103
Elektr Pichoqning asosiy ishchi organi bir o’qqa o’rnatilgan o’tkir tishli ikki
disk bo’lib, ular bir-biriga zich siqiladi, bir-biriga muqobil (qarama-qarshi)
tebranma harakat qiladi. Natijada ular tishlar orasiga to’g’ri kelgan tolani kesadi
(teri osti qatlamini). Disklar quvvati 0,25 kVt, va aylanish tezligi 2850 ayl/min ga
teng bo’lgan elektrodvigateldan egiluvchan val va uning uchidagi tirsakli val orqali
harakatga keltiriladi. Elektr Pichoq ni qo’llash tana va terini kesishni keskin
kamaytiradi, ishchi xavfsizligini ta’minlaydi va mehnat sharoitini yaxshilaydi.
Pichoqning shoxli yirik mol tanasini zabelovkalashdagi unumdorligi soatiga 50-60
tanani, cho’chqani esa 150 tanani tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: