San’atshunoslik asoslari bo’limi o’quv predmetining muhim qismlaridan biridir. U dasturda 5-7 sinflarda mustaqil bo’lim sifatida o’zining o’quv vazifalari tizimiga ega va u tasviriy, amaliy-bezak, me’morchilik san’atlari materiallaridan tashkil topadi. Mazkur bo’limning maqsadi o’quvchilar tomonidan san’at asarlarini ongli idrok etish va baholash, uning jamiyat va odamlar hayotidagi ahamiyatini tushunishga yordam berishdan iboratdir.
San’atshunoslik asoslari bo’limi o’quvchi shaxsining estetik rivojiga ko’maklashib, uni jahon madaniyatining buyuk durdonalari va san’at asarlari orqali tevarak-atrofdagi hayot go’zalliklari bilan tanishtiradi, badiiy didini shakllantiradi, san’atni sevishga o’rgatadi.
O’quvchilar bilan san’atshunoslik asoslari bo’yicha o’tkaziladigan mashg’ulotlarda ular mumtoz madaniy meros bilan tanishtirib boriladi, uning buyuk an’analari va san’atning halq uchun xizmat qilishi, san’atdagi turli oqimlar va yo’nalishlar to’g’risida tushunchalar hosil qilinadi.
Tasviriy va amaliy san’at asarlarini idrok etishga oid o’quv materiallari o’quvchilarning amaliy ishlari bilan bog’langandir. San’at asarlarining nushalarini bolalarga ko’rsatish va ularning tahlili o’quvchilarda san’atga qiziqish uyg’otadi va ularni shu sohaga yo’llaydi. Asarlarni namoyish etishda bolalar unda ifodalangan g’oya, asosiy fikr va qo’llanilgan badiiy-tasviriy vositalar bilan tanishtiriladi.
Dekorativ-amaliy san’atga doir san’atshunoslik asoslari darslarida amaliy-bezak san’ati, halq amaliy-bezak san’ati, o’zbek halq amaliy-bezak san’ati, liboslar, o’zbek va chet el halqlarining milliy liboslari haqida bilimlar berish, halq ustalari ishlatadigan ish qurollari va materiallari bilan tanishtirish nazarda tutiladi. Bunday darslarda Toshkentdagi halq amaliy san’ati muzeyi va Respublikamizdagi halq amaliy san’ati rivoj topgan markazlar, o’zbek halq amaliy san’atining mashhur nomoyondalari hisoblangan Usta SHirin Muradov, Ota Polvonov, Hamro Raximova kabilar haqida ham suhbatlar o’tkazish rejalashtirilgan.
Me’morchilik san’ati borasida esa me’morchilik san’ati va uni atrof-muhit bilan bog’liqligi, me’morchilikda go’zallik, maqsadga muvofiqlik haqida tushunchalar berish, individual va ijtimoiy me’morchilik, ularing turlari bilan tanishtirish, binolarning vazifasi va ularning estetik yechimining o’zaro bog’liqligi, fasad va inter’erdagi dekorativ bezaklarning xarakteri, me’morchilikda qo’llaniladigan asosiy atamalar haqida fikr yuritiladi. Binolarning tashqi va ichki badiiy bezaklarining xarakteri, ularda ishlatiladigan materiallar bilan ham tanishtiriladi.
Bu vazifalarni bajarish uchun O’zbekiston xududidagi eng qadimgi me’morchilik obidalari, O’zbekiston IX-XIX asr me’morchiligi, SHarq va G’arb mamlakatlarida Uyg’onish davri me’morchiligi, O’zbekiston va jahonning hozirgi zamon ilg’or me’morchiligi yuzasidan mashg’ulotlar olib boriladi.
Yana juda muhim bir narsaga e`tabor berish kerakki, u ham bo`lsa talabalar- ning umumiy ta`limb o`yicha, ya`ni falsafa, adabiyot va boshqa fanlarni qay dara- jada o`zlashtirganliklaridir. Shu bilan birga talabalar o`z ustida ham ishlashlari lozim.
Ijodiy isshlash uchun ko`rish xotirasi, eda qolish hamda kuzatuvchanlik qobiliyati kuchli rivojlangan bo`lishi lozim. Kuzatuvchanlikka ega bo`lmagan talabalar ko`pincha qiziqarli hayotiy hodisalarga e`tabor berishmaydi .
Diplom ishi himoyalaridagi kartinalarda ko`pincha primitivlik, harakat va imo-ishoralarning shartli qilib olinganligi ko`zga tashlanadi. Odam harakati “umumlashtirib” olingan. Aniq harakat, holatga doir imo-ishoralar ko`rsatilmagan. Bunga sabab, rassomning kuzatuvchan emasligidir. Ko`p figurali murakkab kompazitsiyaga o`tishdan avval studentlarga aynan mana shu kuzatuvchanlikni kuchaytirish va o`stirish lozim. Ularga hamma vaqt va har erda o`z kuzatuvlartini hamda etyudlarni chizdirish kerak.
Ular qayerda bo`lmasinlar-transpordami, ko`chadami, doimo yonlarida qalam olib yurishlari lozim. Har qanday vaziyat va holatda odamlarning harakat- lari, ishoralarini ko`rsata bilishlari kerak.
Talabalar dam olayotgan va kutayotgan, tinglayotgan va kuzatayotgan, ayla- nib yurgan yoki shoshayotgan odam o`rtasidagi farqni ajrata bilishi hamda tasvir- lay olishi lozim.
Birinchi va ikkinchi kurslarda talabalardan murakkab eskizlarni talab qil- maslik kerak. Murakkab kompazitsiyalarni bajarishda asta-sekin maxsus mashq- lar orqali o`tish lozim .
Bunday mashqlarni oddiy jismoniy harakatlardan boshlab, ularni tobora ishtirok etuvchilarning psixologik holati, kayfiyatini tasvirlash orqali murakab- lashtira borish kerak.
Tyrli holatdagi ishoralar tasviri: bahslashuv, inkor etish, o`tinch, so`rash. Turli xil psixologok holatlar tasviri: shodlik, qug`u, hayratlanish, qo`rquv, toliqish. Turli xarakterdagi odamlar tasviri: mehribon, jahldor, mard, qo`rqoq. Bir turdagi rasmlarni chizib bo`lgach, asta-sekin studentlar hayotidan hamda, tevarak-atrofdagi voqealardan lavhalarni tasvirlash mumkin.
Naturadan chijish va kopazitsiya mashqlaridan tashqari, yoddan chizishni ko`p mashq qilish kerak. Buning uchun tanish bo`lgan odamlar, o`qituvchilar, talabalar qiyofasini chizishni vazifa qilib bersa bo`ladi. Bunday mashqlar odamlar tashqi qiyofasining xarakterli qirralarini, imo-ishoralarini, yurish—turishini eslab qolishga va tasvirlanayotgan obrazga ijodiy yondoshishga o`rgatadi.
Kuzatuvchanlik va tasavvurni shakllantirishga qaratilgan mashqlar bir-birini to`ldirib borishi kerak. Kuzatishlar fantaziyani joylashtirishga yordam beradi. Kuzatuvchanlik va tasavvurni shakllantiruvchi mashqlarning ahamiyatli tomoni yana shundaki, ular talabalarni o`z g`oyalarini amalga oshirish uchun materiallarni to`plash va izohlashga o`rgatadi. Bu esa kopazitsiyada ijodiy mashqlarga o`tish- ning eng asosiy shartidir.
Asar kompazitsiyasida taqqoslash kontrast muhim rol o`ynaydi. Agar kom- pazitsiya qiyosiy tarzda (masalan, katta va kichik, dinamik va harakatsiz, yorqin va bosiq ranglar, chiroyli va xunuk, mehribon va jahldor va hokazo.) qurilgan bo`lsa yanada jonli ko`rinadi. Bu haqda buyuk rassom Leonardo da Vinchi ham aytib o`t- gan:“Tarixiy mavzularda tasvirlanayotgan narsani yanada kuchaytirib ko`rsatish uchun qarama-qarshilik (kontrast), albatta, qo`llanilishi lozim. Ya`ni go`zalni doi- mo xunuk bilan, yoshni qari bilan, kuchlini nimjon bilan, yonma-yon tasvirlash o`rinlidir”.
Asar kompazitsiyasini allaqanday geometrik sxemalar asosida qurish (figu- ralarni uchburchak, aylana yoki diagonal bo`yicha joylashtirish) noto`g`ri .
Qiziqarli mavzu topilmagunga qadar kompazitsiyani tuzib bo`lmaydi. Mav- zu ham topildi deylik, endi syujet kerak. Har bir rassom g`oyani ta`sirchan qilib yetkazuvchi syujet topadi.
Syujet aniqlangandan so`ng, kompazitsiya eskizi ustida ishlash boshlanadi. Birinchi eskizlarni yaxshisi, kichik o`lchamda bajargan ma`qul. Chunki kichik o`lchamda asosiy kompazitsion qurilishni joylashtirish osonroq. Undan keyin katta hajmdagi eskizni bajarishga o`tish mumkin.