104
uzluksiz ravishda Plastina-sharnirli zanjir 2 harakat qiladi. Zanjirga ilgaklar osilgan
bo’lib, yulduzcha 3 va reduktor 6 orqali elektrodvigateldan 5 harakatga keltiriladi.
Zanjir rama ostida o’rnatilgan yulduzchalar 4 yordamida taranglanadi. Tanani teri
shilish vaqtida fiksatsiyalash uchun individual elektrodvigateldan 5 reduktor 6
orqali harakatga keltiriladigan buriluvchan fiksatordan 7 foydalaniladi.
Qurilma quyidagicha ishlaydi. Zabelovka
qilingan tana relsli osma yo’ldan
kelib, avtomatik tarzda
osiluvchi fiksatorga beriladi, u tanani to’rt richagidan biri
bilan ushlab oladi va aylanma yo’lga 90
o
ga yurg’izadi, so’ngra o’chadi. Oldingi
oyoqqa ilgak ilib qotiriladi. Zanjircha halqasi ilgakka kiydiriladi.
Keyin
elektrodvigatel fiksatori ikkinchi marotaba yurgiziladi, u tanani teri shilingan
joydan olib ketadi va birdaniga keyingi tanani olib keladi va h.k.
Teri shilish
tezligi hayvon jinsi, yoshi, semizligiga bog’liq. Bu tezlik AO-72 elektrodvigatelini
Paketli yoqqich yordamida qayta yoqib rostlanadi. Rostlash oralig’i 3,01; 4,6; 6,03
va 9,21
m/min.
Ozroq o’zgartirish kiritish bilan ushbu konstruktsiyani cho’chqa terisini
shilish uchun qo’llash mumkin.
Teri shilish vaqtida unda go’sht o’yilgan joylari Paydo bo’lishiga qaraladi,
va ular bo’lmasligi chorasi ko’riladi.
Statsionar
ishlaydigan
boshqa
shoxli
yirik
mol
terisini
shilish
konstruktsiyalari (GiProgo’sht, T.T.SkriPnik
sistemasi, Avetikov, Novosibirsk
go’sht kombinati konstruktsiyalar va h.k) faqat tortish organi va detallari bilan farq
qiladi, mexanik usulda teri shilish jarayonini o’zgartirmagan.
Dostları ilə paylaş: