viloyati _____________tuman (shahar) xalq ta`limi muassasalari metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limi ____–sonli maktabning 9-sinf bitiruvchilariga tavsiyanomalarni berilishini qayd etish
_____________viloyati _____________tuman (shahar) xalq ta`limi muassasalari metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limi ____–sonli maktabning 9-sinf bitiruvchilariga tavsiyanomalarni berilishini qayd etish
JURNALI
(maktab uchun hisobot shakli)
O`quvchining
Tavsiyanoma
SHahodatnoma
AL yoki
Yo`nalishi
SHaxsiy
F.I.O
berilgan sana
raqami
KHK
imzo
Jami
Berilmay qoldi
Tavsiyanomalar berish to`xtatildi (sana, yil)
Komissiya raisi (imzo)
(maktab direktori)
M.O`
2.2. Dars mashg`ulotlarini psixologik tahlili I. Darsning aniq maqsadlari va vazifalariga bog`liq ravishda uning tuzilishiga psixologik baho berish. Darsning mavzui maqsad va vazifalari.
Darsning tuzilishi va uning psixologik jihatdan maqsadga muvofiqligi.
Darsning mazmuniga psixologik jihatdan baho berish. O`quv materialining sifati qanday (tasvirlovchi yoki tushuntirovchi, ko`rgazmalilik, aniqlik, mavhumlik va umumlashganlik darajasi)?
O`quvchi bilim faoliyatining qanday tomonlarini faollashtirish bu o`quv (obrazli yoki og`zaki mantiqiy xotirani, xayoliy tafakkurni, xayolni)?. U qanday his-tuyg`ularni uyg`otadi?
Mazkur material o`quvchilar bilim faoliyatining yosh xususiyatlariga, ularning hayotiy tajribasi va bilimlari darajasiga mos keladimi?
O`qituvchi qanday qilib murakkab o`quv materialini mazkur yoshdagi o`quvchilarning idrok etishi uchun qulay, tushunarli va qiziqarli qila oladi (bayon qilishning ravshvnligi va oddiyligi, yorqin misollar, o`xshatishlar, qiyoslashlarning mavjudligi, ko`rgazmali vositalardan foydalanish, hayot bilan bog`lanish ?.
O`rganilayotgan materialning tarbiyaviy ta`siri qanday (axloqiy, estetik va h.zo)? O`qituvchi uning tarbiyaviy imkoniyatlarini qay darajada qulay amalga oshiradi.
Darsda o`quvchilar bilim faoliyatining namoyon bo`lishi va uni boshqarish. Diqqatni tashkil etish.
Mashg`ulotning barcha bosqichlarida diqqatni tashkil etish yo`llari.
Darsdagi diqqatning turlari va ularning ayrim o`quvchilarda namoyon bo`lishi.
O`quvchilar diqqatinig bir ishdan boshqasiga ko`chish usullari.
O`qituvchi taklif etgan qanday faoliyat turlarida o`quvchilar diqqatining bo`linishi (taqsimlanishi talab qilindi va ular qanday qilib buning uddasidan chiqdilar?).
Idrokni tashkil etish va uning xususiyatlari.
Nimalar o`quvchilar idrokining ob`ekti hisoblanadi (o`qituvchining nutqi, darslik matni, turli ko`rgazmali vositalar)?
Idrok etish materialining sifati.
Ko`rgazmali vositalardan foydalanish, ularning darsdagi vazifasi.
O`quv axborotini idrok etishning tushunib olinganligi.
Xotirani faollashtirish va uning rivojlantirilishi.
O`qituvchining o`quvchilar xotirasiga murojaat qilishi. Bu ish mashg`ulotning turli bosqichlarida qanday maqsadda amalga oshirildi?
Darsda xotiraning qanday turlari (ko`rgazmali-obrazli, og`zaki-mantiqiy, hissiy oldindan o`ylagan, oldindan o`ylangan mexanik, mantiqiy turlari ) namoyon bo`ldi?
O`qituvchi bayon qilinayotgan ma`lumotlarni yaxshiroq eslab qolishning qanday usullaridan foydalandi? (eslab qolish maqsadini qo`yish, materialga mantiqiy ishlov berish, faoliyatga kirishish, takrorlash, hissiy vazifa berish va hokazolar) ?
Darsda ayrim o`quvchilarda xotiraning qanday jarayonlari namoyon bo`ldi (eslab qolish, bilib olish, qayta esga tushirish, unutish)?
O`quvchilarning fikrlash faoliyatini kuchaytirish.
O`qituvchi o`quvchilarda qanday ilmiy tushunchalarni shakllantirdi. Bunda ko`rgazmali qurollardan qanday foydalandi?
U tushunchalar o`rtasida qanday aloqalar o`rnatdi va qanday fikr mulohazalarni ishlab chiqdi?
U qanday yo`l bilan (induktiv yoki deduktiv) quvchilarni ma`lum tushunchalar va fikrlarni o`zlashtirishga olib keldi?
O`qituvchi o`quvchilarda mazkur tushunchalarni o`zlashtirish ehtiyojini vujudga keltirdimi (ularning nazariy ahamiyatini ochib berdimi, amaliy qo`llanilishini ko`rsatdimi, turmush bilan bog`ladimi va h.k)?
O`quvchilar darsda qanday o`zlashtirish darajalarini ko`rsatdilar va tushunchalarni belgilashda yo`l qo`yilgan kamchiliklar nimalardan iborat bo`ldi.
O`qituvchi o`quvchilarning mustaqil ijodiy tafakkurini qanday faollashtirdi? Dars muammoli tuzilishi bilan ajralib turdimi? Muammoli vaziyatlar qanday yo`l bilan yaratildi? O`quvchilar javoblarni izlashda faollik ko`rsatdilarmi?
O`quvchilar qo`yilgan muammoning yechimini topish uchun qanday aniq fikrlash harakatlarini mustaqil ravishda amalga oshirdilar (bitta misolni tahlil qilib berish kerak). Sinf muammoli ta`limga qay darajada hozirlik ko`rgan (umumiy rivojlanish darajasi; zarur bilim va malakalarning mavjudligi; savolga javob izlashda o`zini faollik bilan ko`rsatgan o`quvchilar soni)?
O`qituvchi o`quvchilarni oqilona fikrlashning tayyor usullariga o`rgatganmi, algoritm tipidagi farmoyishlar berganmi va ularni qanday kiritgan?
Dars umuman ichki tomondan qay darajada izchil, mantiqiy, barqaror qilib qurilgan?
O`quvchilar mulohazalarining mantig`i va ularning xatolari nimalardan iborat.
Darsda o`quvchilarning xotira tasavvuri, reproduktiv va ijodiy xayoli faollashdimi?
O`qituvchi o`quvchilarning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni qanday amalga oshirdi?