Hamda akademik litseylarning 5ta ixtisosligi bo`yicha bular: -aniq fanlar;
-tabiiy fanlar;
-ijtimoiy-gumanitar fanlar;
-xorijiy filalogiya yo`nalishlari;
-san`at yo`nalishlaridan biri yoziladi.
Tavsiya etilayotgan kasb-hunar kollejining ta`lim sohasidagi tayyorlov ta`limi muassasasidan (akademik litsey va kasb-hunar kolleji) biri yoziladi. Kollejning nomi, yo`nalishi, hududiy manzilini va boshqa ortiqcha ma`lumotlarni yozish man etiladi.
1 iyulda maktab amaliyotchi tuman (shahar) xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limlari o`quvchilarni kasbga yo`naltirish pedagogik-psixologik diagnostikasini metodik ta`minlash kichik guruhlariga “Tavsiyanomalarning berilishi” to`g`risida hisobot beradi. Maktab jami o`quvchi sonidan kelib chiqqan holda, tuman (shahar)lar maktablar kesimida, viloyat tuman (shahar)lar kesimida ma`lumot tayyorlaydi. (3-ilova) 1 sentyabrda 9-sinf bitiruvchilarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga o`qishga qabul qilinganligi to`g`risidagi ma`lumotnomaga asosan
“Tashxis xaritasi”ning oxirgi varag`i tahlil qilinadi. Nechta o`quvchi tasiyanomada berilgan yo`nalishdan boshqasini tanlaganligi aniqlanadi. (4-ilova) Boshqa yo`nalishni tanlaganlik sabablari motivlar bo`yicha qiyosiy tahlil qilinadi va 4-ilovada berilgan jadvalga asosan 1 sentyabrda tuman (shahar) xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limlari o`quvchilarni kasbga yo`naltirish pedagogik-psixologik diagnostikasini metodik ta`minlash kichik guruhlariga hisobot beriladi. O`z navbatida tuman (shahar) xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limlari viloyatga, viloyat Respublika tashxis Markaziga 10 iyulda hisobot beradi.
1-ilova _____________viloyati, _________tuman (shahar) xalq ta`limi muassasalari metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limi ____ - umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf bitiruvchilarini o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalariga yo`naltirish bo`yicha komissiya yig`ilishining
___- sonli