I bob. Ta’limda psixologik xizmat haqida tushuncha



Yüklə 34,74 Kb.
səhifə2/2
tarix21.05.2023
ölçüsü34,74 Kb.
#118815
1   2
kurs ishi

bosh maqsadi ta'lim - tarbiya muhitidagi o'quvchilar hamda talabalarning individual imkoniyatlari o'rganish hamda o'quv faoliyatining intellektual, kognitiv, emosional, motivasion jihatlarini ilmiy jihatdan tekshirishdan iboratdir. Bundan tashqari, ta'lim tarbiyadagi buzilishlarning psixologik sabablarini aniqlash, shaxsdagi xulq-atvor buzilishlarni yo'qotish hamda uni oldini olishning psixologik chora-tadbirlarini ishlab chiqish masalalarini ham maqsad qiladi. Qoidaga ko'ra, psixologik xizmat tashkil etish yosh va pedagogik psixologiya, psixodiagnostika, psixokorreksiya, psixologik maslahat sohasida umumpsixologik va maxsus psixologik bilimlar olgan mutaxassislar (psixolog) tomonidan amalga oshiriladi.
Psixologik xizmatning muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun muhim nazariyilmiy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy psixologik vazifalarni aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni Andreeva G.M. Davletshin M.G., Zabrodin Yu.M.,Karnegi D., Karimova V.M., Parigin B.D., Shoumarov G’.B., G’oziev E.G’.; Bugungi psixologiya fani taraqqiyoti an’analari bilan bog’liq insonning amaliy psixologiyasini, uning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi va ijtimoiy tabiatidan ajratib bo’lmaydi. Shu nuqtai nazardan, inson omillarini va uning jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarini to’g’ri va samarali boshqarish jarayoni jamiyatga va jamiyat a’zolariga psixologik xizmat ko’rsatish muqarrarligini talab qiladi. Bu borada iqtisod, xuquq, etika, etnografiya, tarix, sotsiologiya va shu kabi barcha fanlarning o’zaro mustahkam hamkorligi natijasida inson psixologiyasining amaliy muammolari hal etilishi lozim. Psixologik xizmat metodologiyasi esa ko’proq birinchi yo’nalish- "psixologik ijtimoiy psixologiya" asoslari zamirida tarkib toptiriladi. Psixologik xizmatning maqsadi o‘quvchilarning ma’naviy va aqliy rivojlanishi, barkamol shaxs sifatida shakllanishi, faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh davrlari bo‘yicha rivojlanishida salomatligini muhofaza qilish, uzluksiz ta’lim jarayonida o‘zligini anglashi, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun psixologik-pedagogik shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Quyidagilar psixologik xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish ishlarini sifatli tashkil etish, shu jumladan, ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari samaradorligini oshirish;
o‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida kasb-hunarni to‘g‘ri tanlashlariga ko‘maklashish;
turli yosh davrlarida o‘quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy rivojlanishida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy og‘ishlarning oldini olish;
o‘quvchilar ta’lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;
pedagogik jamoalarda sog‘lom psixologik muhitni yaratish va qo‘llab-quvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;
iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o‘rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
axborot-psixologik xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot tarmog‘ining salbiy ta’siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;
pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ta’minlash.

I.BOB. Ta’limda psixologik xizmat haqida tushuncha


Psixologiya fanida aynan psixologik xizmat muammosiga bag`ishlangan va uning barcha yo`nalishlarini batafsil bayon etishga qodir ilmiy adabiyotlar yetarli bo`lmasa-da, bugungi kunda fan olamida va jamiyat taraqqiyotida psixologik xizmat muammosining zarurligini ko`rsata oluvchi va uning "metodologik ildizlarini" asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqodlarni
alohida qayd etish mumkin. Mazkur adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, ulardagi psixologik xizmat metodologiyasiga taalluqli ayrim umumiy jihatlarni ijtimoiy psixologiya fani nuqtai nazaridan tadqiq qilishimizga to`g`ri keladi. Chunonchi, barcha tadqiqotchilar ham ijtimoiy psixologiyaning metodologik tamoyillariga amal qilgan holda psixologik xizmat uchun muhim bo`lgan u yoki bu jihatni nazariy-ilmiy tarzda asoslab beradilar. Bular ichida psixologik xizmatning muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun muhim nazariy-ilmiy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy psixologik vazifalarni aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni (G.M.Andreeva, B.D.Parigin, T.V.Snigireva, A.V.Filippov, P.N.Shixirev, V.A.Yadov) ta'kidlash joiz. O`zbekistonlik psixologlardan M.G.Davletshin, V.M.Karimova, B.R.Qodirov, G`.B.Shoumarov, E.G`.G`oziev, Sh. R.Baratovlarni alohida qayd etish mumkin. Bu esa psixologik xizmatning bugungi kundagi ayrim dolzarb jihatlari, muammolari va uning yechimlari haqida o`ylashga, fikr mulohaza yuritishga va vazifalarni belgilab olishga nazariy-ilmiy va metodologik manba sifatida yordam beradi, deb o`ylaymiz. Ijtimoiy psixologiya metodologiyasi, tamoyillari va vazifalarini belgilashga qaratilgan tadqiqotlar mazmunida psixologik xizmat muammosining ham ma'lum ma'noda yashirinib yotganligini ko`ramiz. Gap shundaki, har bir fanning rivojlanishi yangi dalillar asosida ilmiy yo`nalishni ochib beruvchi metodik qurilmalarning tuzilishi bilan bevosita bog`liqdir. Chunki, aniq metodologiya bo`lmagan sohada aniq amaliy natijalar ham bo`lmaydi. Zero, ijtimoiy psixologiya fanining yana bir muhim yangi vazifasi psixologik xizmat metodologiyasi bilan bog`liq nazariy, amaliy va empiric yo`nalishdagi tadqiqotlar ko`lamini belgilashning bugungi kungacha nechog`lik hal qilinayotganligini tahlil qilishga to`g`ri keladi. Bu borada psixologiya olamida hanuzgacha mukammal tarzda ishlab chiqilgan, rasmiy tarzda tan olingan yagona ilmiy yo`nalish yoki kontseptsiyaning qabul qilinmaganligi ayon bo`lsa-da, ilg`or g`arb psixologlari, Markaziy hamdo`stlik Davlatlari psixologlari, O`zbekiston psixologlari tomonidan olib borilgan va olib borilayotgan (eksperimental izlanishlarga yo`l ochib berilayotgan) fan olami uchun o`ziga xos salohiyatga va nufuzga ega bo`lgan tadqiqotlar mavjudki, ular qaysidir jihati bilan psixologik xizmat modeli, uning psixologik himoya vositasi sifatidagi mohiyati, ahamiyati hamda ijtimoiy istiqbollari haqidagi ilmiy-amaliy tasavvurlarimizni shakllantirishga asos bo`lib xizmat qilishi mumkin. Ilmiy adabiyotlardan bizga ma'lum bo`lishicha, ijtimoiy psixologik xizmat metodologiyasining umumiy yo`nalishlari G`arb ijtimoiy psixologiya namoyondalari tadqiqotlarini quyidagicha izohlash mumkin: V.Vundtning 1900 yilda chop etilgan "Xalqlar psixologiyasi" nomli yirik (o`n tomlik) epik asari ijtimoiy psixologiya yo`nalishlarini yorqinlashtirishga xizmat qilib, inson ma'naviyati, madaniyati va mafkurasini o`rganishning murakkab tomonlarini ochib berdi. Psixologik xizmatga jalb qilingan pedagoglar esa, bu mutaxassislikni olish uchun maxsus qayta tayyorgarlikdan o'tishlari lozim. Mohiyatan, psixologik xizmat bir necha bosqichli jarayon sanalib, unda psixologik maslahat, psixodiagnostika va psixokorreksiya kabi sohalar usullaridan samarali foydalaniladi. Quyida biz ta'lim har qanday ta'lim muhiti uchun qulay sanalgan psixologik xizmat va uning tarkibiy chora-tadbirlari haqida to'xtalib o'tamiz.
I.G.Kolesnikovaga ko'ra, ta'lim muhitida psixologik konsulbtasiya ishlarini olib borishda psixolog mutaxassis quyidagi ishlarni olib boradi: l.Bolalar, o'qituvchilar, talabalar ta'lim va tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma'muriyat, direktor, rektor, mudir, o'qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari, xodimlariga aniq, ilmiy asoslangan maslahatlar berish; 2.Ta'lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o'zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga etmaganlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish; 3.Ma'muriyatga, bolalar, o'quvchilar, talabalarga (yotoqxonada, klublarda, kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo'yicha bolalar, o'quvchilar, talabalarning psixik o'sishi xususiyatlariga oid ma'lumot berishi, o'g'il va qizlarni asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarni g'amxo'rlik va vasiylik to'g'risidagi qabul qilgan qarorga munosabati, shaxs taqdirini hal qilishda qatnashishi va maslahatli fikr berishi lozim; 4.Ota onalarga bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida shakllanishi, o'zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo'yicha ilmiy-amaliy maslahatlar beradi; 5.YAngi tipdagi maktablarga o'rta-maxsus va kasb-hunar kolleji o'quvchilari, akademik lisey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to'g'risida ilmiy - amaliy xususiyatga molik konsulbtativ ishlar olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish.
Mazkur ishlar ta'lim sub'ektlarini maktabda, liseylarda, universitetlarda o'qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o'rganishga yo'naltirilgan bo'lib, ularning individual xususiyatlarini, ta'lim tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini aniqlashga mo'ljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki individual tarzda o'tkaziladi. Bu asnoda amaliy psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi. Maslahat berish ishlari-amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat berish ishlari o'qituvchilar, o'quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat berish ishlari individual va guruhiy bo'lishi mumkin. Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni ko'rsatadiki, o'qituvchilar ko'pincha psixologga quyidagi muammolar bo'yicha murojaat qiladilar: turli fanlar bo'yicha o'quvchilarning o'zlashtirishdagi qiyinchiliklar, bolalarning o'qiy olmasligi va istamasligi, g uruhda nizoli vaziyatlar, shaxsiy pedagogik ta'sirning natija bermasligi, har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari oila muloqati va bolalar jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish yo'llari, o'quvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yo'llari, o'quvchilar bilan kasbga yo'naltirish ishlarini olib borish


    1. Ta’limda psixologik xizmatning shakllanish tarixi.

Psixologik xizmat AQShda 1800 yillardan boshlab rivojlana boshladi. AQShning birinchi amaliyotchi psixologlari o`z-o`zini tarbiyalash muammosini o`rgangan eksperimental psixologlar edilar. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot koeffitsientini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik "Gaydens" xizmatining rivojlanishiga olib keldi. Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo`lib, u bu sohada 1894 yildan ish boshlagan. 1905 yilda Fransiya ta'lim vazirligi Binega umumiy dastur bo`yicha o`qiy olmaydigan bolalarni tekshirish muammosi bilan murojaat qiladi va shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni ajratadigan Bine-Simon testi yaratildi. 1909 yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil etiladi. 1970 yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etdi. Bunday guruhlar maktab psixologiyasi bo`yicha bir mutaxassis, ta'lim psixologiyasi bo`yicha bir mutaxassis, psixomotor rivojlanish bo`yicha bir mutaxassisni o`z ichiga oladi. Bunday brigada 800-1000 o`quvchiga xizmat qiladi, bir maktabda joylashib, bir necha maktabga xizmat qilishi mumkin. 1985 yilda Fransiya pedagog-psixologlarining funktsiyalari aniqlab berildi. Pedagog-psixolog shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun qo`lidan kelgan barcha ishlarni qilishi kerak, bunda u bu ishlarga o`qituvchilarni va otaonalarni ham jalb etishi mumkin. Pedagogik psixolog o`z ishida lozim topsa, maktab va oila tarbiyasiga qarshi chiqishi mumkin, deb maxsus ta'kidlangan.Ko`pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlarida maktab psixologik xizmati tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik markazlari shaklida tashkil etilgan. Masalan, 1980 yilda Chexoslavakiyada tarbiya masalalari bo`yicha modda maktab to`g`risidagi qonunga kiritildi. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni – sog`lom shaxsning o`sishini ta'minlash, shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korreksiya qilish, kasb tanlash muammolaridir.Chexoslavakiyadagi psixolog maslahatchining asosiy funktsiyasi psixodiagnostik faoliyatdan iboratdir. Sobiq sovet psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta'limida psixologiyadan foydalanish borasida urinishlar pedologiya doirasida vujudga keldi. Pedologiya rivojlanayotgan va o`sayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy xususiyatlarini qamrab oluvchi fandir. 1936 yilda pedologik qarashlarni to`xtatish haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga rus psixologlari amalga oshirayotgan bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham to`xtab qoldi. Faqat 60 yillarning oxiriga kelib, psixologlarning maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi. Sobiq Sovet Ittifoqida birinchi bo`lib Estoniyada 1975 yilda maktabda psixologik xizmat tashkil etildi (rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Sierd bo`lib, tarbiyasi qiyin o`smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar).Rossiyada 1982 yilda maktablarda psixolog shtati ochildi. Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik xizmatning rivojlanishiga ulkan ulush qo`shgan, u ushbu mavzuda doktorlik dissertasiyasini yoqlagan va bir qancha asarlar muallifidir.1984 yilda Moskvada sobiq sovet ittifoqida psixologiya institutida "SSSRda psixologik xizmat muammolari bo`yicha I umumittifoq anjumani bo`lib o`tdi. Anjumanda maktabda psixologik xizmat sektsiyasi ham ish olib bordi. Sobiq Ittifoqda birinchi bo‘lib Estoniyada 1975- yilda maktabda psixologik xizmat tashkil etildi. Eston psixologlari «tarbiyasi qiyin» o‘smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar. Rossiyada 1982- yilda maktablarda psixolog shtati ochildi. Iqtidorli olima I.V.Dubrovina psixologik xizmatningrivojlanishiga ulkan ulush qo‘shgan, u ushbu mavzuda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan va bir qancha asarlar muallifi hisoblanadi.1989- yilda 0 ‘zbekistonda amaliyotchi psixologlaming yetishmayotganligi sababli Nizomiy nomli TDPUda ama­liyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi. O‘zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishida olimlardan M.G.Davletshin, E.G‘. G ‘oziyev, B,R. Qodirov,Г. B .Shoum arov,V.М .Karimova,F.N.Sattarov, F.S. Ismagilova, N.S. Safoyev, F.I.Haydarov,S.X.Jalilova va boshqalar katta hissa qo‘shganlar. 1998- yildaSh.R.Baratov «Ta’lim tizimida va ishlab chiqarishda psi­xologik xizmatni tashkil etishning psixologik xususiyatlari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.Psixologik xizmatni 3 nuqtayi nazardan qarab chiqish mumkin: 1 llmiy nuqtayi nazar.
2 Tashviqot nuqtayi nazar.
3 Amaliy nuqtayi nazar.
Faqat mana shu nuqtayi nazarlarning birligigina psixologik xizmat predmetini tashkil etadi.Ilmiy nuqtayi nazar psixologik xizmatning metodologik muammolarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu yo‘nalish ijrochilarining asosiy vazifasi maktab psixologik xizmatida ishning psixodiagnostik, psixokorreksiya va rivojlantiruvchi metodlarini ishlab chiqish va nazariy asoslashga bag‘ishlangan
ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishdan iborat.Tashviqot nuqtayi nazari xalq ta ’limi xodimlarining psixologik bilimlardan foydalanishini nazarda tutadi. Bu yo‘nalishda pedagoglar, metodistlar va didaktlar katlantiruvchi shaxslar bo‘lib maydonga chiqadi.Xizmatning amaliy nuqtayi nazarini maktab psixologlari
amalga oshiradilar, ulaming vazifasi — u yoki bu aniq vazifani hal qilish uchun ota-onalar, o ‘qituvchilar, sinf jamoasi,bolalar bilan ish olib borishdan iborat.Hozirgi bosqichda psixologik xizmat faoliyatining 2 yo‘nalishi: dolzarb va kelajak yo‘nalishlari mavjud. Dolzarb yo‘nalish o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasidagi qiyinchiliklar, ular xulq-atvoridagi, muloqotdagi va shaxsi shakllanishidagi muam-
molarni hal q ilishga qaratilgan.Kelajak yo‘nalishi har bir bola individualligini rivojlantirishga, jamiyatda yaratuvchanlik hayotiga psixologik tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan. Psixolog pedagogik jamoa faoliyatiga har bir o‘quvchi shaxsi garmonik rivojlanish imkoniyatlari haqida asosiy psixologik g‘oyani olib kiradi. Ikki yo'nalish ham bir-biri bilan bog‘liq. Psixologik xizmatning mazmuni:
a) psixoprofilaktika;
b) psixologik maorif va ma’rifat;
d) psixodiagnostika;
c) psixik rivojlanitirish va psixokorreksiya;
0 psixologik maslahat.
Psixologik xizmat haqida Nizom 1996- yili Xalq Vaziri tomonidan tasdiqlangan. 2001- yilda bu Nizomga o'zgartirish kiritildi.
Psixologik xizmat metodlari turli tuman bo‘lishi mumkin:
a)xalq ta’limi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi xodimlari, o‘quvchilar, talabalar bilan ma’ruzalar turkumi va mashg‘ulotlari o‘tkazish va aholining psixologik madaniyatini o'stirish maqsadida;
b) ilmiy ommabop adabiyotlami yaratish va ularni tarqatish;
d) ommaviy axborot vositalarida ehiqishlar;
e)psixodiagnostik tadqiqotlar o'tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar);
f) psixologik maslahat berish;
g) psixologik konsiliumlar o‘tkazish;
h) ta’lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama, psixokorreksion treninglami amalga oshirish;
i) psixologik tadqiqot obyektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv dasturi, o‘quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hokazolar.
Psixologik xizmat haqidagi Nizom 6 bo‘limdan iborat. Ular:
1 Umumiy qoidalar.
2 Psixoprofilaktik ishlar.
3 Psixodiagnostik ishlar
4 Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar.
5 Psixolog maslahati.
6 Psixologik xizmat xodimlarining mas’uliyati.



    1. Ta’limda psixologik xizmatning tashkil etishning tamoyllari va strukturasi.

Psixologiya fanida aynan psixologik xizmat muammosiga bag`ishlangan va uning barcha yo`nalishlarini batafsil bayon etishga qodir ilmiy adabiyotlar yetarli bo`lmasa-da, bugungi kunda fan olamida va jamiyat taraqqiyotida psixologik xizmat muammosining zarurligini ko`rsata oluvchi va uning "metodologik ildizlarini" asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqodlarni alohida qayd etish mumkin.
Mazkur adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, ulardagi psixologik xizmat metodologiyasiga taalluqli ayrim umumiy jihatlarni ijtimoiy psixologiya fani nuqtai nazaridan tadqiq qilishimizga to`g`ri keladi.
Chunonchi, barcha tadqiqotchilar ham ijtimoiy psixologiyaning metodologik tamoyillariga amal qilgan holda psixologik xizmat uchun muhim bo`lgan u yoki bu jihatni nazariy-ilmiy tarzda asoslab beradilar. Bular ichida psixologik xizmatning muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun muhim nazariy-ilmiy ahamiyat kasb etuvchi 8 ijtimoiy psixologik vazifalarni aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni (G.M.Andreeva, B.D.Parigin, T.V.Snigireva, A.V.Filippov, P.N.Shixirev, V.A.Yadov) ta'kidlash joiz.
O`zbekistonlik psixologlardan M.G.Davletshin, V.M.Karimova, B.R.Qodirov, G`.B.Shoumarov, E.G`.G`oziev, Sh. R.Baratovlarni alohida qayd etish mumkin. Bu esa psixologik xizmatning bugungi kundagi ayrim dolzarb jihatlari, muammolari va uning yechimlari haqida o`ylashga, fikr mulohaza yuritishga va vazifalarni belgilab olishga nazariy-ilmiy va metodologik manba sifatida yordam beradi, deb o`ylaymiz.
Ijtimoiy psixologiya metodologiyasi, tamoyillari va vazifalarini belgilashga qaratilgan tadqiqotlar mazmunida psixologik xizmat muammosining ham ma'lum ma'noda yashirinib yotganligini ko`ramiz.
Gap shundaki, har bir fanning rivojlanishi yangi dalillar asosida ilmiy yo`nalishni ochib beruvchi metodik qurilmalarning tuzilishi bilan bevosita bog`liqdir. Chunki, aniq metodologiya bo`lmagan sohada aniq amaliy natijalar ham bo`lmaydi. Zero, ijtimoiy psixologiya fanining yana bir muhim yangi vazifasi psixologik xizmat metodologiyasi bilan bog`liq nazariy, amaliy va empirik yo`nalishdagi tadqiqotlar ko`lamini belgilashning bugungi kungacha nechog`lik hal qilinayotganligini tahlil qilishga to`g`ri keladi. Bu borada psixologiya olamida hanuzgacha mukammal tarzda ishlab chiqilgan, rasmiy tarzda tan olingan yagona ilmiy yo`nalish yoki kontseptsiyaning qabul qilinmaganligi ayon bo`lsa-da, ilg`or g`arb psixologlari, Markaziy hamdo`stlik Davlatlari psixologlari, O`zbekiston psixologlari tomonidan olib borilgan va olib borilayotgan (eksperimental izlanishlarga yo`l ochib berilayotgan) fan olami uchun o`ziga xos salohiyatga va nufuzga ega bo`lgan tadqiqotlar mavjudki, ular qaysidir jihati bilan psixologik xizmat modeli, uning psixologik himoya vositasi sifatidagi mohiyati, ahamiyati hamda ijtimoiy istiqbollari haqidagi ilmiy-amaliy tasavvurlarimizni shakllantirishga asos bo`lib xizmat qilishi mumkin. Ilmiy adabiyotlardan bizga ma'lum bo`lishicha, ijtimoiy psixologik xizmat metodologiyasining umumiy yo`nalishlari G`arb ijtimoiy psixologiya namoyondalari tadqiqotlarini quyidagicha izohlash mumkin:
V.Vundtning 1900 yilda chop etilgan "Xalqlar psixologiyasi" nomli yirik (o`n tomlik) epik asari ijtimoiy psixologiya yo`nalishlarini yorqinlashtirishga xizmat 9 qilib, inson ma'naviyati, madaniyati va mafkurasini o`rganishning murakkab tomonlarini ochib berdi.
Taniqli ingliz psixologi Vil'yam Makdugallning 1908 yilda yozilgan "Ijtimoiy psixologiyaga kirish" asaridagi "ijtimoiy xulq-atvor instinktlari" nazariyasi freydizmga qarshi o`laroq inson instinktlari va faoliyat uyg`unligini ta'minlash muammosini yoritishga ilk bor asos bo`lib xizmat qildi. Binobarin, E.Fromm, J.Sallivan kabi olimlar tomonidan guruhlar psixologiyasi nazariyasini yaratishga asos solindi. Bunda turli xil ijtimoiy psixologik treninglar orqali guruhdagi shaxslararo munosabatlar bilan bog`liq psixologik iqlimni kamol toptirish yo`llarining ilk bor ko`rsatilishi mehnat jamoalaridagi ijtimoiy psixologik xizmat vazifalarini belgilash uchun ma'lum darajadagi empirik ma'lumot sifatida xizmat qilishi mumkin. G`arbda yaratilgan kognitivizm doirasidagi nazariyalar psixologik xizmat metodologiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, L.Festingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi (insonning faoliyat ob'ektiga nisbatan xulq-atvori yoki munosabatini ongli ravishda o`zgartirishga asoslangan), T.Nyuxomning hamkorlik kommunikativ nazariyasi (o`zgalarga va umumiy faoliyat ob'ektiga ijobiy munosabatlarni tarkib toptirishga asoslangan), C.X.Osgud va P.Tanenbaumaning "kongruentlik" (inson kognitiv tuzilishi asosidagi ob'ektni baholashga qaratilgan) nazariyasi, G.Olport, A. Maslou, K.Rodjers kabi ijtimoiy psixologlarning gumanistik doiradagi qator tadqiqiy izlanishlari shular jumlasidandir. Yana shuni qayd etish kerakki, amerikalik taniqli psixolog Abraxam Xarold Maslouning "Insonga bir butun yondashuv konsepsiyasi" psixologik xizmat jarayonida insonni tushunish va ijtimoiy motivatsion rivojlantirish muammosi ustida tadqiqotlar olib borilishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Maslouning fikricha, insonning barcha tug`ma potentsial imkoniyatlari faqatgina ijtimoiy shart-sharoitning yaratilishi bilan ro`yobga chiqishi va kamol topishi mumkin. Albatta, mazkur fikrlarning nechog`lik haqiqat ekanligini bugungi kunda har bir insonning o`ziga xos va uning ijtimoiy taraqqiyotini ta'minlashga xizmat qiluvchi imkoniyatlari ko`lamini o`rganish hamda tarbiyalashni asosiy vazifa qilib olgan psixologik xizmatning tashkil etilishini muntazam kuzatishlarimiz natijalari tasdiqlab turibdi.
