I. Булим. Бухгалтерия хисоби


 Jurnal orderni asosiy tuzilishiga qanday belgi xos?



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

14. Jurnal orderni asosiy tuzilishiga qanday belgi xos?
1.
Ishlatilishiga qarab; 
2.
Debetli; 
3.
Kreditli; 


208 
4.
Aralash; 
15. 
Jurnal-orderda sintetik va analitik schyotlar bo‘yicha yozuvlar
qanday joylanishi mumkin?
1.
Shaxmatsimon; 
2.
Mumkin emas; 
3.
Katorlar bo‘yicha, shaxmatsimon, aralash; 
4.
To‘g‘ri javob berilmagan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
BUXGALTERIYA HISOBOTI 
 
B
u
x
g
a
l
t
e
r


209 
moddiy aktivlar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy aktivlar, zahiralar, 
debitorlik qarzi, pul mablag’i va pul ekvivalentlari, kreditorlik qarzi, 
ajratmalar, foiz to‘lashni talab qiluvchi majburiyatlar, o‘z sarmoyasi, va 
zahiralari, hisobot davri.
Tavsiya etilayotgan o’qitishning pedagogik texnologiyalari:
texnologiyasi. ma’ruza o’qishning besh bosqichli xaritasidan 
foydalanilganda ma’ruza texnologik xaritasini ikkinchi va to’rtinchi 
bosqichlarida ilg’or pedagogik texnologiyani blits-so’rov, test, muloqot 
usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni yangi o’quv 
 
1. Buxgalteriya hisoboti haqida tushuncha, uning ahamiyati va 
tuzilishi. 
Korxonalarning faoliyatlarini iqtisodiy tahlil qilish va boshqaruv 
qarorlari qabul qilish uchun joriy hisob ma’lumotlarini ma’lum bir davrga 
belgilangan shakllarda umumlashtirib foydalanuvchilarga taqdim etish 
hisobotlar deyiladi.
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi subyektining hisobot 
sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy 
natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan 
axborotdan iborat. 
Hisobot shakllarida ma’lumotlar joriy va o‘tgan davr ma’lumotlari 
tartibida keltiriladi. Bu korxona mablag‘lar va ularning manba’larida 
bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida tezkor xulosa qilishga imkon beradi. 
Hisobot ma’lumotlarini tahlil qilish asosida korxonaning moliya-xo‘jalik 
faoliyatiga baho beriladi, ichki imkoniyatlar aniqlanadi va ularni ishga 
solish istiqbol rejalari tuziladi. 
Moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi 
uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
1.
O‘z vaqtida taqdim etishlik - moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida 
tuzish va tegishli tashkilotlarga kechiktirmasdan taqdim etishni 
bildiradi. 
2.
Ishonchlilik - korxona moliya-xo‘jalik faoliyati haqidagi 
ma’lumotlarni aniq, to‘g‘ri, oddiy va ishonchli qilib aks ettirish. 
3.
Yaxlitlik – huquqiy korxona va uning tarkibiga kiradigan, 
alohida balansga ega bo‘lgan va ega bo‘lmagan bo‘linmalarda 
sodir bo‘ladigan barcha xo‘jalik operatsiyalarni hisobotlarda 
ko‘rsatishni taqoza etadi.


210 
4.
Solishtirilishi mumkinlik - hisobot davri ko‘rsatkichlarining reja 
va o‘tgan davr ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash mumkinligi. 
5.
Betaraflik 
– moliyaviy hisob ma’lumotlari bir guruh 
foydalanuvchilar manfaatni boshqa foydalanuchilar manfaati 
zarari zarari hisobiga qoniqtirmaslikni bildiradi.
6.
Izchillik (doimiylik) – korxonada foydalaniladigan hisobot 
shakllarini va ularning mazmunini har xil hisobot davrlarida bir 
xil bo‘lishligini bildiradi.
Korxonalar taqdim etadigan hisobotlar iqtisodiy mazmuni va 
axborot ko‘rsatkichlarni qamrab olishiga ko‘ra buxgalteriya va statistika 
hisobotlariga bo‘linadi. 
Buxgalteriya hisobotida korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining 
barcha ma’lumotlari absalyut miqdorlarda aks ettiriladi. Masalan, 
korxonaning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, kassadagi pullari, 
ishlab chiqarish zahiralari, tovarlari, hisob raqamidagi pullari, ustav 
fondi, zahira fondi, debetorlik qarzlari, kreditorlik qarzlari, balans foydasi 
va hokazolar. 
Statistika hisobotida absolyut miqdorlar bilan birga nisbiy va o‘rta 
miqdorlar haqida ma’lumotlar beriladi. Masalan, foizlarning o‘sish 
darajasi, o‘rtacha daraja u yoki bu ko‘rsatkichlarning o‘sish yoki pasayish 
dinamikasi va boshqalar. 
Buxgalteriya hisobotlari korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil 
qilish va baho berishning asosiy ma’lumot man’bai bo‘lib xizmat qiladi. 
Shuningdek, korxona faoliyatiga mablag‘ qo‘ygan investorlarga, 
kreditorlarga va davlat moliya, soliq organlariga ma’lumotlar man’bai 
bo‘lib xizmat qiladi.
Buxgalteriya 
hisobotlari, 
xo‘jalik 
mablag‘larini 
tarkibini, 
mablag‘larning tashkil bo‘lish manba’larini, korxona majburiyatlarini, 
boshqa korxonalar, davlat moliya institutlari va bank muassasalari bilan 
bo‘ladigan hisob-kitoblarini hamda korxona moliyaviy holatini aks 
ettiradi.
Statistika hisobotlari hudud, tarmoq bo‘yicha ma’lum bir 
ko‘rsatkichlarni bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Buxgalteriya hisobi hisobotlari, ahamiyatiga ko‘ra korxona ichidagi 
va umumdavlat ahamiyatidagi hisobotlariga bo‘linadi.
Korxona ichidagi hisobotlarga shu korxona ichida tuziladigan va 
foydalaniladigan hisobotlar kiradi. Bunday hisobotlar faqat bitta 
korxonani ko‘rsatkichlarini qamrab oladi.Shuning uchun ham bunday 


211 
hisobotlar dastlabki hisobot deb aytiladi. Masalan, kassir hisoboti
moddiy javobgar shaxs hisoboti va ma’lum bir tashkiliy-texnikaviy-
ommaviy tadbirlarni amalga oshirish rejalarining bajarilishi haqidagi 
hisobotlar. Bu hisobotlar korxona rahbari belgilagan muddatlarda tegishli 
bo‘limlarga taqdim etiladi.
Umumdavlat hisobotlari Moliya vazirligi va Davlat statistika 
qo‘mitasi yoki korxonaning yuqori tashkiloti tomonidan belgilangan 
shakl va tartibda tuziladi. Ularni tuzish tartibi va taqdim etish muddatlari 
buxgalteriya hisobi va hisobotlari to‘g‘risidagi qonunda belgilab 
qo‘yilgan. Bunday hisobotlar bir vazirlikka yoki bitta tarmoqqa qarashli 
bo‘lgan bir nechta korxonalarni ko‘rsatgichlarini umumlashtirib tuziladi. 
Shuning uchun tarmoqning, vazirlikning, xoldinning, birlashmalarning, 
aksiyadorlik jamiyatlari, assatsatsiyalarinig va bosh boshqarmalarning 
yig‘ma hisoboti deyiladi. 
Hisobotlar taqdim etish muddatiga ko‘ra yil ichida tuziladigan va 
yillik hisobotlarga bo‘linadi.
Korxonalar hisobotlarga qo‘shimcha debitorlik va kreditorlik 
qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma ham taqdim etadilar.
Hisobot shakllari, ularni tuzish va taqdim etish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin