I bob. Yurist kasbi haqida hayotiy tushunchalar


"Yuristning kasb etikasi" fanining predmeti



Yüklə 32,47 Kb.
səhifə2/7
tarix25.10.2022
ölçüsü32,47 Kb.
#66158
1   2   3   4   5   6   7
NAZAROVA MAHLIYO (2)

1.1."Yuristning kasb etikasi" fanining predmeti.
Mustaqil O’zbekistonda kechayotgan jamiyatninng yangilanish hamda davlat boshqaruvinining moderinizatsiyalashtirish mamlakatimizni jahon taraqqiyotining yuqori bosqichlari tomon yuksaltirish taqdiri ko’p jihatdan ma’naviyatga bog’liq. Ushbu hayotiy haqiqatni ifoda etar ekan, muhtaram yurtboshimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch ", “Yuksak ma’naviyat – millatning poydevori" deb ta’kidlaydi.
Ma’naviyatni jamiyatning poydevori deb baholaydi. Inson va jamiyat ma’naviyatning asosi, o’zagi esa – axloqdir. Axloq jamiyatda kishilar hayotni tartibaga soluvchi, tashkillashtiruvchi, muayyan maqsadlar atrofida birlashtiruvchi va ushbu maqsadlarga yo’naltiruvchi omillardan biridir. Biroq umumiy mavqe’ga ega bo’lgan kishilik axloqi turli konkret faoliyat sohalarida (bemor-vrach, talaba-ustoz, ishchi-rahbar, sudya-sudlanuvchi, artist va tomoshabin va h.k.) turlicha namoyon bo’ladi. Bu har bir sohaning o’ziga xos kasbiy xususiyatlari, talablari qonun va qoidalari mavjudligidan dalolat beradi. Demak, huquq-tartibot , sud-huquq tizimi sohasining ham o’ziga xos axloq qoidalari mavjudligi – bor haqiqatdir. Yuristning kasbiy faoliyati o’ta ma’suliyatli va og’ir kasb sohalaridan biridir. Buning sababi – ushbu soha vakillari o’ta ma’suliyatli ishni-inson taqdiri bilan bog’liq hatti - harakatlarga baho berish, davlat va jamiyat manfatlarining ustuvorligini ta’minlash bilan shug’illanar ekan , huquqshunoslik sohasi vakillariga yuksak ma’naviy talablar qo’yilishi ushbu sohani tanlagan vatandoshlarimizda avvalambor, yuksak ma’naviy fazilatlarni egallagan bo’lishligi davlat va hokimyat obro’yi, jamiyatni yangilash va zamonaviylashtirishga qaratilgan siyosat taqdiri bilan bog’liqdir.
Yuristning kasb etikasiga bo’lgan ehtiyoji asosan uch omil, aniqrog’i - sabab bilan bog’liq:
Birinchidan, - tanlangan dunyoviy taraqqiyot yo’limiz, huquqiy davlatni va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish. Jamiyat a’zolarining axloqiy holatiga ma’naviy madaniyati darajasiga uzviy bog’liqdir. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati faqat yuksak axloqiy fazilatlar shakllangan, qaror topgan va amal qilayotgan ijtimoiy muhitda mavjud bo’ladi.
Axloqiy tushuncha va printsiplarning, ya’ni tamoillarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati shundaki, ular kishi ma’naviy faoliyatining ichki dunyosining turli ko’rinishlarini (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, oilaviy va h.k) idora qiladi. Shu bois yuqori darajadagi axloq normalari, qoidalari va pirintsiplari kishilar ongida shakllantirilmas ekan yuqori mehnat samaradorligiga ham, kishilar faolligiga ham, huquqiy davlat va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishiga asoslangan jamiyatga erishib bo’lmaydi.

Yüklə 32,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin