212
lozimligini bildiradi. Hisoblab yozish tamoyiliga ko‘ra aktivlar, passivlar,
xususiy kapital,
daromadlar, xarajatlar va boshqa xo‘jalik muomalalari
yuzasidan haridorga yuklab jo‘natilgan mahsulot,
bajarilgan ish,
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan pul mablag‘lari, korxona hisob
raqamiga qachon kelib tushishidan qat’iy nazar, hisobot davriga taalluqli
ekanligini bildiradi. Ular mazkur hisobot davrida buxgalteriya hisobida
aks ettiriladi.
Ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish tamoyili
,
korxona buxgalteriya muomalalarini ikkiyoqlama yozish tizimi asosida
yoritishi kerakliligini bildiradi. Ikkiyoqlama yozish tizimida sodir bo‘lgan
xo‘jalik muomalasiga tegishli bo‘lgan summani bir vaqtning o‘zida bitta
schyotning debet tomoniga va aynan shu summani ikkinchi schyotning
kredit tomoniga qayd qilishdan iborat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: