TUPROQNING BIOSFERA VA INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI.
Reja:
1. Tuproqlarning biosfera va inson hayotidagi ahamiyati.
2. Insonning tuproqlarga ta'siri.
3. Tuproq eroziyasi va uning turlari.
4. Tuproqlarni sho'rlanish, botqoqlanish, ifloslanish va cho'llanishdan saqlash.
5. O"zbekiston tuproqlari va ulardan foydalanishning ekologik muammolari.
Unumdorlik xususiyatiga ega bo’lgan yer yuzasining ustki g'ovak qatlami tuproq deyiladi. Tuproqlarning tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli g'oyat beqiyosdir. Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi, moddalarning kichik biologik va katta geologik aylanma harakatida muhim rol o'ynaydi. Tuproq qattiq, suyuq, va gazsimon komponentlardan iborat bo’lib, iqlim, tog' jinslari, o"simliklar va hayvonlar, mikroorganizmlarning o'zaro murakkab ta'siri natijasida hosil bo’ladi. 1 gramm tuproqda milliondan ortiq sodda hayvonlar va tuban o" simliklar uchraydi.
Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuzilishiga ko’ra tuproqda 3 asosiy qatlam ajratiladi:
A-eng ustki gumus (chirindi)li qatlam; B-yuqori qatlamdan mineral va organik birikmalar to'planadigan qatlam. C-tuproq vujudga keladigan ona jins qatlami. Tuproqning har bir gorizonti organik va mineral birikmalar aralashmasidan iborat. Tuproq tarixiy tarkib topgan murakkab, mustaqil tabiiy jism bo’lib, o'zgaruvchan dinamik hosiladir. Yer yuzi turli qobiqlari o'rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi. Tuproq tabiiy landshaftlarning asosi hisoblanadi. Biosferada bajaradigan faoliyatiga qarab tuproqni organik hayot zanjirining eng muhim halqasi, deb yuritsa bo"ladi. Tuproqda u yoki bu mikroelementlar etishmasligi yoki optiqchaligi organizmlarning rivojlanishi va insonning sog'lig'iga bevosita ta'sir ko’rsatadi; Tuproq kasallik tarqatadigan ko’plab mikroorganizmlar uchun zarur hayot muhiti hisoblanadi. Tuproqda sil, vabo, o'lat, ichterlama, burutsellioz va boshqa kasalliklarning qo'zgatuvchilari bo'lishi mumkin. Biosferada tuproqning eng muhim roli shundaki, barcha organizmlarning qoldiqlari tuproqda parchalanadi va yana mineral birikmalarga aylanadi, Tuproq qatlamisiz yer yuzida hayotni tasavvur ham qilib bo'lmaydi.
Dehqonchilikning yuzaga kelishi bilan tuproqning kishilar hayotidagi ahamiyati keskin oshib ketgan. Inson o'zi uchun zarur bo’lgan barcha oziq mahsulotlari va ko’plab boshqa vositalarni bevosita yoki bilvosita tuproqdan oladi. Yer yuzidagi hozirgi mavjud tuproq qatlami jamiyat taraqqiyoti natijasida kuchli o'zgargan.
Insoniyat tarixi davomida 2 mlrd. dan ortiq unumdor tuproqli yerlar yaroqsiz holga keltirilgan. Har yili sayyoramizdagi qishloq xo'jaligi uchun yaroqli yerlar maydoni sho'r bosishi, emirilishi natijasida 5-7 mln.gektarga kamaymoqda. Tuproqlarga inson ta'si-rining kuchayishi sug'oriladigan dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi bilan bog"liq. Sug'oriladigan (obikor) dehqonchilik Movarounnahrda ham qariyib 5 ming yillik tarixga ega. Yer yuzida dehqonichilik maqsadlarida ishlatiladigan yerlar mavjud yerlar hududining 10 foizini tashkil qiladi va dunyo aholisi jon boshiga 0,5 ga dan to'g"ri keladi. Yer yuzi tuproq qatlamining hozirgi holati birinchi navbatda kishilik jamiyatining faoliyati bilan belgilanadi. Inson tuproqlarga ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatadi. Inson tuproqlarning hosildorligini oshirishi, yerlarning holatini yaxshilashi mumkin. Shuning bilan birga shahar qurilishi, atrof muhitning ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarning talabga javob bermasligi natijasida tuproqlar bevosita yo'q qilinishi, yaroqsiz holga kelishi, emirilishi mumkin. Hozirgi kunda tuproqlar maydonining kamayishi uning tiklanishidan minglab marta tezroq, amalga oshmoqda.
Tabiatda shamol va suv ta'sirida tuproqlarning emirilishi yoki eroziyasi kuzatiladi. Inson faoliyati natijasida tezlashgan suv va shamol eroziyasi amalga oshadi. Antropogen eroziya tuproq resurslaridan noto'g"ri foydalanishning oqibati bo'lib, uning asosiy sabablari o'rmon va to'qaylarni qirqib yuborish, yaylovlarda chorva mollarini boqish normasiga amal qilmaslik, dehqonchilik yuritishning noto'g"ri metodlaridan foydalanish va boshqalardir. Turli ma'lumotlarga ko’ra har kuni yer yuzida eroziya natijasida 3500 gektar unumdor tuproqli yerlar ishdan chiqadi. Suv eroziyasi ko’proq, tog' oldi va tog'li rayonlarda, shamol eroziyasi tekisliklarda kuzatiladi. Chang bo'ronlari natijasida bir necha soat ichida tuproqning 25 santimetrgacha bo'lgan qatlamini shamol butunlay uchirib ketganligi haqida malumotlar mavjud.
Eroziya jarayonlarining oldini olish va unga qarshi kurashish uchun ko'plab chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bularga o’simliklar qoplamini tiklash, agrotexnik tadbirlarni to’g^ri olib borish, yashil himoya qalqonlarini bunyod qilish, gidrotexnik tadbirlarni rejali o'tkazish va boshqalar kiradi. Sug'oriladigan dehqonchilik rayonlarida tuproqlarning sho'rlanishi asosiy ekologik muammolardan hisoblanadi. Tuproqlarning sho'rlanishi sug'orishni noto'g'ri olib borganda yer osti suvlari sathining ko’tarilishi natijasida ro'y beradi. Birlamchi va ikkilamchi sho'rlanish kuzatiladi. Ikkilamchi sho'rlanishda suv kappilyarlar orqali ko’tarilib tuzi tuproqda qoladi yoki ortiqcha sug'orish natijasida yer osti suvlari erigan tuzlar bilan sho'rlanadi. Ikkilamchi sho'rlanish ko’proq zarar etkazadi. Tuproqlarning sho'rlanishi Osiyo, Amerika va Afrikaning ko’pchilik mamlakatlarida kuzatiladi. Sho'rlanishning oldini olish uchun zovurlar o'tkaziladi, yerlarning sho'ri yuviladi. Tuproqlarning botqoqlanishi asosan namlik ko’p joylarda kuzatiladi. Suv omborlari atrofida ham botqoqlangan uchastkalar vujudga keladi. Botqoqlarni quritish uchun maxsus melioratsiya tadbirlari o'tkaziladi. Tuproqlarni ifloslanishdan saqlash muhim ahamiyatga ega. qishloq xo'jaligini kimyolashtirish tuproqlarning turli kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishini kuchaytirib yuboradi. Mineral o'g'itlar to'g"ri tanlanmasa va me'yorida ishlatilmasa tuproqning holati o'zgaradi, unumdorlik xususiyati buziladi. Ayniqsa, zararkunandalarga qarshi, begona o'tlarga va o’simlik kasalliklariga chora sifatida keng foydlaniladngan pestisidlar gerbisidlar, insektisidlar, defolliantlarni me'yoridan ortiq ishlatish tuproqga juda salbiy ta'sir ko’rsatadi. Pestitsidlar tuproqdagi foydali mikroorganizmlarni nobud qiladi va chirindining kamayishiga olib keladi. Masalan, DDT pestisidi ishlatilganidan 15 yil keyin ham tuproq tarkibida uning hali mavjudligi aniqlangan. Pestisidlar oziq zanjiri orqali o'tib, inson sog'lig'iga ham zarar etkazadi. Hozirgi kunda olimlar qisqa vaqt ta'sir etib sung parchalanib ketadigan biosidlar ustida ishlamoqdalar. Tuproqlar sanoat korxonalari, transport chiqindilari, kommunal-maishiy chiqindilar bilan ham ifloslanadi. Kimyo va metallurgiya korxonalari, tog' kon sanoati chiqindilari tuproqlarni ayniqsa kuchli ifloslaydi va ishdan chiqaradi. Tuproqda simob, qo’rg'oshin, ftor va boshqa o'ta zaharli birikmalar to'planadi. Bu o’simliklarga salbiy ta'sir ko’rsatadi, bazilari nobud boladi va insonlarda turli xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tuproqlarni maxsus tadbirlar o'tkazib tozalash qiyin. Shuning uchun tuproqlarni ifloslanishidan saqlash tadbirlari o'z vaqtida o'tkazilishi va qonuniy nazorat o'rnatilishi kerak. Qupg'oqchil yerlarda cho'lga aylanish jarayonlarinining oldini olish muhim ahamitga ega. Harakatchan qumlarning yo'lini to'sish yashil qalqonlar bunyod qilish tuproqlarni saqlab qoladi. Tuproq qatlamining turli yo'llar bilan nest-nobud qilinishi muammosi ham mavjud. Shahar va yo'l qurilishi natijasida unumdor tuproqlar nobud qilinadi. Yer osti boyliklarini qazib olishda ham ko’plab tuproqlar nobud bo’ladi. Bunday jarayonlarni oldini olishning maxsus tadbirlari mavjuddir. O’zbekiston qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida yer resurslariiing 95 foizi va suv resursarining 85 foizi ishlatiladi. Sug'oriladigan yerlar umumiy yer fondining 15 foyizini tashkil qiladi. (T zbekistonda mavjud sug'oriladigan yerlarning 50 foizdan ortig'i sho'rlangan. ayniqsa Qoraqalpog'iston respublikasi Buxoro va Sirdaryo viloyatlari tuproqlari kuchli sho'rlangan. Tuproqlarda chirindi miqdori 30-50 foizgacha kamaygan. 2 mln.gektardan ortiq yerlar eroziyaga uchragan. Bunday yerlar Farg'ona, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida keng tarqalgan. Tuproqlarning pestisidlar bilan ifloslanish darajasi yuqori. Bunday vaziyatning asosiy sabablaridan biri, uzoq vaqt davomida paxta monokulturasi hukumronligidir. Oxirgi yillarda paxta maydonlarining kamayishi, almashlab ekishning kengroq joriy qilinishi, mineral o'gitlarni ishlatilishining me'yorlashtirilishi va boshqa tadbirlar tuproqlar holatining yaxshilanishiga olib kelmoqda.
O’zbekiston juda ham boy yer resurslarga ega. Lekin shu kungacha ulardan samarali foydalanish yaxshi yo'lga qo'yilmagan. Respublikada yer va yer resurslaridan foydalanishni tartibga solish maqsadida 1990 yili (Jzbekiston Respublikasida «Yer to’g'risida» gi qonun qabul qilingan.
Hozirgi , yuksak ilmiy texnika taraqqiyoti davrida hayotning turli jabhalarida kimyo sanoati maxsulotlari keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Shuningdek qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirishda ham kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Serquyosh o’zbekistonimizning o’ziga xos iqlim sharoiti ziroatchilikning barcha jabhalarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish bilan birga, qishloq xo’jalik ekinlariga zarar yetkazuvchi har xil hasharotlar va zamburug’ kasalliklarining ko’payishiga sabab bo’ladi. og’ir mehnatlar evaziga yetishtiriladigan qishloq xo’jalik ekinlariga har xil kanalar , bakteryalar , zamburug’lar ,viruslar va boshqa bir qator zararkunandalar juda katta zarar yetkazishi aniq. O’simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish uchun ishlatilayotgan kimyoviy vositalarning aksariyati universal ta’sir kuchiga egaligi bilan ajralib turadi. O’simliklarni kasalliklar , zararkunandalar va begina o’tlardan asrash uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalarning umumiy atamasi pestitsid (lotincha pestis – zahar , sid –o’ldirmoq yo’q qilmoq degan so’zlardan olingan ) bo’lib , ular kimyoviy tarkibi , qaysi maqsadlar uchun qo’llanilishiga qarab , shuningdek zararkunandalar organizmiga o’tish usuli hamda ta’sir qilishiga qarab guruhlarga bo’linadi.
Qishloq xo’jaligida o’simlik zararkunandalariga , kasalliklarga , begona o’tlarga qarshi shuningdek , boshqa maqsadlarda foydalaniladigan zararli kimyoviy moddalar bilan ishlanar ekan , bu ta’sirchan moddalar ma’lum miqdorda tashqi muhitga tarqalib , uni ifloslantiradi. Buning oqibatida suv, havo, tuproq , oziq ovqat ekinlari , yem-xashak va boshqalarning pestitsidlar bilan ifloslanib qolish xavfi tug’uladi. Buning uchun birinchi galda zaharli kimyoviy moddalar qanday yo’l bilan tashqi muhitni ifloslantirishi mumkinligini aniqlab olish kerak. Shu nuqtai nazardan qaraganda tashqi muhit ta’siriga ancha chidamli bo’lgan pestitsidlar- DDT, GXSG, pentaxlorbenzol , polixlorpinen , polixlorkamfen va boshqalarning qanday o’zgarishlarga uchrashi mumkinligini bilish katta ahamiyat kasb etadi.
Zaharli kimyoviy moddalarning tashqi muhitda to’planib borishi odam organizmiga ham ta’sir qilishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki , sevin singari ayrim pestitsidlarning o’rtacha haroratda ham bir sferadan boshqa sferaga o’tib, odam salomatligi uchun xavf soladigan miqdorda to’plana borishi aniqlangan. Tuproqda bir- ikki yilgacha saqlanib qolish xususiyatiga ega bo’lib , bu tuproq yana boshqa obyektlarning ifloslanishiga sabab bo’ladigan rezervuar (manba ) bo’lib qolishi mumkin. Biosferaning asosiy qismlaridan biri bo’lgan tuproq insoniyat hayotida eng muhim omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Tuproq quyosh energiyasini ko’proq o’ziga singdirish qobilyatiga ega bo’lib, o’simliklar uchun hayotbaxsh manba hisoblanadi. Tuproq tarkibida turli mikroorganizmlar, gelmintlar , chirindilar va boshqa moddalar mavjud. Tuproq o’z novbatida qator gidroekologik vazifalarni ham bajaradi. Bulardan biri va asosiysi uning g’ovaklik xususiyatidir. Ma’lumotlarga qaraganda , insonning hayot faoliyati natijasida tuproq o’zining normal tabiiy holatini yo’qotib bormoqda. Chunki tuproq nihoyatda ko’p , turli kimyoviy moddalar bilan ifloslanayapti.
Insoniyat har yili yer ostidan 600 milliard tonnadan ortiq tog’ jinslarini qazib oladi. Mutaxassislarning taxminiy hisob kitoblariga ko’ra olingan xom ashyo qayta ishlanganda uning umumiy massasining 98% i chiqindiga chiqar ekan va atiga 2%i ijtimoiy talablarni qondirish uchun ishlatilar ekan. Qadim zamonlarda kishilar yer yuzasiga va yer osti boyliklariga yaxshiroq ta’sir ko’rsata olmaganlar. Sanoat ishlab chiqarishi o’sishi bilan ahvol keskin o’zgardi. Oxirgi yillarda fan texnikaning jadal rivojlanishi bilan kishilarning xo’jalik- texnik ehtiyojlari va texnika qudrati tabiiy jarayonlarga katta ta’sir etib , yer qiyofasini jiddiy o’zgartirib yubormoqda. Shuning uchun ham biosfera bilan birga kishi aqli va qudrati ila yaratilgan texnika kirib borayotgan sfera – texnosfera vujudga keldi. (G.D. Shamsiddinova ,D.A. Karimova ,, Kimyoviy ekologiya” o’quv qo’llanma Toshkent 2010-yil. 94-99-bet.)
Tuproq orqali epidemik va endemik kasalliklar tarqalishi mumkin. Bunday ifloslangan tuproqlardan zararli kimyoviy moddalar, biologik iflosliklar ochiq va yer osti suvlarini, atmosfera havosini, o‘simliklarni, qolaversa kishi organizmini zararlashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |