1.2 Urg'u va uning turlari
So'z bo'g'inlaridan biri yoki gap tarkibidagi bo'laklardan birining boshqalariga qaraganda cho'ziq (kuchliroq) ovoz yoki ohang bilan talaffuz qilinishi urg'u deyiladi. Urg'u tushgan bo'g'in urg'uli bo'g'in hisoblanadi, urg'u odatda, unli tovushga tushadi. Masalan: daraxtlar kurtak chiqara boshladi.
Urg'u o'z sifatiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1) so'z urg'usi; (yoki leksik urg'u), 2) gap urg'usi (yoki logik urg'u). So'z bo'g'inlaridan biriga tushadigan urg'u so'z (leksik) urg'u deyiladi. Masalan: bola, lola. kitob, ishchilar, talabalar, mulkdor. So'zlarga qo'shimchalar qo'shilishi bilan urg'u ham shunga mos holda ko'chadi. Masalan: g'alla -g'allakor, paxta-paxtakor.
Ko'pgina so'zlarda urg'u oxirgi bo'g'inda bo'lgani uchun o'zbek tilining so'z urg'usi bog'liq urg'u sanaladi.
Shuningdek, urg'usi birinchi yoki o'rtadagi bo'g'inga tushadigan so'zlar ham o'zbek tilida anchagina bor. Bunday so'zlar tubandagi turkumlarda kuzatiladi:
1)ravishlarda: yangi, hozir, doim, hamisha;
2)olmoshlarga: hamma, barcha, nimadir, biroq, bir narsa;
3)modal so'zlarda; albatta, ehtimol, aftidan;
4)ayrim yordamchi so'zlarda; ammo, lekin, hatto, balki.
O'zbek tilida urg'u olmaydigan unsurlar ham bor. Bunda: -ku, -u, -yu, mi, chi kabi yuklamalarni ko'rsatish mumkin; sen-ku, bordim-ku, aytsam-chi,siz-chi,bor-mi.
Bulardan boshqa, o'zbek tilida bir qancha qo'shimchalar urg'u olmaydi; Masalan: -cha, day, (dek); va bo’lishsizlik qo'shimchalari -ma; kesimlik qo'shimchasidir, man, san, miz, siz. kabilar. Misollar: Shamolday uchadi.yosh_qizcha;. qamishday qomati bor; ismini bilolmadim; bu Vatanning egasi bizmiz; oltin olma, olqish ol kabi.
Gap (logik) urg'u. Gap bo'laklaridan.birining boshqalariga nisbatan kuchli ohang bilan aytilishi logik (gap) urg'usi deyiladi. Misollar:
1. Bugun majlis bo'ladi (ertaga eraas, balki bugun) 2. Bugun majlis bo'ladi (faqat majlis bo'ladi), 3. Bugun majlis bo'ladi (bo'lmaydi emas, bo'ladi) gap so'zlaraing turli bo'g'inlariga tushishi mumkin bo'lgan urg'u erkin urg'u deyiladi. Masalan, gazeta, respublika, vistavka, lampa, ruchka, auditoriya, konstitutsiya va boshqalar.
Inson nutqi turlicha hajmdagi fonetik birliklarni o’z ichiga oladi. Bular: fraza (jumla), takt, fonetik so’z, bo’g’in, tovush.
Fraza yoki jumla nutq oqimida kattaroq pauza bilan ajratib aytiladigan nutq birligidir. U intonatsion va fikriy tugallikka ega bo’lgani uchun ko’pincha gapga teng keladi. Masalan, «Har narsani ko’rishga va so’rashga qiziqish yosh bolalarning eng yaxshi hosiyatidir. Bu esa
ularning ilmga bo’lgan havaslari negizidir». Bu nutqiy parchada ikkita fraza (jumla) bor. Takt frazaning ikki qisqa pauza orasida keluvchi va bir bosh urg’u bilan aytiluvchi bo’lagidir. Masalan, Har ishning o’ziga xos odobi bo’lgani kabi, so’zlashning ham o’lchovi va odobi bordir. («Oz-oz o’rganib dono bo’lur»).
Bu fraza 6 ta taktdan iborat bo’lib, birinchi va ikkinchi taktlar ikki fonetik so’zdan, uchinchi, to’rtinchi va beshinchi taktlar bir fonetik so’zdan, oltinchi takt esa ikki fonetik so’zdan tashkil topgan.
Ba’zan fraza bir taktga teng bo’ladi: Behavo. Bog’larning ortidan shovullab soy o’tadi. Fonetik so’z o’z urg’uga ega bo’lgan so’z yoki birurg’uga birlashadigan ikki va undan ortiq so’z shakllaridir. Takt tarkibidagi fonetik so’zlar soni undagi so’zlarning umumiy miqdori
bilan emas, urg’uli so’zlar miqdori bilan belgilanadi, ya’ni takt ichida urg’uli so’zlar qancha bo’lsa, fonetik so’z ham shuncha bo’ladi. masalan, Oliy qalb egasi bo’lmagan odam dunyo
rohatini ham, mashaqqatini ham ko’tara olmaydi. (Oz-oz o’rganib dono bo’lur). Bu jumlada to’rtta takt bo’lib, 1-taktda 4 ta fonetik so’z, 2-taktda 2 ta fonetik so’z, 3- va 4-taktda bittadan fonetik so’z qatnashgan.
Mustaqil urg’uga ega bo’lmagan yordamchi so’zlar o’zlari aloqador bo’lgan mustaqil so’z bilan birga bir urg’uga ega bo’ladi va bir fonetik so’zni tashkil etadi.
Bo’g’in. O’pkadan chiqib kelayotgan havo oqimiga berilgan bir zarb bilan aytiladigan tovushlar yoki ayrim bir tovush bo’g’in deyiladi. Unli tovush bo’g’in hosil qiluvchi tovush hisoblanadi. SHunga ko’ra so’zda nechta unli tovush qatnashsa, u shuncha bo’g’inga
ajratiladi. Masalan, um umum umi ii id dd d so’zida ikki bo’g’in bor u – mid. Bo’g’inlar bir tovushli, ikki tovushli va ko’p tovushli bo’lishi mumkin. Masalan: o-na, o-ta, a-ka, u-ka so’zlarining birinchi bo’g’ini bir tovushdan, ikkinchi bo’g’ini ikki tovushdan, o-dam, o-rom, o’-tir, o-tash so’zlarining ikkinchi bo’g’ini uch tovushdan, ar-tist, fun-da-ment so’zlarining oxirgi bo’g’ini to’rt tovushdan, a-git-punkt, a-lebastr so’zlarining oxirgi bo’g’ini besh tovushdan iborat. Bir tovushli bo’g’inlar unli tovushdangina iborat bo’lsa, ikki tovushli va ko’p tovushli bo’g’inlar unli va undosh
tovushlardan tuziladi.
Bo’g’in ikki xil bo’ladi:
1) ochiq bo’g’in – bir tovushli yoki oxiri unli tovush bilan
tugagan bo’g’in: o-i-la, da-la, a-ra-va, Ka-ri-ma;
2) yopiq bo’g’in – undosh tovush bilan tugagan bo’g’in: mak-tab, dav-lat, zar-gar, dush-man, in-son, in-sof.
So’zlarning bo’g’inlarga to’g’ri ajrata bilishning muhim ahamiyati bor:
1) yozuvda so’zning bir qatorga sig’may qolgan qismi keyingi qatorga bo’g’in asosida ko’chiriladi;
2) barmoq vaznida yoziladigan she’r misralari bo’g’in sonining teng bo’lishiga asoslanadi;
3) birinchi sinf o’quvchilarini savodga o’rgatish vaqtida ham asosiy diqqit so’zlarni bo’g’inlab o’qishga va yozishga qaratiladi.
Urg’u Urg’u. .. . So’z tarkibidagi bo’g’inlardan birining (yoki gaptarkibidagi so’zlardan birining)
boshqalariga nisbatan kuchliroq aytilishiga urg’u deyiladi.
Urg’u, odatda bo’g’indagi unli tovushga tushadi va so’zdagi urg’u olgan bo’g’in urg’uli bo’g’in, urg’u olmagan bo’g’inlar esa urg’usiz bo’g’in deyiladi. Masalan: Haqiqatdan ko’ra xatoni topish oson. Xato ko’rinib turadi, uni darrov payqaysan, haqiqat esa pinhona bo’ladi va uni har kim ham topavermaydi. (I.Gyote).
Urg’u so’z tarkibidagi biror bo’g’inga yoki gap tarkibidagi biror so’zga tushishiga qarab ikki turga ajratiladi:
1) so’z urg’usi (yoki leksik urg’u),
2) gap urg’usi (yoki logik urg’u).
So’z urg’usi, yoki leksik urg’u so’z bo’g’inlaridanbiriga tushadigan urg’udir. U ikki xil bo’ladi:
1) bog’liq urg’u;
2) erkin urg’u.
Bog’liq urg’u so’zining biror bo’g’ini bilan bog’liq ravishda tushadigan urg’udir.
O’zbek tili urg’usi bog’liq urg’u sanaladi, chunki u odatda cho’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi; so’zga qo’shimchalar qo’shilishi bilan urg’u ham o’zgarib so’zning oxirgi bo’g’iniga ko’chib boradi. Masalan, paxta-paxtakor-paxtakorlar-paxtakorlarga.
Bundan tashqari, o’zbek tilida urg’usi birinchi bo’g’iniga, o’rtadagi bo’g’inga tushadigan so’zlar ham bor. Masalan, hamma, doim, hozir, ammo, lekin, garchi, hamisha, afsuski.
O’zbek tilida urg’u olmaydigan elementlar ham bor. Bular:
1) bo’lishsizlikni ifodalovchi – ma qo’shimchasi;
2) o’xshatish ma’nosini ifodalaydigan – day (-dek), -cha
qo’shimchalari; 3) –dir, -man, -san, -miz, -siz kesimlik qo’shimchalari; 4) –u(-yu), -da, -mi, -ku, -a (-ya) kabi affiks yuklamalar.
Erkin urg’u so’zning turli bo’g’inlariga tushishi mumkin bo’lgan urg’udir. Bu asosan, ruscha-internatsional so’zlarga xos. Masalan, sintaksis, assimilyatsiya, mashina, telefon, trolleybus.
Logik urg’u, yoki gap urg’usi gapdagi so’zlardan biriga tushadigan urg’udir. Bu urg’u odatda gapda ma’nosi ta’kidlanadigan bo’lakka tushadi. Masalan, fanni taraqqiy ettirmagan mamlakat, shubhasiz, mustamlakalikka aylanadi. (F. Jolio-Kyuri).
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, har qanday tildagi fonetik hodisalar, xususan, urg‘u ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan, u tillarda muayyan funksiyalarni bajaradi. Dunyoning barcha tillari ham so‘z urg’usiga ega emas. Faqatgina muayyan tillargina leksik urg‘uga egadir. Tilshunoslar urg‘u konseptiga turli tomondan yondashgan bo‘ lsalarda ularning qarashlari va olib borishgan tadqiqot natijalari urg‘ uni to‘liqroq tushunib olishga yordam beradi. Leksik urg‘u supersegment birlik sifatida o‘zbek tilida o‘ziga xos ahamiyatga va turlicha artikulyatsion va akustik xususiyatlarga ega bo‘lgan fonetik hodisa bo‘ lib, uni hosil qilishda tovushning asosiy toni, zarb, tovushning yuqori chastotasi, cho‘ziqlik (davomiylik) kabi omillar ishtirok etadi. Shu ma’noda bizning tayyorlagan kurs ishimiz urg’u haqida ma’lumot olmoqchi bo’lgan o’quvchi, talaba yoshlarga yordam bersa, demak biz ko’zlagan maqsadimizga erishgan bo’lamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. A.G’ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o’zbek tili. Sintaksis.
Toshkent. O’qituvchi nashriyoti. 1987 yil.
2. Jamolxonov H.A. Hozirgi o`zbek adabiy tili. - T.: “Talqin” nashriyoti. 2005, 59-bet.
3. U.Tursunov, N.Muxtorov, Sh.Rahmatullaev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 1992 yil.
4. . O’zbek tilining imlo lug’ati. Toshkent. O’qituvchi. 1995 yil.
5. Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. I qism. II qism. Toshkent. «O’qituvchi» nashriyoti. 1980 yil.
6. www.ziyonet.uz
7. www.arxiv .uz
8. www.kitob.uz
9. www.book.uz
Dostları ilə paylaş: |