A.Maslou fan olamida o`ziga xos "motivatsion tizimning ierarxik modeli"ni yaratdiki, unga muvofiq individ xulq-atvoridagi ijtimoiy jihatdan muhim bo`lgan yuqori ehtiyojlarning yo`nalishi quyi extiyojlarning qay tariqa qondirilishi asosidagina tarkib topishi mumkin. Bu jarayon quyidagi tartibga ega: Darhaqiqat, mazkur ierarxik tizim motivatsiyaning ilmiy jihatdan asoslab berilishi birinchidan, ijtimoiy psixologiyadagi ehtiyojlar va motivlar bilan bog`liq qator tadqiqotlarga hamohang bo`lsa, ikkinchidan, mazkur yo`nalishdagi psixologik xizmat metodologiyasini yaratish uchun alohida istiqbolga ega.Chunki, psixologik xizmatda insonning ijtimoiy ehtiyojlari muammosi ilmiy jihatdan to`g`ri talqin qilinishi va to`g`ri yo`naltirilishi lozim. Bu borada qator taniqli sotsiolog, psixolog va faylasuflar tomonidan e'tirof etilgan ilmiy mulohazalarga tayanish mumkin. Masalan, D.N.Uznadzening "... ehtiyoj tushunchasi ... tirik organizm uchun zarur bo`lgan va ayni paytda qo`lga kiritilmagan barcha narsalarga taalluqli" va M.S.Kagan, A.V.Margulis, E.M. Etkindlarning "ehtiyoj – kerakli narsalarning yetishmaslik oqibati", V.A.Yadovning "ehtiyoj – inson shaxsi va organizm faoliyati uchun kerak bo`lgan zarurat hamda yetishmovchilik mahsuli", L.I.Bojovichning "ehtiyoj – individ organizmi va u shaxs taraqqiyoti uchun muhim bo`lgan zarurat", A.V.Petrovskiyning "ehtiyoj – jonli mavjudot hayot kechirishining konkret shart-sharoitlariga uning qaramligini ifoda etuvchi va bu shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holat" kabi fikrlari shaxs taraqqiyotini ta'minlash yo`lida ehtiyojlarning biologik va ijtimoiy uyg`unligini hisobga olgan holda psixologik xizmatning navbatdagi vazifalarini belgilash imkonini beradi.
Darhaqiqat, har bir insonning o`z individual olamida sodir etilayotgan barcha ma'naviy, ruhiy kechinmalarini u yashab turgan jamiyat istiqbollariga mos tarzda tadqiq qilmay turib, shaxs va faoliyat, shaxs va jamiyat, shaxs va individuallik o`rtasidagi ijtimoiy mutanosiblikni ta'minlab bo`lmaydi. Zero, psixologikmuhofaza vositasi sifatida tadqiq qilinayotgan ijtimoiy psixologik himoya falsafasi ham shuni taqozo etmoqda. Insonning individuallik darajasi yana shu bilan ifodalanadiki, undagi faoliyatning usullari va vositalari hech qachon tayyor holdagi barcha uchun bir xil umuminsoniy tajribalardan iborat bo`la olmaydi. Har bir inson o`z individual sifatlari va filogenezdagi xususiyatlari (ijtimoiy individuallashuvning shakllanishi) asosida ijtimoiy faollik taqozo etgan faoliyatning mustaqil sub'ektiga aylanib boradi.Bu bilan jamiyat har bir individning o`z hayotiy poydevori uchun muhim bo`lgan "g`isht"ni o`zi barpo etishida ijtimoiy shart-sharoit yaratib beradi. Bunday shart-sharoit esa har bir shaxsning umumiy va maxsus individual imkoniyatlari ko`lamini ijtimoiy-psixologik jihatdan tahlil qilish va tobora kamol toptira borish yo`llarini izlash asosidagina qaror toptirilishi mumkin. Shunga muvofiq, shaxs va faoliyat uyg`unligini ta'minlashga xizmat qiluvchi ijtimoiy psixologik muhofaza omili sifatida "muvaffaqiyatli individual uslub" omili va uni ifodalovchi 3 mezon :
faoliyat va sub'ektiv hissiy kechinmalar mutanosibligi;
faoliyat va individual imkoniyatlar mutanosibligi;
sifatlarning har bir shaxsda (o`quvchi yoki ishchi- xodimda) nechog`lik tarkib topa borayotganligini o`rganish, tahlil qilish vazifasini psixologik xizmatning asosiy yo`nalishlaridan biri sifatida qabul qilindi.Shunday qilib, psixologik xizmatning metodologik asoslari sifatida talqin qilingan mazkur fikr-mulohazalar ijtimoiy psixologiya fanining quyidagi amaliytatbiqiy yo`nalishlariga bugungi kunning eng dolzarb muammolari sifatida qarashni taqozo etadi:Xuddi ana shu yo`nalishlar O`zbekistonda psixologik xizmatning bugungi holati va o`ziga xos istiqbollariga baho berishda ma'lum nazariy hamda metodologik manba sifatida xizmat qiladi
Yüklə 34,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin