I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   116
ma\'ruza matn

 
 
4-ma’ruza. CHORVA QONINI QURITISH VA BOSHQA 
MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH UCHUN JIHOZLAR 
Tashqaridan uzatilayotgan issiqlik yordamida mahsulotdagi namlikni 
bug’latish jarayoniga quritish deb ataladi. 
Go’sht korxonalarida qon, Par va Pat, qanot, tuxum, ichak, tog’ay, soch, 
teri, qiyma yoki kukun ko’rinishidagi go’sht bo’laklari quritiladi. 
Uzoq masofalarga tashish yoki saqlash maqsadida mahsulotlarni 
konservalashning bir ko’rinishi quritish hisoblanadi. 
Mahsulotdagi namlik mexanik, fizik-kimyoviy yoki kimyoviy bog’langan 
bo’lishi mumkin. Mexanik bog’langan namlikni Presslash, tsentrifugalash yoki 
cho’ktirish yo’li bilan yo’qotish mumkin. Mahsulot bilan fizik-kimyoviy usulda 
bog’langan namlikni yo’qotish uchun quritish qo’llaniladi. Issiqlik energiyasini 
tejash maqsadida ko’Pgina vaziyatlarda quritishdan oldin mahsulotdan namlikni 
yo’qotishni mexanik usul qo’llaniladi. 
Quritishni maqsadi - issiqlik va mexanik energiyalarni kam sarflagan holda 
quritilayotgan mahsulotni kerakli oxirgi namlikda biologik xossalarini va uning 
sifatini yaxshilashni ta’minlashdan iborat.


121 
Quritish quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi: uzatilayotgan issiqlik 
bilan quritilayotgan mahsulotni to’g’ridan-to’g’ri kontaktda bo’lishi; uzatilayotgan 
issiqlikni ajratuvchi to’siq orqali issiqlik tashuvchi bilan quritilayotgan mahsulot 
to’g’ridan-to’g’ri kontaktda bo’lmasligi; infraqizil nurlar bilan quritish; chuqur 
vakuum ostida mahsulotlarni muzlatilgan holatda quritishning sublimatsion usuli. 
Quritish usuliga bog’liq holda quritkichlarni tiPi va konstruktsiyasi tanlab 
olinadi. Go’sht va Parranda go’shtini qayta ishlash korxonalarida infraqizil nurlari 
yordamida va sublimatsion quritish usullari hozirda keng qo’llanilmagan.
Davriy (shkafli, kamerali) yoki uzluksiz (lentali, tunnelli, valtsli, 
barabanli, sochuvchan) ravishda ishlaydigan quritkichlar mavjud.
Quritkichlar mahsulotni quritishni amalga oshirish uchun quritish 
kamerasidan, quritkichga kelayotgan havoni isitish va tozalash moslamasi, havoni 
uzatish uchun ventilyator, changlarni yoki quritilgan mahsulot qismlarini 
(bo’lakchalarini) tutuvchi moslama va sochuvchan disk yoki baraban, 
transPortyor lentasi uzatmasi mexanizmlaridan iborat bo’ladi.
Quritkichlar hisobiga mahsulotdan bug’latilayotgan namlik miqdorini, 
havoning sarfini, havoning Parametrlarini, ventilyator unumdorligi va quvvatini, 
kalorifer o’lchamlari va bug’ning sarfini, quritkichning unumdorligini aniqlash 
kiradi.
Quritkichning issiqlik balansi quritkichni kaloriferiga havo bilan 
kiritilayotgan, kelish qismini ifodalovchi issiqlikdan; mahsulot tarkibidan 
bug’latilayotgan namlik bilan quritkichga kiritilayotgan issiqlikdan; quritilayotgan 
mahsulot bilan quritkichga va kaloriferga olinayotgan havo bilan kiritilayotgan 
issiqliklar, quritkichdan chiqarilayotgan, havo bilan issiqlikni sarflanishining sarfiy 
qismini ifodalovchi issiqlikdan; atrof-muhitga yo’qotilayotgan va quritkichdan 
ketayotgan issiqlikni sarflanishidan iborat.
Quritkichdagi issiqlik va havoning sarfini hisoblash uchun nam havo uchun i 
– d diagrammasidan yoki shunga mos jadvallardan foydalaniladi.
Nazariy jihatdan quritkichda, mahsulotni issiq havo bilan quritishda uni 
issiqlik ushlashi doimiy holatda, namlik ushlashi esa mahsulotdan bug’latilayotgan 
namlik hisobiga ortib borishi e’tiborga olinadi. 
Kaloriferga kelayotgan havoning boshlang’ich namlik ushlashini d
o
, issiqlik 
ushlashini I
0
, nisbiy namligini 
φ
0
va haroratni t
o
belgilab olsak, unda kaloriferda 
isitishdan keyin havoning harorati t

gacha oshadi, nisbiy namligi esa
φ
1
gacha 
kamayadi, namlik ushlashi o’zgarmaydi d
o
= d
1
, issiqlik ushlashi I

gacha ortadi.
Kaloriferda isitilgan havo quritkichga kelib tushadi va harorati kamayadi, 
nisbiy namligi esa
φ
2
gacha ortadi, issiqlik ushlashi o’zgarmaydi I
2
=I
1
, namlik 
ushlashi mahsulotdan namlikni bug’lanishi hisobiga d
2
gacha ortadi. 
Amaliy quritkichni xisoblashda esa issiqlikni turli xildagi yo’qotishlar soni 
keltirilgan qonuniyatlardan chetga chiqishini inobatga olish kerak.

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin