I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari


-ma’ruza. ICHAKLARGA ISHLOV BERISH JIHOZLARI



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   116
ma\'ruza matn

3-ma’ruza. ICHAKLARGA ISHLOV BERISH JIHOZLARI 
 
Ichaklar qayta ishlashga yo’g’on va ingichka ichak, qizil o’ngach, siydik 
Pufagi, cho’chqada esa oshqozondan tashkil toPgan komPlektda keladi. Ichak 
komPlektlari stol ustida qo’lda qismlarga ajratiladi.
Ichaklarga keyingi bosqichda mexanik ishlov berish oPeratsiyasi ularni 
ichidagi ozuqa qoldiqlaridan bo’shatish, tashqi qismini yog’sizlantirish 
(Penzelovkalash) va ichki shilimshiq moddani yo’qotishdan (shlyamovka) iborat. 
Oraliqdagi yordamchi oPeratsiyalar (ivitish, suv yordamida ichakni ag’darish, 
sovutish, navlash, to’qish va bog’lash) qo’lda amalga oshiriladi.
Ichakka ishlov berish mashinalari, oPeratsiyalar bo’yicha texnologik ketma-
ketlikka rioya qilgan holda o’rnatiladi. Texnologik ketma-ketlik ishlov 
berilayotgan ichak turiga bog’liq. SHoxli yirik mol ichaklarining ichidagilari 
bo’shatilgach, avval tashqi yuzasiga ishlov beriladi, so’ngra esa ag’dariladi. 
CHo’chqa va shoxli kichik mol ichaklari ag’darilmaydi, har ikkala tomoniga 
birdaniga ishlov beriladi.
Buning uchun turli konstruktsiyali mashinalar ishlatiladi. Ular o’zaro 
transPort qurilmalari, sig’imlar va stollar ishtirokida birlashtiriladi. Natijada 
hozirgi vaqtda keng tarqalgan mexanizatsiyalashgan oqim liniyalari hosil qilinadi.
Kichik va o’rta go’sht kombinatlarida ichakka ishlov berish uchun alohida 
mashinalar yoki mashinalar guruhi o’rnatiladi. 


112 
Barcha turdagi hayvonlarni ichak komPlektini qismlarga bo’lgach birinchi 
oPeratsiya - ular ichidagisini bo’shatish va siqish – siqish valtslarida amalga 
oshiriladi. 
Ichakka ishlov berish mashinalari 
VO-150 tiPdagi siqish valetslari
. Valetslar (34-rasm) ichak ichidagilarni va 
shilimshiq qavatini ichak qobig’idan valetslar juftligi yordamida siqish yo’li bilan 
chiqarish uchun xizmat qiladi.
34-rasm. VO-150 tiPdagi siqish valetslari:
1-stanina ustunlari, 2-ishchi vallar; 
3-
harakatlanuvchi PodshiPniklar; 4-
o’zgartirish vintlari; 5-elektrodvigatel; 6-reduktor; 7-zanjirli uzatgich; 8 - qobiq-
to’siq; 9- suv berish quvuri. 
Siqish valetslari ikki ustunli cho’yan staninadan 1 iborat bo’lib, unga ikki 
gorizontal quvursimon rezina bilan qoPlangan val 2 o’rnatilgan. YUqoridagi val 
rezina va belting qatlami bilan qoPlangan, ostidagi esa ichakni yaxshi tutish va 
ichidagini siqish uchun chiziqlarga (qirralarga) ega.
Pastki val turg’un PodshiPniklarda o’rnatilgan, yuqoridagi esa vertikal 
bo’yicha o’zgartirish vintlari 4 yordamida harakatlanuvchi PodshiPniklarda 3 
siquvchi Prujina o’rnatilgan. Ushbu konstruktsiya valetslar oralig’ining kerakli 
oralig’i ta’minlanadi. Valetslar quvvati 0,8 
kVt 
–li elektrodvigateldan 5 reduktor 6 
va qobiq 8 bilan berkitilgan zanjirli uzatma 7 orqali harakatga keltiriladi.
Valetslar oralig’i masofasini moslash va yetakchi yulduzchalar oralig’i 
masofasini o’zgaririshi zanjirning rolikli taranglash qurilmasi yordamida bajariladi. 
Ichaklarni yaxshi yumshatish uchun quvur 9 orqali uzluksiz 35-40
o
S haroratda suv 
berib turiladi. Suv sarfi 200 
l/s
-ni tashkil qiladi. Valetslar diametri 150 
mm

uzunligi 750 
mm
. Staninaning o’ng ustunida (yuritma o’rnatilgan tomonning 
qarama-qarshisida) ishlov berilishi kerak bo’lgan ichakni valetslar oralig’iga 
kirgizish uchun kesma yo’l mavjud. Mashina oldi va orqasida ishlov berilishi 


113 
kerak bo’lgan ichakni joylash uchun issiq suv solingan metall yoki temir-beton 
chanlar o’rnatiladi.
Hozirgi vaqtda ichak, siqish valetslariga lentali transPortyor yordamida 
beriladi. Valetsdan chiqqani esa maxsus shnekli transPortyor yordamida qabul 
qilinadi. Siqish valetslarining aylanish tezligini boshqarish uchun tezlik variatori 
o’rnatiladi.
Siqish vallaridan ichaklarni o’tkazish tezligi 0,3-0-4 
m/sek
- dan oshmasligi 
kerak. Ushbu tezlikdan oshgan holda ichak qobig’ining devorlari yorilishi 
mumkin. Mashinaga bir vaqtda to’rt-besh qator ichak solinishi mumkin.
Ichakka keyingi ishlovlar, beriladigan mashinalarning ishchi organi: silliq, 
tirnoqli (riflli), Plastinali, yoki cho’tkali valetslar juftligi bo’lishi mumkin.

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin