I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari


SHMK-2 rusumli shlyamlash mashinasi



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   116
ma\'ruza matn

SHMK-2 rusumli shlyamlash mashinasi 
(37-rasm). SHoxli yirik molning 
ingichka ichagiga ichki tomondan ag’darilib shilimshiq qoldig’idan tozalangandan 
so’ng ishlov berishda ishlatiladi. Ushbu mashina cho’chqaning ichagiga SHM-3 
shlyamlash mashinasida ishlov berishdan ilgari dastlabki ishlov berish uchun 
hamda uning tashqi (seroz) qobig’ini ketkizish uchun ishlatiladi.
Mashina cho’yan stanina 1, valiklar o’rnatilgan kobiqdan 5 iborat. 
Mashinaning ishchi organlari 240 
ayl/min
tezlik bilan harakatlanuvchi xom ashyo 
solish valigi 6, va 2800 
ayl/min
tezlik bilan harakatlanuvchi rezina Parrakli ikki 
shlyamlash valiklaridan 7 iborat. SHlyamlash valiklari bir-biriga nisbatan qat’iy 
Parallel oraliq masofasi 2-3 
mm
(Parraklar oralig’i) qilib o’rnatilgan. Valiklar 
aylanish vaqtida Parraklarning tashqi chekkalari tsilindrik yuza hosil qilishi kerak. 
Valiklar olinuvchan qoPqoqlar 10 bilan zich yoPilgan maxsus uyalar – stakanlarga 
9 o’rnatilgan sharikoPodshiPniklarda 8 aylanadi.
Valiklar quvvati 1,7 
kVt
ga teng bo’lgan reduktorning 3 yuqori qoPqog’iga 
o’rnatilgan elektrodvigateldan 10 harakatga keltiriladi. Reduktor balandligi 
o’zgartiriladigan Plitaning 2 ustiga o’rnatilgan.
Mashinani ishga tushirishdan ilgari ishchi valiklar korobkasi qoPqog’i 17 
olinadi va mashina yoqiladi. Bir vaqtda Perforatsiyalangan quvur 11 bo’yicha 35-
38
o
S haroratda issiq suv beriladi.


117 
37-rasm. SHMK-2 rusumli shlyamlash mashinasi (umumiy ko’rinishi va 
kinematik sxemasi): 1-stanina; 2 – dvigatel mahkamlash uchun Plita; 3- 
reduktor; 4 - elektrodvigatel; 5 – yuqori qobiq; 6 – xom ashyo yuklash valigi; 
7 -shlyamlovchi valik; 8- sharikoPodshiPniklar; 9 - uya-stakanlar; 10 - 
olinuvchan qoPqoqlar; 11 –suv uchun quvur; 12 -rostlovchi maxovik; 13 – 
qisish tasmali uzatgich; 14 – ochiluvchan jalyuzlar; 15 – moy quyish teshigi; 16 
– moy to’kish Probkasi; 17-qoPqoq. 
Ishlov berilgan ichaklar Poddon orqali ichak yig’ib olish vannasiga tushadi. 
Elektrodvigateldan ishchi valiklarga harakat siqma tasma uzatgich 13 yordamida 
uzatiladi. Olinuvchan o’itlar va jalyuzlar 14 yuritish mexanizmlarini navbatdagi 
ko’rikdan o’tkazish va xizmat ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Reduktorga teshik 
15 orqali moy quyiladi, qoPqoq bilan berkitiladi. Moy Probkadan 16 to’kiladi.
SHMK-2 rusumli shlyamlash mashinasining unumdorligi soatiga 300 
ichakni (10000 
m/s
) , suv sarfi esa 330 
l/s
–ni tashkil qiladi.
SHMK-2 va SHMK-3 rusumli mashinalari birgina oPeratsiyani bajaradi, 
shuning uchun korxonada ko’P sonda mashina o’rnatishga va katta ishlab chiqarish 
maydonini band etishga to’g’ri keladi. Oxirgi yillarda bir necha oPeratsiyani 
bajarishi va turli ichakka ishlov berishi mumkin bo’lgan mashinalar yaratilgan.

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin