I-bobo'qish fanidan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish


II-BOB UMUMLASHTIRUVCHI DARSNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI MAQSADI



Yüklə 44,58 Kb.
səhifə7/10
tarix11.05.2023
ölçüsü44,58 Kb.
#111824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
umumlashtirish o`qish darslarini tashkil etish

II-BOB UMUMLASHTIRUVCHI DARSNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI MAQSADI
2.1 Umumlashtiruvchi o’qish darslarini tashkil etish orqali o’quvchilar nutqini o’stirish
Umumlashtiruvchi o’qish darsi qurilishi jihatidan boshqa darslardan farqlanadi. Bunday darslar har bir sinfda 4-5 marta o’tkaziladi.
Yangi dastur va metodik qo’llanmalarda tavsiya qilinganidek, har bir o’qish darsida o’qilgan asar haqidagi o’quvchilar tasavvuri va bilimini umumlashtirish, malakalarini mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, shuning uchun umumlashtiruvchi darsning qurilishi umumlashtirishning maqsadi va xarakteriga qarab belgilanadi.
O’qishdan o’tkaziladigan umumlashtiruvchi dars o’quvchilar bilimini sistemaga solish, o’rganilganlarni takrorlab umumlashtirish maqsadiga xizmat qiladi. Umumlashtiruvchi dars, odatda, o’qish dasturidagi biror muhim mavzu yuzasidan o’tkaziladi. Umumlashtiruvchi dars dasturning butun bir bo’limini yakunlashga xizmat qilishi ham mumkin.
Umumlashtiruvchi dars bolalar tasavvuri va tushunchalarini kengaytirishga yordam beradi; bunday darslarda o’quvchilar egallagan bilimlarining sinf va maktab jamoasi hayotida, har bir o’quvchi hayotidagi ahamiyatini tushunadilar. Bu darsda o’qituvchi bolalar bilimini boyitadigan qo’shimcha materiallar berishi ham mumkin. Umumlashtiruvchi darsda takrorlash ilgari o’qilganlarning mazmunini o’quvchilar yodida qayta tiklash emas, balki umumlashtiruvchi xarakterda bo’lishi, bolalar bilimini sistemalashtirishga, ayrim tasavvur va tushunchalarni tartibga solishga yordam berishi lozim. Shunday ekan, bunday darslar uchun kitobdan o’qilganlargina emas, balki bolalarning kuzatishlari natijasida bevosita idrok etilgan tabiatdagi fan va hodisalar, ijtimoiy hayot voqealari, shaxsiy tajribalari ham material bo’ladi. Maktab hayoti, oila va tabiatshunoslikka oid mavzuga bag’ishlangan umumlashtiruvchi darslarning vazifasi kitob materialini o’quvchilarning kuzatishlari, ekskursiyalardan olgan bilimlari bilan bog’lashdir.
Umumlashtiruvchi darslarda ish turlari xilma-xil bo’lib, o’qilganlar, ko’rilgan-kechirilganlar yuzasidan suhbat, illyustrativ materiallar (rasmlar, misollar)ni ko’rsatish va tahlil qilish, o’quvchilarning ayrim asarlardan parchalar o’qishi, ekskursiya va kuzatishlar haqida bolalarning og’zaki hikoya qilishi kabilardan fodalaniladi. Umumlashtiruvchi dars uchun ish turi darsning aniq maqsadidan kelib chiqib ta’minlanadi. Umumlashtiruvchi darslarga, asosan, quyidagi pedagogik talablar qo’yiladi.
O’quvchilar dasturdagi muayyan mavzu ustida ishlab, o’qiganlari, ko’rgan, eshitgani, kuzatganlari haqida o’z fikr-mulohazalarini dalil va erkin aytish imkoniyatlariga ega bo’lsinlar. Masalan, ma’lum bir mavzuni yakunlab o’tkazilgan umumlashtiruvchi darsda bolalar kitobdan shu mavzuga oid o’qigan hikoya va maqolalardan qaysi biri qiziqarliroq ekanini, shuningdek, biror hikoya yoki maqoladagi qatnashuvchi shaxslar, ularning xulq-atvorlari haqida o’z fikrlarini aytadilar, zarur bo’lsa, o’qilgan asar mazmunini qisqa bayon qiladilar. Agar mavzuni o’rganish jarayonida o’quvchilar bilan ekskursiya o’tkazilgan bo’lsa, ular ekskursiyadan ko’rganlaridan nimalar qiziqarli bo’lganini, qaysilari kuchli taassurot qoldirganini aytib berishlariga o’qituvchi yordam beradi. Bular o’quvchilar tafakkurini faollashtiradi, ularni faol fikrlashga o’rgatadi, o’stiruvchi ta’limning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
O’qish kitoblarida berilgan savol va topshiriqlar bolalar qiziqishiga yaqin, ularning yosh xususiyatiga mos, shuning uchun ular yuzasidan bolalar to’g’ri yakun va umumiy xulosa chiqara oladilar. Mustaqil xulosa chiqarish tarbiyalovchi ta’limda muhim ahamiyatga ega.
Umumlashtiruvchi darsning muvaffaqiyati unga o’qituvchining qanday tayyorgarlik ko’rishiga bog’liq. Bunday darsda juda ko’p material yuzasidan umumiy xulosa chiqarishni rejalashtirib bo’lmaydi; bu darsda ko’p material yuklash o’quvchilar diqqatini chalg’itadi; idrok etish qobiliyatlarini pasaytiradi va faol fikrlashlariga xalal beradi. O’qituvchi umumlashtiruvchi darsda o’quvchilardan nimalarni so’rashini, biror narsaga oid yana nimalarni umumlashtirishini belgilab oladi; darsning maqsadi haqida o’ylab, bolalar tafakkuri va faoliyatini faollashtirishga ta’sir etadigan ish shakllaridan foydalanishni rejalashtiradi.
Umumlashtiruvchi darsni dasturdagi har bir mavzu o’rganilgandan so’ng o’tkazish shart emas. Uni faqat muhim va katta bo’lim materiallari o’rganilgandan keyin o’tkazish kifoya. Umumlashtiruvchi darslarda ko’rgazma qo’llanmalar, savol va topshiriqlar, ekskursiya, kuzatish, uchrashuv va suhbat materiallaridan mavzularni o’rganish davridagidek foydalanish tavsiya etilmaydi. Umumlashtiruvchi dars oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o’qituvchi kundalik mashg’ulotlarda foydalanilgan juda ko’p materiallardan har bir mavzu uchun muhim va xarakterlilarini tanlashi, o’quvchilar mustaqil xulosa chiqara olishlariga va o’z fikr-mulohazalarini bayon etishlariga imkon yaratib berishlari zarur. Buning uchun o’quvchilar o’zlarining ekskursiya va kuzatish vaqtida yozgan xotiralarini (agar bo’lsa) o’qib chiqishlari, ilgari tayyorlangan rasmlarini, kitobdagi materiallarni ko’zdan kechirib, qiziqarli o’rinlarini belgilashlari, biror asardan ayrim parchani yod olishlari yoki matnga yaqin bayon etishga tayyorlanishlari lozim. Sinfdan tashqari o’qish 1-2 sinfda haftada 1 marta, 3-4 sinfda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida haftadagi oxirgi alifbe darsining 1720 daqiqasi ajratiladi. Bu darslarning asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni o’qishga havas uyg’otish, o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish.
Metodikaning vazifasi sinfdan tashqari o’qish uchun o’qiladigan adabiyotlar ro’yxatini tavsiya qilish, yillik o’quv rejasi va dars strukturasi namunalarini ishlab chiqishdir.
Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal
qilinadi:
1.O’zbek va chet el bolalar adabiyoti yozuvchilari asarlarini tanlash.
2.Kitob tanlashda o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalashga xizmat qilishni ko’zda tutish.
3.Asar janri va mavzusini xilma-xilligiga e’tibor berish.
4.O’quvchilarning yoshi va saviyasiga muvofiqligini hisobga olish.
5.O’quvchilarning shaxsiy qiziqishini mustaqil o’qishni hisobga olish.
6.Mavsumiy tamoyilga amal qilish.
Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning asosiy shakli maxsus STO’ darslaridir, u erkin dars hisoblanadi.4 STO’ darslarida o’quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassurot, badiiy obrazlarning idrok etishi, ijodi rivojlanadi, faol kitobxonga xos ko’nikma va malakalar rivojlanadi.
STO’ darslariga qo’yiladigan talablar:

  • har bir darsni kirish suhbati bilan boshlash;

  • har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar-asarlarni hisobga olish;

  • har bir darsda o’qish uchun yangi asarlar tavsiya qilish;

  • har bir darsda o’qilgan asar yuzasidan suhbat metodida tahlil ishlarini amalga oshirish;

  • o’qilgan asarlar yuzasidan ko’rgazmalar tayyorlash, asarga taqriz yozish, asar muallifi haqida ma’lumotlar to’plash, albomlar tayyorlash, kitobxonlik kundaligini yuritish;

  • har bir darsda tahlil qilingan asarlar yuzasidan umumlashtiruvchi, yakunlovchi suhbat uyushtirish.

Sinfdan tashqari o’qish darslarining muhim vazifalari:

  • asar o’qish asar tanlashda o’quvchida mustaqillikni tarbiyalash, buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish;

  • qiziqarli mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to’plangan ma’lumotlari o’qitish, “Tez aytish”, “Topishmoqlar topish”, “Ifodali o’qish”, “Maqollar aytish musobaqasi”, “Ertak to’qish”, “Bilimdonlar anjumani”, kontadqiqotlar tashkil qilish, muayyan mavzular bo’yicha savol-javoblar uyushtirish, o’qish tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur.

  • Sinfdan tashqari o’qishning yillik taqvim rejasini tuzish. Bunda N.N.Svetlovskaya ishlab chiqqan STO’ bosqichlariga rioya qilish. Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning yordamchi shakllariga:

  1. Kitobni targ’ib qilish. Sinfdan tashqari o’qishga tavsiya qilinadigan asarlar ro’yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo’yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilanib turadi. Ko’rgazmalar tashkil qilinadi, o’qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.

  2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O’quvchi o’qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o’qigan kitoblar hisobga olinadi, shaxsiy fikrlar aniqlanadi, uy kutubxonalari bilan tanishiladi, ota-onalar bilan suhbatlashiladi.

  3. Sinfdan tashqari o’qish yuzasidan ommaviy ishlar: adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekstadqiqotiyalar ular uchun maxsus tayyorlaniladi.

  4. Kutubxonaga yozilish. 1-sinf o’quvchilari o’qituvchining ruxsati bilan, tavsiyasi bilan kutubxonaga a’zo bo’ladi.

  5. O’quvchilarning o’qiganlarini hisobga olishda ularning kitobxonlik kundaligidan foydalanish.


Yüklə 44,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin