I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari


Penzilovkalash-shlyamovkalash mashinalari



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   116
ma\'ruza matn

Penzilovkalash-shlyamovkalash mashinalari
. Mashinada (35-rasm) shoxli 
yirik mol ichagiga ishlov berib, yog’ning yuPqa qatlami va shilliq qismini 
ketkazish uchun foydalaniladi.
Mashina oyoqlarga 4 o’rnatilgan cho’yan staninadan 1 iborat. Mashinaning 
asosiy ishchi organi valga 3 gorizontal o’rnatilgan ikki juft cho’tkalardir 2. 
Ichaklarni yog’dan tozalash uchun sholi somonidan tayyorlangan cho’tkalar 
ishlatiladi, shilimshiq qismdan tozalash uchun esa – cho’chqaning umurtqa usti 
Po’stagi qilidan (sochdan) tayyorlangan qattiq cho’tka ishlatiladi. O’ng val turg’un 
PodshiPniklarda 4 o’rnatilgan, chaP val - vintlar 6 yordamida siljitiladigan 
PodshiPniklarda 5 o’rnatilgan. CHaP val maxovik 7 yordamida rostlanadi. 
SHunday konstruktsiya ichakka yaxshi ishlov berish uchun cho’tkalar 
oralig’ida kerakli masofani qo’yish imkoniyatini beradi. O’ng valga PerPendikulyar 
valni 9 harakatga keltiruvchi chervyakli reduktor 8 o’rnatilgan. Ikkinchi reduktor 10
orqali tozalangan ichakni o’ragichi 12 o’rnatilgan val 11 harakatga keltiriladi. 
O’ragich sharnirli o’rnatilgan va ichak yig’imini barabandan chiqarib olganda 
yig’iladigan Plankalardan iborat.


114 
35-rasm. SHoxli yirik mol ichaklarini Penzelovkalash-shlyamovkalash mashinasi 
CHo’tkali ishchi vallar 4,5 kVt quvvatli elektrodvigateldan 13, tasmali 
uzatgich 14 orqali harakatga keltiriladi. Ishchi cho’tkalarning aylanish tezligi 1450 
ayl/min
, ichak o’ragich barabani tezligi esa 3,5 
ayl/min
. CHo’tkalar ichak 
aylanishiga muqobil ravishda aylanadi.
CHo’tkalar qobiq 15 bilan berkitilgan, uning ust qismida ichak o’tishi uchun 
tor tirqish mavjud. Ichakka ishlov berish vaqtida cho’tkalarga teshiklari bor 
(Perforatsiyalangan) quvur orqali uzluksiz ravishda 35-40oS haroratli suv berib 
turiladi. 
Ichak Pastki qismdan, uzluksiz aylanib turuvchi cho’tkalar oralig’idan 
o’tkaziladi. Buning uchun ichak uchidan ushlab, cho’tkalarning baraban 
aylanishiga qarama-qarshi chekkasidan o’tkaziladi, cho’tkalar ustidan yo’naltirish 
roliklariga joylashtiriladi. Bir uchi barabanga mahkamlanadi. Baraban aylanib, 
ichakni cho’tkalar orasidan tortadi. Ichakka yaxshi ishlov berish uchun u 
mashinadan 2 yoki 3 marotaba o’tkaziladi.
Mashinaning unumdorligi ichakni yog’sizlantirish va Penzilovka qilishda 
170 dona ichak yoki 225 aylana, shlyamovka qilishda esa 225 ichak yoki soatiga 
230 aylana. 

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin