I bo‘lim. TABIIY BOYLIKLAR
Yer yuzasi
Zilzilalar
Yerning suv resurslari
Cho‘llar va ularning boyliklari
O‘rmonlar va ularning boyliklari
Tog‘lar va ularning boyliklari
Moddalar
Moddalarning aralashmalari
Organik va noorganik moddalar
Tabiiy resurslarni qanday saqlash kerak?
1. Yer yuzasi
Globus va Yer sharini taqqoslang. Ularda qanday umumiylik bor? Ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
Qadim zamonlardan beri odamlar Yer yuzi bo‘ylab sayohat qilishgan. Sayohat paytida ular Yer yuzasi bir xil emasligini, uning ayrim joylari tekisliklardan, ba’zi joylari esa tepaliklar, tog‘lar va chuqur daralardan iborat ekanligini payqashgan. Vaqtlar o‘tib, sayohatchilar Yerning barcha past-baland joylarini xaritaga tushirishgan.
Globus – bu Yer sharining modeli bo‘lib, unda butun Yer yuzasi tasvirlangan. Globus silliq ko‘rinishda bo‘lganligi uchun Yer yuzidagi barcha notekisliklar unda turli xil ranglar bilan aks ettirilgan.
1-topshiriq. Globusni o‘rganing. Quruqlikning qaysi qismlarini bilasiz? Ularni daftaringizga yozing.
2. Relyef
Yer yuzasidagi barcha notekisliklar relyef deb ataladi. Relyef shaklini o‘rganing. Ularni tavsiflab bering. Ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? Ulardan qaysilarini uchratgansiz?
Tekisliklar
Tog‘lar
Chuqurliklar
3. Xaritada relyefning tasviri
Xaritada tog‘lar, tekisliklar va chuqurliklar har xil ranglar bilan ajratib ko‘rsatiladi. Tekisliklar yashil rangda bo‘ladi. Tog‘lar jigarrang bilan belgilanadi: tog‘lar qanchalik baland bo‘lsa, ularning rangi ham to‘qroq bo‘ladi. Ko‘llar, dengizlar va okeanlar esa ko‘k rang bilan belgilanadi: suv havzalari qanchalik chuqur bo‘lsa, ularning rangi ham quyuqroq bo‘ladi.
Chuqurlik Tekislik Tog‘
2-topshiriq. O‘zbekiston xaritasini o‘rganing. Har bir viloyat uchun relyef turini aniqlang.
Bilasizmi?
Dunyodagi eng baland tog‘ – bu Everest (Jomolungma) tog‘i. U Yevrosiyo qit’asida joylashgan. Eng chuqur joy esa Mariana chuqurligi. U Tinch okeanda joylashgan. Ushbu joylarni globusda toping.
Landshaft__Odatda,_joylarni_tavsiflashda_“landshaft”_so‘zi_ishlatiladi._Landshaft'>4. Landshaft
Odatda, joylarni tavsiflashda “landshaft” so‘zi ishlatiladi. Landshaft – bu qoyalar, daraxtlar, tuproq, ko‘llar, daryolar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera kabi Yerning barcha elementlari joylashgan hudud turi.
Landshaftning 2 xil turi mavjud: tabiiy va inson tomonidan yaratilgan.
Landshaft
Tabiiy
|
Inson tomonidan yaratilgan
|
A
|
V
|
B
|
G
|
O‘z hududingizdagi landshaftni daftaringizga chizing. Joyning turini yozing.
Sinfdoshlaringiz bilan birgalikda “Landshaft turlari” mavzusida taqdimot tayyorlang.
Dostları ilə paylaş: |