanmasida bu tushuncha yuqoridagidek izohlanadi. Bundan kelib chiqadiki, «о‘quvchilarning о‘quv mashg‘ulotlarini nazorat qilish tashqi teskari aloqani va ichki teskari aloqani ta’minlaydi». «Tashqi teskari aloqa» tushunarli bо‘lib: bu о‘quv materialining о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilishini tekshirish degani (nazorat-sо‘rovlar, yozma ishlar, imtihonlar va h.k.), bularni barchasini о‘qituvchi tashkillashtiradi. «Ichki teskari aloqada» esa, «о‘zgacha» - о‘quvchining о‘z-о‘zini tekshirishi, bu haqida bir nechta umumiy sо‘zlar, ulardan о‘quvchilarning о‘z-о‘zini boshqarishida «teskari aloqa»ning «ichki» xarakterini nimadan tarkib topganini tushunish mumkin. Bu ham baribir «mashinali» yoki «mashinasiz» dasturlash vositalarini qо‘llash orqali о‘qituvchi yordamida tashkilashtiriladi. «О‘z-о‘zini nazorat qilish» atamasini qо‘llash orqali muallif, о‘quvchilar aniq savol yoki masalalarda о‘zini tekshirayotib о‘zlarining qay meyorda materialni о‘zlashtirganlarini tekshiradilar. Boshqacha qilib aytganda, ular о‘z-о‘zlarini tekshiradilar va baholaydilar. Bu esa amaliyotdan ma’lum bо‘lganidek, о‘qituvchi yoki muallif tomonidan о‘z-о‘zini tekshirish savollar bо‘yicha amalga oshiriladi. Bu ham tarkibi bо‘yicha «tashqi nazorat»ga kiradi.
Pedagogik psixologiyada «nazorat» tushunchasi bir muncha о‘zga ma’noda – «о‘quv jarayoni»dek - qо‘llaniladi. О‘quvchilarning о‘quv mashg‘ulotlari jarayoni va uning tarkibiy elementi sifatida kiradi. Nazorat - о‘quv mashg‘ulotining sо‘nggi natijasi bо‘yicha о‘zlashtirish sifatini tekshirish kabi emas, balki о‘quvchining о‘z aqliy jarayonlarini uning tarkibi va tavsifi (prinsiplari, qonuniyatlari, qoidalari) bо‘yicha о‘qilayotgan о‘quv topshiriqlarining tо‘g‘ri bajarilishi uchun mо‘ljalli asosdek xizmat qiluvchi nazariya kabi amalga oshiriladi.
Bilimlarni о‘zlashtirish jarayonini boshqarish mexanizmi haqida gapirilganda, N.F.Talzina nazoratni uning sozlashdagi zaruriy tarkibiy elementi sifatida qaraydi. Agar boshqarilayotgan jarayon mavzusi bilan hamjihatlikda boradigan (yoki dasturli о‘qitish uchun - dastur) bо‘lsa, unda hech qanday korreksiya talab qiladigan qо‘shimcha harakatlarni yuzaga keltirmaydi. Biroq jarayonning qandaydir dasturdan chekinishini kо‘rish bilanoq, pedagog uning chekinishi xarakteri haqidagi teskari aloqa jadvali bо‘yicha tushayotgan ma’lumotlarni qо‘llab, darhol, talab etilgan sohaga yо‘naltirilgan holda о‘quv mashg‘ulotlarini о‘tkazish bо‘yicha tadbirlarni qо‘llaydi. Bu sozlovchi harakatda, teskari aloqa nazorat kanalidek chiqadi, ular pedagogik jarayonning oxirini kutib о‘tirmasdan, jarayonning borishi haqida ma’lumotlarni oladi, bu esa unga darrov ta’sir о‘tkazadi. О‘quv mashg‘ulotlarining borishi bо‘yicha nazorati va korreksiyasi – mana shu nazoratning tushunilishida nimalar muhim, agarda о‘quv mashg‘ulotlari tugagan bо‘lsa, endi aralashishning iloji yо‘q. Agar о‘quv jarayonning natijasi shunday bо‘lsa, inson о‘zlashtira olmagan yoki dasturni yomon о‘zlashtirgani, faqatgina jarayon oxirida bо‘ladi, bunda esa endi uni tо‘g‘rilashga imkoniyat bо‘lmaydi.
Teskari aloqani о‘quv jarayonida qо‘llanilishi quyidagi ikki muammo yechimini о‘z ichiga oladi. Birinchidan, tomondan о‘qitish maqsadida, boshqa tomondan esa о‘qitishning psixologik nazariyasi asosida nazorat ostidagilar tavsifnomasi majmuini ajratib kо‘rsatadi. Buni esa о‘qituvchi dasturlar tuzishda asos qilib oladi. Umumiy qoida quyidagilardan tashkil topadi ya’ni mustaqil tavsifnoma nazoratga olinadi, ularning tarkibiy о‘zgarishi bir sifat holatidan boshqasiga о‘tishiga olib keladi.
Ikkinchidan, teskari aloqaning chastotasi (oralig‘i)ni aniqlash, kuzatuvchining teskari aloqa deb nomlagani mukammal deb hisoblanadi. О‘quv jarayoniga ushbu holatni mexanik tarzda olib о‘tish samarali chiqmagan. Buning sababi quyidagicha izohlanadi; nazorat о‘quv jarayonida faqatgina teskari aloqa funksiyasini bajaribgina qolmay, balki mustahkamlash funksiyasini ham bajaradi. U о‘quvchining motivatsion muhiti bilan ham shuningdek bog‘liqdir.
V.V.Davidov nazoratni о‘quv mashg‘ulotidek kо‘rib, uning ostida boshqa о‘quv mashg‘ulotlarining о‘quv masalalari va shart-sharoiti talablariga mosligini aniqlashdir. Nazorat о‘quvchiga harakatlarning uslubiy tarkibini о‘zgartirib, olinayotgan natija va yechilayotgan masala sharoitlari xususiyatlarining u yoki bunisi bilan uning aloqasini aniqlashga imkon beradi. Shuning natijasida nazorat harakatlarining operatsion tarkibi va ularning bajarilishi tо‘g‘riligi kerakli hajmini ta’minlaydi.
Nazorat, uni bajarish sharoitlarining operatsion harakatlar tarkibiga mosligini aniqlashga imkon berib, tarkibsiz reflekslarga asoslanadi. Tarkibiy refleksiyani inson tomonidan shaxsiy harakatlari asosida kо‘rib chiqish va izlash bilan bog‘liq.
Shu tariqa psixologik nuqtai nazarda talabaning о‘quv faoliyati deganda – о‘z-о‘zining nazorati, о‘zining о‘quv faoliyati borasida aniqligini ta’minlovchi spetsifik о‘quv faoliyati shakli tushuniladi.
О‘z-о‘zini nazorat qilishning pedagogik tushunchasi esa, о‘quv faoliyatini vaqti-vaqti bilan tekshirib, borishni emas, balki о‘zlashtirish natijalari bо‘yicha о‘quvchi tomonidan tashkillashtirilgan о‘quv faoliyatidir.
Hozir esa, biz о‘z-о‘zini nazorat qilishning о‘z-о‘zini boshqarishga asoslangan о‘qitish uslubi va talabaning о‘quv faoliyati sifatida qaramoqdamiz. Bundan kelib chiqib, birinchi kurs talabasining (iloji boricha tezroq, shaxsiy о‘quv faoliyatini shunday tо‘g‘ri va aniq tashkil etishi kerakki, unda о‘quv materiali uni о‘zlashtirish davomida zudlik bilan, kechiktirmay о‘zlashtirilsin. Demak, bir necha kun tayyorlanib va darhol, bir urinishda о‘qilgan dasturlar bо‘yicha javob bermaslik uchun, imtihon sessiyasi kelishini kutib о‘tirmasdan, hech narsani orqaga surmaslik, о‘zlashtirilmagan ma’ruza matnlari va о‘qilmagan ilmiy matnlar va о‘quv adabiyotlarni tо‘plamaslik kerak. Afsuski, kо‘p birinchi kurs talabalari bunday yо‘l tutishmaydi. Talabalarning bunday ish uslubi oldindan ma’lum: bilimlari sayoz, parchalangan, hayot va amaliyot bilan kam bog‘langan, isbotlanmagan, uzuq-yuluq, shuning uchun kо‘pi unutilgan esdagilari ham bir-biri bilan, mantiqiy bog‘lanmagan, о‘zlashtirilmagan qisqasi, fan predmeti bо‘yicha ilmiy topshiriqlarning butunligi, ahamiyati uzviy bog‘liq holatdek tushunilmasdan esda olib qolingan.
Birinchi kundanoq talabaning psixologik ritm bо‘yicha, kunma-kun, yangi ilmiy ma’lumotlarni о‘zlashtirish uchun о‘quv faoliyatining nazoratiga uni о‘rgatish lozim, bu pedagogika va uslubiyoti tili bо‘yicha о‘z-о‘zini nazorat qilish deb atash mumkin.
Yuqorida ta’kidlanganidek nazoratga о‘rgatish berilgan muammo bо‘yicha maxsus о‘quv mashg‘ulotlarini anglatishi lozim emas. Balki о‘quv faoliyati shart-sharoitlaridan kelib chiqib belgilanishi lozim. О‘quv faoliyati quyidagicha tashkillashtiriladi: talaba о‘quv topshiriqlarini bajarish jarayonida, uni yechish bо‘yicha barcha fikriy operatsiyalarini qadamma-qadam nazorat qilib, о‘rganilayotgan nazariyaga aynan mos ravishda bajarilsin, faqatgina shu sharoitda u istalgan natijaga erisha oladi.
Nazoratning о‘quv faoliyatiga о‘rgatish bо‘yicha alohida tashkillashtirilgan mashg‘ulotlari odatda о‘tkazilmaydi, chunki belgilangan faoliyatiga о‘qitish jarayonining о‘zi darslar davomida amalga oshiriladi. Bir vaqtning о‘zida topshiriqning shartlarini о‘ylab chiqish, tahlil qilish va talabalarni baholash, yechimlarini rejalashtirish va qabul qilish bо‘yicha boshqa о‘quv faoliyatini birgalikda bajarish bilan amalga oshiriladi. Biroq, о‘quv faoliyatlari о‘qituvchi tomonidan shunday tashkillashtirilishi kerakki, uni amalga oshirilishi jarayonida о‘quvchining qanday qilib о‘rganilayotgan nazariyaning meyorlari, qoidalari, qonunlari va boshqa talablarini qо‘llashiga butunlay bog‘liq bо‘ladi. Bundan tashqari topshiriqlar shunday tuzilishi kerakki, uning yechimi aniqligi shu talablarga rioya etishga bog‘liq bо‘lsin.
Psixologik nazariyani о‘qishda ham boshqa nazariyalarda bо‘lgani kabi, talabalar psixologik faktlarni tekshirish va bilishga mо‘ljallangan mashqlarni yechishda ulardan foydalansin. Masalan, psixologik faoliyat tushunchasini о‘zlashtirish uchun talabalarga berilgan о‘quv topshiriqlariga murojaat etamiz. Quyida keltirilgan topshiriqlarni aniq va tо‘g‘ri yechish uchun talaba «faoliyat» tushunchasining belgilari bilan о‘zining aqliy operatsiya jarayonlarini doimo taqqoslashi zarur. Bu belgilar esa, talabalarga yozdirib boriladi: avval tushunchaning differensiatsiyasi, sо‘ngra faoliyat tarkibi (motivning qandaydir talab bilan bog‘liqligi, maqsadi, vositasi natijasi). Mana endi talaba topshiriqni bajarishda ehtiyojlar darajasiga qaraydi. Unda psixologik faoliyat belgilarining mavjudligi yoki yо‘qligi tahlil qilinadi. Agar mavjud bо‘lsa, unda bu «faoliyat»ni tushunchasiga taalluqli, agar yо‘q bо‘lsa, unda bu «faoliyat» psixologik ma’noda emasligidan iborat.
Yuqorida о‘quv operatsiyalarini kо‘rib chiqib, tahlil qilinadi. Talaba о‘quv topshiriqlarini doimiy nazariyaga asoslanib yechadi, hal qiladi, ularning bajarilish jarayonini esa (faoliyat tushunchasi) mana shunday nazorat qilishdir. YE.A.Kamilova tadqiqotlarida ushbu tushunchaga misollar talaygina.
Shunday qilib, quyida keltirilgan misollar faoliyat tushunchasini mazmunan ochib bera oladimi?

  1. Charchagan musofir, oyoqlariga dam berish uchun, tо‘nka ustiga о‘tirdi.

  2. Mendeleyevning hozirgi kunda «Elementlarning davriy sistemasi» nomi bilan tanilgan, kimyoviy elementlar jadvali tushiga kirgan о‘sha jadvalni u 1869 yil о‘zi kashf qilgan holda qonun yaratgan edi. Jadval uning tushida kо‘ringanligi faoliyat bо‘la oladimi?

  3. Talaba ma’ruzani ma’nosiga tushunmasdan, tarkibini tо‘liq о‘zlashtirmasdan, tez yozayapti. U faoliyat bilan bandmi?

  4. О‘quvchi she’r yodlayapti, ikkinchisi esa allaqachon yodlagan va hozir jim о‘z о‘rtog‘ini eshityapti. Ikkovidan qay biri faoliyat bilan band? Yoki ikkovimi? Nima uchun?

  5. Tegirmon tarmog‘i yoqildi, u ishlayapti, qoplar tez unga tо‘layapti. Bu yerda uchta fe’l mavjud. Ulardan qay biri faoliyatni anglatadi?

  6. Navbatchi muhandis tantanavor ravishda yangi gidrostansiyadagi «asosiy tarmoqni» ishga tushiradi va shundan sо‘ng mana 40 yildirki GES ishlamoqda, avval boshida elektr energiyasini О‘zbekistonga, endilikda viloyatlarga uzatmoqda. «Ishga tushirdi» va «ishlayapti» fe’llaridan qay biri faoliyatni anglatadi yoki ikki tushuncha ham mazmunan bir xilmi?

  7. Trenirovkada sportchining yugurishi va qonunbuzarning nazoratchidan qochishi, yugurish – bu yerda qaysi biri faoliyat.

  8. Kо‘zini ochgan inson tepasida ayiq boshini kо‘rib qо‘rquvdan baqiryapti? Bu faoliyatmi?

  9. Bolalar mehmon kutish о‘ynashyapti, dasturxon bezatilyapti, dasturxon gazetadan (ovqatli tarelkalar, qoshiqlar, pichog‘lar, о‘yinchog‘li, gazeta qog‘ozidan salfetkalar, «non» va h.k.) «mehmonlar» (qо‘g‘irchog‘lar)ni о‘tkazishadi, darhol barchasini buzishadi (mehmon qilmasdan) yana boshidan ovqat pishirishadi, stol tuzatishadi, mehmonlarni о‘tkazishadi va h.k. ular faoliyat bilan mashg‘ulmi?

  10. Kutilmaganda, sevgan komandasi darvozasiga kiritilgan goldan stadiondagi (tomoshabinlar) muxlislarning hayqirig‘i faoliyatmi?

  11. Komandir yaqinlashayotgan tankdan qо‘rqib, orqaga qochayotgan askarlardan birini kо‘rib, «Tо‘xta, yot!» deb baqirayapti. Faoliyatmi?

  12. Yozuvchi mana yarim soatdan beri nimadir yozish uchun stol ustida о‘tiribdi, lekin yozmayapti. Bu yerda faoliyat bormi?

  13. EHMda ma’lumot berilyapti: sizning harakatingiz xato. Bu nima faoliyatmi?

  14. Telefon tarmog‘ining narigi tarafidan kimdir javob bermoqda: «Siz raqamni notо‘g‘ri terdingiz». Javob berayotgan tomonga nisbatan bu faoliyatmi?

Kо‘rib turganimizdek, bu misollar oddiy turmushdan olingan, juda sodda misollardir va bunday mashqlarni tayyorlash о‘qituvchi uchun unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Biroq talaba bu savollarning birortasiga hali tо‘g‘ri javob bera olmaydi, agar qо‘l ostida faoliyatning psixologik tushunchasi ilmiy tarkibini shu tushuncha belgilari yozilgan asosli qо‘llanmasi bо‘lmasa va mana keltirilgan mashqlarning sharoitlarini baholash va tahlil qilish, yechimini uylab topish va uning tushunchasini talabaning doimiy taqqoslashi yordamida о‘rganilayotgan belgilari yozilgani bilan ularning tо‘g‘riligini aniqlash bо‘yicha о‘quv faoliyatidir. Bu nazariyaning о‘quv harakati va aynan u «faoliyat» ning psixologik ilmiy tushunchasini shakli belgisini, qayta о‘rganishsiz, mashqlarning amaliy psixologik jihatdan faktlarda berilgan tushunchaga tegishliligi yoki tegishli emasligidek harakatlarni amaliy ishlash jarayonida qо‘shimcha о‘rganishlarsiz о‘zlashtirishdir. Tushunchaning ilmiy tarkibini о‘zlashtirish amaliy о‘zlashtirish natijasida bajariladi, chunki uni hayotga taalluqliligini tushunish va tushunganlarni mustahkam eslab qolishda rо‘y beradi.
Berilgan о‘qish faoliyatini tashkillashtirishga kelganda bunda istalgan о‘quv materialini bunday tarzda о‘zlashtirilishini orqaga surishga imtihon sessiyagacha tashlamasdan о‘rganish bilan erishiladi. О‘quv faoliyatining nazoratining psixologik tushunchasi yuqoridagilarda о‘z aksini topadi.
O’quv faoliyatining psixologik mohiyati

O’quv faoliyati bu shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosiy yangi faoliyatlar yuzaga keladi.


O’quv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon bo’luvchi uzluksiz jarayondir.
-Rus psixologi A. N. Leont’ev inson faoliyatining psixik va amaliy shakllari mavjudligini, bola ongi aynan o’quv faoliyatida o’sishini ta’kidlaydi.
D. B. Elkonin esa o’quv faoliyatining xususiyatlarini ko’rsatib, uni mohiyatiga, mazmuniga va o’zini namoyon bo’lish shakliga ko’ra ijtimoiyligini ta’kidlaydi.
O’quv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o’quvchida o’zgarish yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida, ko’rilgan bo’lishi darkor. Bu motivlar bevosita o’quvchi shaxsining o’sishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lishi kerak. O’quv faoliyati ta’lim, o’qish va o’rganish degan tushunchalar bilan bevosita bog’liqdir. Ta’lim o’qituvchi va o’quvchi hamkorligidagi o’quv faoliyati o’qituvchining bilim, ko’nikma va malakalarini o’quvchilarga o’rgatish jarayonidar.




Ta’lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, xarakatlarni, xulq-atvorining shakllarini o’zlashtirishga qaratilgandir. O’qish va o’rgatish tushunchalari o’quv faoliyati bilan bog’liq bo’lib, ular bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga, orgatishga xizmat qiladi.

Ta’lim jarayoni besh elementdan iborat.


Ta’limning maqsadi- nima uchun o’qitish kerak?


Ta’limning mazmuni – nimani o’qitish kerak?


Ta’limning metodlari, usullalri vapedagogik muloqot yo’llari.


Ta’lim beruvchi.


O`qituvchi, pedagog


O’quvchi.


O`rganuvchi



Ta’lim va ta’lim jarayonida bolani rivojlanish muammosi psixologik markaziy masalalardan biridir. Ta’lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan bo’lib, ulardan biri;
1.Aqliy xatti- harakatlar, bilimlar, malaka va ko’nikmalarni bosqichma – bosqich rivojlantirish nazariyasi (P.YA. Galperin).




Ta’limning muvaffaqiyati bir qator psixologik omillarga bog’liq bo’ladi. Avvalo o’quvchining o’qishga bo’lgan munosabatiga to’xtaylik. Bu munosabat diqqatda, his – tuyg’ularda, qiziqishlar va irodada, shaxsning tutgan yo’lida namoyon bo’ladi.
Ta’lim jarayoni avvalo o’quvchilar diqqatini yo’lga solishni talab etadi. Darslarda ko’rgazmali qurollardan, texnik va EHM vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradiTa’lim jarayonining samaradorligi ko’p jihatdan o’qituvchi tomonidan beriladigan ko’rsatmalarga ham bog’liq. O’qituvchining roli shundan ibortki, u o’quvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha,nimani umrbod esda olib qolishi kerakligini, nimani butunlay esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya qilishini, nimani so’zma – so’z esda olib qolishni, nimaning ma’nosini o’z so’zlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini ko’rsatib o’tishi lozim. Kuzatishlar ko’rsatadiki, bunday ko’rsatmalar berilmaganda, o’quvchilarda ko’pincha noto’g’ri tasavvurlar vujudga keladi.

O’qitishning emosionalligi ta’limning muvaffaqiyatliligini ta’minlovchi omillardan biridir. Ta’lim berish jarayoni emosional jarayon. Agar o’quvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his- tuyg’u uyg’otmasa, uni o’quvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap o’quvchilarning psixik holatlari, ya’ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistik kayfiyat o’quv faoliyatini juda samarali qiladi. O’quvchilar emosional ruhdagi materialni durustroq o’zlashtirib oladilar.


Jamiyatimizdagi mehnat – haqiqiy ijod, quvonch manbai. Maktab o’quvchilarida o’quv mehnatiga ijodiy munosabat o’yg’otib, mehnatning haqiqiy ijodga quvonch manbaiga aylanishiga ko’maklashishi kerak.
Qadimda greklar juda ajoyib iborani qo’llaydilar: «Talaba – to’ldirilib turilishi kerak bo’lgan idish emas, balki yoqib turilishi lozim bo’lgan mash’aldir». Bu fikrning tagida chuqur ma’no bor. Ta’lim jarayonini bugungi kundagi asosiy talablaridan biri erkin fikrlovchi, mustaqil tafakkurga ega bo’lgan shaxsni shakllantirish bo’lib, katta mash’allar paydo bo’lishini ta’minlab beradi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarning bilishga qiziqishlari g’oyat katta roll o’ynaydi.Ma’lumki qiziqimsh o’quvchilarning emosional bezagi biror buyumni, biror faoliyatni tanlash munosabati va yo’nalishidir.
Ma’lumki, psixologiyada qiziqishning ikki turi o’quvchilarning ta’lim jarayonida aniqlanadi. Birinchisi bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita qiziqish. Har bir o’qituvchi o’z o’quvchilarida o’z faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi. qiziqishlar orqali o’quvchilarda ta’limga aktiv munosabat namoyon bo’ladi.

Psixologiyada qiziqish bu shaxsning o’zi uchun qimmatli yoki yoqimli bo’lgan muayyan narsa yoki hodisalarga munosabatidir. qiziqishlar shaxsning muhim va individual hususiyatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. qiziqishlar o’quvchilar hayotida katta rol o’ynaydi. Ular o’quv faoliyatini faollashtiriuvchi asosiy turtkilar – motivlardir.


Ta’lim jarayonida iroda O’quvchilarning muayyan maqsadni ko’zlab ish tutishida, qiyinchiliklarni yenga olishda, ishdan chalg’itadigan narsalar bilan shug’ullanishdan o’zini tiya olishda, unda o’qishga ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon bo’ladigan iroda ta’lim jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi.
Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, iroda bu shaxsning o’z oldiga qo’ygan maqsadining aniqligi, uni amalga oishirishi uchun intilishi, maqsad yo’lida ma’lum bir qarorga klish tezligi va uni o’z vaqtida ijro etishi bilan belgilanadigan sifatidir. Ta’lim jarayonida quv materialiga bo’lgan diqqatning barqaror bo’lishida irodaviy zo’r berishning ahamiyati nihoyatda kattadir.
Ta’limda iroda o’quvchida maktab va uyda o’tkaziladigan mashg’ulotlarga tayyor turishda namoyon bo’ladi. O’quv materialiga bo’lgan diqqatning barqaror bo’lishida irodaviy zo’r berishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ta’limda iroda o’quvchida maktab va uyda o’tkaziladigan mashg’ulotlarga tayyor turishda namoyon bo’ladi. O’quv materialini o’rganish eslab qolish va o’quvchining irodaviy zo’r berishgagina bog’liq. Iroda o’quvchilarning fikrlash faoliyatlarida - masalani yechishga, qo’yilgan savolga javob topishga va hokozolarga intilishda namoyon bo’ladi. Ular o’quvchilarda ko’nikma va malakalrni hosil qilishda ham tarkib topadi.
Psixologlar olib borgan tadqiqotlarda o’quvchilar tomonidan berilgan materiallarning o’zlashtirilishi ko’p jihatdan irodaning tarbiyalanishiga bog’liqdir. Irodaviy aktivlik ta’limning zurur shartidir. Ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayoning o’zi o’quvchilardan irodaviy o’stirish omillaridan biridir. Bunda o’quvchilarning kundalik rejimi, o’qish va oqilona dam olishni bir–ibri bilan to’g’ri almashtirib turish katta rol o’ynaydi.

Ta’lim jarayonida bilish jarayonlarini shakllantirishga alohida e’tibor berish lozim. Zero bilish jarayonlari juda murakkab faoliyat bo’lib, unda jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga, abstrakt tafakkurdan amaliyotga o’tiladi, ana shundan so’ng ob’ektiv haqiqat bilib olinadi. Binobarin, biz birinchi navbatda ko’rib chiqishimiz lozim bo’lgan narsa o’quv materialini idrok qilish jarayonidir. Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, idrok bu narsa va hodisalarni sezgi organlariga ta’sir etishi natijasida ularning kishi psixikasida yaxlit obrazini paydo bo’lishi bo’lib, idrok etish jarayoni ta’limda turli formalarda o’qituvchining og’zaki hikoya qilishida, suhbat o’tkazishida, leksiya o’qishida, kinodars, televizion parcha, sxemalar va ko’rgazmali qurollar hamda boshqa qo’llanmalarni o’qitish tarzida o’tishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlash lozimki; idrokni tarkib toptirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini xisobga olish nihoyatda muhimdir. CHunki, fazoni, vaqtida va harakatlarni idrok etishda ham yosh xususiyatlarida turli farqlar mavjud bo’ladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Karimov I.A. Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Т.: «O'zbekiston», 1997.

  2. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. - Т.: «O'zbekiston», 2000.

  3. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda. - Т.: «O'zbekiston», 2001.

  4. Активные методы обучения педагогов и руководителей учреждений образования. Тезисы докладов. -Пермь, 1993.

  5. Андреева Г.М. Социальная психология. -М., 1998-376-с.

  6. Бадмаев Б.С.Психология: как ее изучить и усвоить. -М.,1997.-256-с.

  7. Бадмаев Б.С. Психология и методика ускоренного обучения.-М., 1998.-272 с.

  8. Бадмаев. Методика преподавания психологии М.: 2001.

  9. Введение в психологию: Учебник для высш.школы/Под общ.ред.А.В.Петровского.-М., 1996. -493-с.

  10. Возрастная и педагогическая психология: Учеб.пособие для институтов /Под ред. М.В.Гомезо и др. -М., 1984. - 256-с.

  11. Галперин П.Я. Психология как объективная наука. Избр. психологические труды. -М.: Воронеж, 1998. - 480 с.

  12. Галперин П.Я., Талызина Н.Ф. Формирование знаний и умений на основе теории поэтапного усвоения умственных действий. — М.: 1968.

  13. Гиппенрейтер Ю.Б. Введение в общую психологию. -М.: 1996. - 336-с.

Yüklə 290 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin