2.1.Yuristlar va yuridik soxaga tegishli O’zbekiston Respublikasining Vazirlar mahkamasining qarorlari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son hamda “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son farmonlari ijrosi yuzasidan, shuningdek, xalqaro standartlarni hisobga olgan holda adliya organlari va muassasalari xodimlari, advokatlar, notariuslar, yuriskonsultlar, patent vakillari, mediatorlar hamda boshqa soha mutaxassislarini (keyingi o‘rinlarda — yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislar) qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini joriy etish hamda Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) yuridik shaxs tashkil etmagan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda hududiy filiallarini (keyingi o‘rinlarda — filiallar) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining ustuvor vazifalari etib belgilansin:
kasbiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda kadrlar buyurtmachilari va xodimlariga malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash imkoniyatini yaratish;
an’anaviy malaka oshirish bilan bir qatorda kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan shakllarini, shuningdek, kadrlar malakasini oshirishning belgilangan davriyligiga rioya qilingan holda ta’lim dasturlarini, bilim va ko‘nikmalarni doimiy takomillashtirishdan iborat kredit-modul mexanizmini joriy qilish;
kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi faoliyatini tashkil qilish, har bir xodimning individual trayektoriyalari bo‘yicha malaka oshirish jarayonlarini monitoring qiluvchi yagona ma’lumotlar bazasi — elektron platformani yaratish va amaliyotga joriy etish;
ta’lim jarayonini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish darajasini oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida masofaviy ta’limni yanada takomillashtirish va mustaqil ta’lim olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning mehnat bozorida huquqiy bilimlarini oshirish talab qilinadigan o‘zga soha mutaxassislari malakasini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish;
adliya organlari va muassasalaridagi rahbarlik lavozimlariga zaxiraga olingan kadrlar malakasini oshirishning modullashtirilgan ta’lim dasturlari asosida maxsus kurslardan o‘tish amaliyotini joriy etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish, shu jumladan, qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish, qayta tayyorlash va malaka oshirish shakllari, kredit-modul tizimi va masofaviy ta’lim bo‘yicha malaka oshirishni tashkil etish, shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son — 2021-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
4. Belgilansinki:
filiallar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari (keyingi o‘rinlarda — yuridik texnikumlar) binolarida joylashtiriladi;
filiallar tuzilmasi va ularning nizomi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
yuridik texnikumlar filiallar faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish, o‘quv-metodik jarayonni tashkil qilishda axborot-resurslari orqali ko‘maklashish uchun mas’ul hisoblanadi;
o‘qitish davomiyligi qayta tayyorlash kurslarida to‘rt oy (576 soat)ni, malaka oshirish kurslarida esa ikki hafta (72 soat)ni tashkil etadi;
Markazda yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan kasbiy malaka talablari Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
Markaz va uning filiallarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun jalb qilinadigan mutaxassislar mehnatiga Markazni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan soatbay haq to‘lash tartibi asosida haq to‘lanadi, bunda Markazga belgilangan miqdorni 200 foizgacha oshirish huquqi beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markazga Markazni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining hamda shartnoma asosida ishlarni bajarish va xizmat ko‘rsatishdan tushadigan boshqa mablag‘larning (ularni amalga oshirish uchun xarajatlarini chegirib tashlagan holda) 80 foizgacha qismini Markaz va uning hududiy filiallari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga yo‘naltirish huquqi beriladi.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
filiallar faoliyatini tashkil qilishni moliyalashtirish, moddiy-texnik jihatdan ta’minlash hamda xodimlari mehnatiga haq to‘lash Markazni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
a) ikki oy muddatda:
Markazning professor-o‘qituvchilari va boshqa xodimlarini belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazish orqali yuqori malakali, ta’lim berishning zamonaviy shakl va uslublarini, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini puxta egallagan, ilmiy salohiyat va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan, halol, tartib-intizomli pedagog kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
Bunda pedagog xodimlar tarkibining Markazda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qishi belgilangan, soha yo‘nalishlarida yuqori amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchi xodimlar tarkibidan tanlov asosida shakllantirilishiga alohida e’tibor qaratilsin;
b) uch oy muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Advokatlar palatasi, Notarial palata hamda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda:
kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi faoliyatini tashkil qilish va har bir xodimning malaka oshirish jarayonlarini monitoring qiluvchi yagona ma’lumotlar bazasi — elektron platformani ishlab chiqsin;
yuridik texnikumlarda filiallar ochilishini va zamon talablari asosida ta’mirlanishi hamda eng zamonaviy o‘quv-texnika vositalari bilan jihozlanishini, xususan videokonferensaloqa tizimi bilan jihozlangan lokal va hududiy auditoriyalar tarmog‘i yaratilishini ta’minlasin;
Markazda malaka oshirish kursi bitiruvchilariga elektron sertifikatlar berish amaliyotini joriy etish maqsadida noyob identifikatsiya raqami va QR-kod hamda himoya elementlarini nazarda tutuvchi “Elektron sertifikatlar repozitoriysi" tizimi va dasturiy ta’minotini yaratish choralarini ko‘rsin.
Bu borada belgilangan tadbirlar Markazning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
6. Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari zaruratga qarab, o‘z kadrlarining huquqiy bilimlarini oshirish uchun doimiy ravishda tegishli mutaxassislarini Markazga yo‘naltirib borsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida (keyingi o‘rinlarda — Markaz), uning hududiy filiallarida hamda buyurtmachi tashkilotlarda adliya organlari va muassasalari xodimlari, advokatlar, notariuslar, yuriskonsultlar, patent vakillari, mediatorlar hamda boshqa soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
qayta tayyorlash — davlat va jamiyat qurilishi sohasini yanada demokratlashtirish jarayonlari, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi sohasida xalqaro standartlar va talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish orqali yangi kasbiy faoliyatga yo‘naltirishga qaratilgan o‘qitish shakli;
malaka oshirish — tegishli o‘quv dasturlari talablaridan kelib chiqqan holda, yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarning malaka va ko‘nikmalarini muntazam ravishda yangilab borish orqali ularning kasbiy mahorati oshirilishini ta’minlashga qaratilgan o‘qitish shakli;
o‘quv dasturi — o‘quv kursining ta’lim mazmunini, uning tinglovchilar tomonidan o‘zlashtirilishining maqsadga muvofiq usullarini tashkil etishni nazarda tutadigan, axborot manbai bo‘lgan, mutaxassisliklarning kasbiy malaka talablari, o‘quv kursining asosiy mazmuni va metodik tuzilishini aniqlab beruvchi asosiy hujjat;
o‘quv rejasi — bloklar va o‘quv fanlarining nomlarini, ularni o‘zlashtirish uchun ajratilgan soatlar hajmini hamda tinglovchilarning bilimlarini nazorat qilish shakllarini belgilab beruvchi asosiy hujjat;
kasbiy malaka talablari — tinglovchilarning umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar majmui;
pedagog maslahatchi — ta’lim jarayonida tegishli o‘quv kursi (moduli) bo‘yicha tinglovchilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va yo‘naltiruvchi, metodik yordam ko‘rsatuvchi, o‘qish va bilish nazoratini amalga oshiruvchi subyekt;
buyurtmachi tashkilot — Markazda kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish istagini bildirgan tashkilot.
3. Markazda tashkil etiladigan o‘quv kurslari (qisqa muddatli kurslar bundan mustasno) buyurtmachi tashkilotlar bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan va Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
4. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish tinglovchining asosiy ish joyidan ajralgan yoki ajralmagan holda amalga oshiriladi.
Markazda tashkil etiladigan kurslarda auditoriya o‘quv yuklamasining eng ko‘p hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
5. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv jarayoni, qoidaga ko‘ra, 25 nafardan ortiq bo‘lmagan tinglovchilardan iborat akademik guruhlarda tashkil qilinadi.
Bunda auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari 80 daqiqa davom etadi, o‘quv mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
Kredit-modul tizimi bo‘yicha malaka oshirish mutaxassis kadrlar malakasini oshirishning belgilangan davriyligiga rioya qilingan holda o‘quv dasturi modullarini uzluksiz, mustaqil ravishda o‘zlashtirib borishni nazarda tutadi.
Markaz direktori o‘quv dasturining har bir moduli bo‘yicha modul rahbarini, ya’ni alohida modulni o‘qitishning sifati, o‘quv materialini shakllantirish, shuningdek, barcha turdagi nazorat savollarini tuzish, tinglovchilar bilimini tekshirishda yagona standartlarni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan pedagog xodimni belgilaydi. Modullar bo‘yicha tinglovchilar bilimini yil davomida baholab borish nazorat jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Modulning o‘quv dasturi mazmunini o‘zlashtirish kreditni — tinglovchilarning o‘quv yuklama hajmini aniqlashning shartli birligini qo‘llagan holda belgilanadi. Kredit tinglovchi tomonidan tegishli o‘quv ishlarini (modul xususiyati va mutaxassislarning malaka va ko‘nikmalarini muntazam ravishda yangilab borish uchun o‘quv ishlarining muhimligidan kelib chiqib Markaz tomonidan belgilanadigan) bajarishga ketadigan vaqtdan (soatlardan) tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kredit hisobiga ega bo‘ladi.
O‘quv kurslari bo‘yicha bir kredit tarkibi va o‘qish davrini tamomlash uchun tinglovchi tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlarning umumiy soni hamda mazkur shakl bo‘yicha malaka oshirishning tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
24. Kredit-modul tizimi bo‘yicha malaka oshirishda tegishli kredit ballarni yig‘ish uchun quyidagilar ham hisobga olinadi:
joriy davrda ilmiy maqolalar chop etish, monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanma nashr ettirish;
malaka oshirishning belgilangan davriyligi davomida falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga ega bo‘lish.
Xodim mos ravishda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lganda, malaka oshirish uchun belgilangan umumiy kredit ballni to‘plashdan ozod qilinib, to‘g‘ridan to‘g‘ri yakuniy sinov imtihonini topshirishga ruxsat beriladi, fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lganda esa, xodim besh yil muddatga malaka oshirish kurslarini o‘tishdan ozod qilinadi.
Kredit-modul tizimi bo‘yicha malaka oshirish uchun jalb qilingan xodim so‘nggi uch yildagi ma’lumotlar elektron portfolio tizimiga shaxsan o‘zi tomonidan kiritiladi va ko‘rsatkichlar elektron monitoring tizimi orqali qayd etib boriladi.
25. Masofaviy ta’lim tegishli soha mutaxassislarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va masofadan o‘qitishni amalga oshirishga mo‘ljallangan maxsus ta’lim dasturlari orqali onlayn hamda oflayn tarzda amalga oshiriladi.
26. Malaka oshirish kurslari o‘quv dasturiga muvofiq belgilangan mavzular (modullar) bo‘yicha yakuniy suhbat imtihonini topshirish bilan yakunlanadi.
27. Malaka oshirish kursi bo‘yicha yakuniy suhbat imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga ushbu Nizomga 2-ilovada belgilangan namunadagi sertifikat beriladi. Malaka oshirish sertifikati elektron shaklda ham rasmiylashtirilishi mumkin.
Sinov imtihonini topshirmagan (suhbatdan o‘tmagan) tinglovchiga sertifikat berilmaydi. Bu holda tinglovchiga malaka oshirish kursida qatnashganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.
28. Markaz davlat boshqaruvi organi, xo‘jalik birlashmasi va boshqa tashkilotlar o‘zga soha mutaxassislarining huquqiy bilimlarini va ularning kasbiy mahoratini oshirishga ko‘maklashish maqsadida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etishi mumkin.
29. Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari Markaz tomonidan mustaqil ravishda yoki buyurtmachi tashkilotlar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan o‘quv dasturlariga muvofiq ixtiyoriy tashkil etiladi.