I bob. Urg’u haqida umumiy tushuncha Urg’uning ma’nosi


II BOB. So‘z urg‘usi va uning fonetik va fonologik jihatlari



Yüklə 45,7 Kb.
səhifə2/5
tarix09.06.2022
ölçüsü45,7 Kb.
#61061
1   2   3   4   5
I bob. Urg’u haqida umumiy tushuncha Urg’uning ma’nosi

II BOB. So‘z urg‘usi va uning fonetik va fonologik jihatlari
2.1 O‘zbek so‘z urg‘u tillari tusiga berilgan nazariy ta’rif va qarashlar
Bo‘g‘in va urg‘u birgalikda so‘zlarni tashkil etuvchi struktural tizim hisoblanadi. Urg‘u so‘zning fonetik qobig‘ini bir butun (kompleks holatda) ushlab turuvchi markaz, nutq oqimida esa so‘zni boshqa so‘zdan ajratib olishga yordam beruvchi vositadir. Yozma nutqdan farqli ravishda og‘zaki nutq oqimi o‘ziga xos bo‘linuvchanlik xususiyatiga ega bo‘ lgan tovushlar ketma-ketligidan iborat bo‘lib,
bunday bo‘linish xususiyatiga ega bo‘ lgan tovushlar qatori segment birliklar qatori deyiladi.
Lekin og‘zaki nutqimiz faqatgina segment birliklardan tashkil
topmaydi. Bulardan tashqari ketma-ket joylashgan va bo‘linuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan tovushlar qatori ustiga qo‘yilgan supersegment birliklarga ham ega birliklarga urg‘u, to‘xtam va boshqa nutqqa emotsional bo‘yog‘i (darak, so‘roq, birgalikda nutq ohangini tashkil etadi. Og’zaki nutq segment va supersegment
o‘zaro munosabati orqali ifodalanadi. Ular orasida urg‘u birliklarning eng muhim ahamiyatga ega supersegment birlikdir. Nutq jarayonida urg‘u olgan va olmagan bo‘g‘inlar almashinib nutq ritmini hosil qiladi.
Nutq jarayonida to‘g‘ri hosil qilingan gaplar odatda bir necha o‘ rinda supersegment birliklarni to‘g‘ri qo’llashni taqozo etadi. So‘z urg‘usini ko’p bo‘g‘inli so‘zning mavjud normalarga mos bo‘lgan bo‘g‘inida qo‘llash va gap urg‘usidan xatosiz foydalanish tildagi nutqiy ravonlikni belgilab beradi.
So‘zlarni urg‘u va tovushning asosiy toni orqali ba’zi unli va undosh tovushlar nato‘g‘ ri talaffuz qilinganda ham anglab olish mumkin. Ammo, aytilgan so‘zda barcha unli va undosh tovushlar mos talaffuzga ega bo‘lib, urg‘uni qo‘llashda xatoga yo‘ l qo‘yilsa, nutqqa jiddiy putur yetadi.
Ko‘pgina tadqiqotchilarning fikricha, urg‘u bo‘gindagi unliga bog‘liq hodisa bo‘lib, leksik urg‘u bo‘g‘indagi unliga tushadi. Urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘ inlarni ajratishda unli tovush dominant xarakterga egadir.
Shunga qaramay, barcha olimlar ham bu fikrni to‘ liq ma’qulla gan emas. Ba’zi adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, urg‘u aynan bo‘g‘indagi unlini emas, balki butun bir bo‘g‘inni qolganlardan ajratib turishiga ko‘ maklashadi.
Aynan shuning uchun ham urg‘u segment birlik sifatida qabul qilingan fonemadan ajralib turadi.
K.Kreidlerning ta’kidlashicha, unlilar tilda o‘ z ahamiyatiga ega tovushlardir.
Unlining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning urg‘u va tovushning asosiy tonini o‘zi bilan birga olib yurishidir, albatta, so‘z tarkibida,
bo‘g‘ inda.
Yana bir ingliz tilshunosi Peter Rovch urg‘uli bo‘g‘inni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’riflash emas balki urg‘uli bo‘ gin xususiyatlarini aniqlashga ikki yoqlama yondashish prinsipini taklif qildi:
1) so‘zlovchining urg‘uli bo‘g‘inni hosil qilishda nima qilganini e’tiborga olish;
2) tovushning qanday xususiyatlari sababli bo‘g‘in tinglovchiga urg‘uli bo‘lib tuyulishini inobatga olish. Boshqacha qilib aytganda, urg‘uni hosil qilish va qabul qilish nuqtai nazaridan o‘rganishimiz mumkin; garchi har ikkala holat ham bir -biri bilan o‘zaro bo‘g‘liq bo‘ lsa-da ularni aynan bitta narsa deb bo’lmaydi. Urg‘ uning hosil bo‘lishi asosan so‘zlovchining urg‘u olgan bo‘g‘inni urg‘ usiz bo‘g‘inga nisbatan ko‘proq mushaklar kuchi bilan aytilishiga bog‘liqdir. Odatda biz urg‘uli bo‘g‘inni hosil qilganimizda biz o‘pkadan chiqayotgan havoni yuqori bosim bilan chiqaramiz. Bunday faollik deyarli barcha nutq a’zolarida kuzatiladi. Leksik urg‘uni qanday hosil bo‘lishini aniqlash maqsadida o‘tkaz ilgan qator tajribalar shuni ko‘rsatdiki, urg‘uli bo‘g‘ inni anglash uchun tovushning asosan unli tovushning turli xususiyatlari muhim ahamiyatga ega. Sababi bo‘g‘inlarning xosil
bo‘lis hi unli tovushlar bilan chambarchas bog‘liqdir. So‘z urg‘usi bu so‘ zdagi ma’lum bir unlining (yoki bo‘g‘inning) cho‘ziqroq, ajratib ta’kidlab aytilishidir.Payqab olish nuqtai nazaridan barcha urg‘uli bo‘g‘ inlarning umumiybelgisi bu qolgan urg‘ usiz bo‘g‘inlardan yaqqol ajralib turishidir. Mana shu yaqqollik uchun esa kamida to‘rtta omil muhimdir.
1) Ko‘pgina odamlar urg‘uni qolgan bo‘g‘ inlarga nisbatan balandroq aytilgan bo‘g‘inda his etadilar. Lekin faqatgina bo‘g‘ inni balandroq aytish bilan uning yaqqolligini muayyan belgilab bo’lmaydi.
2) Bo‘g‘inlar uzunligi ham ajralib turish uchun ahamiyatlidir. Masalan ,ma’nosiz so‘zning tarkibidagi 1 bo‘g‘in urg‘uli bo‘lsa, u qolganlariga qaraganda uzunroq / ta:ta:ta:ta:/ talaffuz qilinadi.
3) Har bir bo‘g‘in past yoki yuqori ohang darajasiga egadir; nutqda tovushning toni un paychalarining titrashi bilan bog‘liq bo‘lib, musiqa tili bilan aytganda yuqori va quyi notalar demakdir. Demak yuqori tonga ega bo‘lgan bo‘g‘inlar urg‘uli, qolgan quyi tondagi bo‘g‘inlar esa urg‘usiz sifatida qabul qilinadi.
4) Bo‘g‘inning urg‘u olishiga ta’sir ko’rsatuvchi keyingi omil bu uning tarkibidagi qo‘shni bo‘g‘inlardagi unlilardan farqliroq unliga bog‘liqdir. Agar biz o‘sha ma’nosiz so‘zdagi 1ta unlini o‘zgartirsak /ta:ti:ta:ta:/ aynan o‘sha bo‘g‘in urg‘u olgandek eshitiladi. Bunday ta’sir yuqoridagilarga nisbatan kuchli yoki muhim bo’lmasada unlilarning kuchli yoki kuchsiz ekaniga aniqlik kiritishdafoydalidir.
Yaqqollik, demak, to‘rt muhim omil tovushning balandligi, uzunligi, tovushning yuqori toni va xususiyatlari (tipik ottenkasi) doirasida vujudga keladi.
Umuman olganda har to‘rttala omil ham bir paytda amalga oshsada ba’zan ulardan faqat bir yoki ikkitasi faol bo‘lishi ham mumkin.
Professor Abduazizov urg‘uning fonetik komponentlarini quyidagicha tasniflaydi:
a) Nutq organlarining harakatiga ko‘ra. Ya’ni urg‘ u bo‘g‘iz faoliyati va nafas olish sezilarli darajada kuchaytirilishi va un paychalari titrashining yuqori chastotali artikulyatsiyasi davomiyligi bilan xarakterlanadi.
b) Akustika nuqtai nazaridan urg‘u olgan bo‘g‘ in boshqa urg‘u olmagan bo’g’inlarga qaraganda yuqoriroq intensivlikka va yuqori tovush toni, davomiylikka ega bo‘ladi.
c) Anglash doirasida esa urg‘u olgan bo‘g‘in urg‘ulantirilmagan bo‘g‘inlarga qaraganda balandligi davomiyligi va tovushning yuqori toni bilan belgilanadi. So‘z urg‘usidan foydalanish bu faqatgina tovushning da vomiyligi va tonning yuqori yoki quyi darajasi orqali ularni bo‘g‘inlarga ajratish uchun emas , fonetika nuqtai nazaridan til sturukturasida prosodik bog‘liqlik asosida so‘ zni shakllantirish demakdir.
Ta’kidlab o‘tilganidek, urg‘u so‘zning hosil qiluvchi xususiyatlaridan biridir.
Har qanday so‘z bir bo‘ g‘inli, ikki bo‘g‘inli yoki ko‘p bo‘g‘inli bo‘lishidan qat’iy nazar u albatta o‘zining urg‘usiga ega bo‘ ladi.
Urg‘uning hosil qilish funksiyasi so‘zlarni fonetik jihatdan shakllantiradi, ya’ni hajm, zarb va tovushning asosiy toni yordamida urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘ inlarni artikulyatsion vositalar yordamida tovush ketma ketligida birlashtiradi. So‘zning aksentual-ritmik strukturasi bo‘g‘instrukturasi, fonemelarning bog‘lanishi asosida hosil bo‘ladigan so‘zning fonemik strukturasi va fonetik strukturasining tarkibiy elementi hisoblanadi. So‘z fonetik strukturasining bu uch komponenti aksentual ritmik struktura doirasida birlashadi, natijada semantik va lingvistik birlik sifatida qo‘llash mumkin bo‘lgan so‘z hosil bo‘ladi.
D.B.Frayning ta’kidlashicha, urg‘uning farqlari tinglovchi tomonidan
murakkab to‘rtta o‘zaro bog’langan fiziologik o‘ lchovlar bilan idrok etiladi; cho‘ziqlik, balandlik, ingichka-yug‘onlik va yuqori tonda ekanligi.
Jismoniy va aqliy omillar o‘zaro bog‘ liqdir: davomiylik, zarb, asosiy chastota va va nutq tovush to‘lqinlarining shakllant iruvchi strukturasi. Ingliz urg‘ usini idrok etishdan kelib chiqsak, bir necha omillar bunga ta’sir ko‘rsatadi:
1) bo‘g‘inning cho‘ziqligi,
2) bo‘g‘inlarning balandligi
3) bo‘g‘ inlardagi unlida mavjud zarb
4) bo‘g‘inlarda asosiy tovush tonining mavjudligi
5) kinasetik xotiralar o‘zi yaratayotgan bo‘g‘inni qabul qilish bilan bog‘liqdir. Turli asboblar orqali o‘tkazilgan tekshiruvlar shuni isbotladiki, urg‘u olgan bo‘g‘indagi unli yuqori chastotaga, zarbga, yug‘onlikka va urg‘usiz so‘zlardagi unliga qaraganda ko‘proq davomiylikka ega bo‘ ladi.
O‘zbek tilidagi urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘inlarni farqlashda uchta xus usiyat muhim ahamiyatga egadir.
Birinchidan urg‘uli bo‘g‘in qolgan bo‘g‘inlarga qaraganda cho‘ziq o‘qiladi, ikkinchidan urg‘uli bo‘g‘in urg‘usiz bo‘g‘indan ko‘ ra aniqroq talaffuz qilinadi, uchinchidan urg‘uli bo‘g‘in boshqa bir urg‘usiz bo‘g‘indan ko‘ra balanroq ovozda aytiladi. Masalan dala, paxta, ona so‘zlarining oxirgi ikkinchi bo‘g‘inlari birinchi bo‘g‘inga qaraganda cho‘ziq,aniq va baland ovozda aytiladi.So‘z urg‘ usi gap urg‘usi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqdir. Negaki, so‘z urg‘usi va gap urg‘usining chegaralash vazifasi doirasida har ikkovi ham nazariy va amaliy nuqtai nazardan muhim hisoblanadi. Gap urg‘usi odatda so‘zdagi eng kerakli bo‘g‘inga so‘z urg‘usi belgilagan bo‘g‘inga tushadi. Shuning uchun ot,aniqlashtiruvchi so‘zlarning aksentual strukturasi so‘z birikmasidagi urg‘ uning tartibidir. Bir vaqtning o‘zida so‘z birikmasining urg‘ u qolipi semantik va sintaktik omillar orqali shakllantiriladi. So‘ z birikmasi tarkibidagi doim urg‘ uli bo‘ladigan so‘zlar atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlardir. Ular so‘z birikmasidagi asosiy tushunchani ifodalaydi, shunday ekan, gapdagi muayyan semantik ahamiyatga ega har qanday so‘z gap urg‘ usini olishi mumkin.
Shuni inobatga olish lozimki, so‘z urg‘usi va gap urg‘usini aynan bir xil
jarayon deb tasvirlab ham bo‘lmaydi. So‘z urg‘usi so‘zdagi bir yoki undan ortiq bo‘g‘inlarni ajratib ko‘rsatsa, gap urg‘usi gapdagi bir yoki undan ortiq so‘zlar yoki iborani ta’kidlab keladi. Shuning uchun ham gap urg‘usi intonatsiyaning muhim komponenti hisoblanadi. Urg‘uning bu ikki turi turli darajadagi tadqiqotlarda ularning omillari, vazifalari va komponentlari turlicha bo‘lganligi sababli ba’zan aralash holda qo‘llaniladi.

Yüklə 45,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin