Mazmunning shakldan ustunligi tamoyili - iqtisodiy mazmunning
huquqiy shakldan ustunligi bo‘lib, moliyaviy hisobotda axborot aks
ettirilganda ustunlik iqtisodiy mazmuniga berilishini anglatadi. Masalan;
agar korxona o‘z faoliyatida uzoq muddatga ijaraga olingan vositalardan
foydalansa, ushbu korxona ularni o‘z balansida aktivlar tarkibida aks
ettiradi, lekin huquqiy nuqtai nazardan olganda korxonaning ushbu
vositalar uchun mulkdorligini ahamiyati yo‘q.
Ko‘rsatkichlar qiyoslanishi tamoyili – bir nechta korxonalarning
o‘xshash axborotlarini taqqoslashni bildiradi. Mazkur korxonada
buxgalteriya hisobining usullaridan foydalanishda izchillik saqlanadi, bu
esa bir necha hisobot davrlari uchun korxona faoliyati to‘g‘risidagi
ma’lumotlar qiyoslanishiga erishish lozimligini taqozo etadi.
Betaraflilik tamoyili moliyaviy hisobotlarni tuzishda, undan
foydalanuvchilarni
bir
guruxining
manfaatlarini
boshqa
gurux
manfaatlariga zarar keltiradigan holda, qanoatlantirishga urg‘u
berilmasligini anglatadi. Shuningdek, moliyaviy hisobotda beriladigan
axborot ishonchli bo‘lishi uchun taxminlardan holi bo‘lishi lozim.
Hisobot davrining daromadlari bilan xarajatlarining muvofiqligi tamoyili bo‘yicha hisobot davrda shu hisobot davridagi daromadlarni
olishga asos bo‘lgan xarajatlargina aks ettiriladi. Agar daromadlar bilan
xarajatlar o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni o‘rnatish qiyin bo‘lsa, xarajatlar
taqsimotining biron bir usuliga muvofiq bir nechta hisobot davrlari
o‘rtasida taqsimlanadi. Masalan, birnecha yilga taqsimlanadigan
amartizatsiya xarajatlari.
Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy bahosi tamoyili , harid qilish
baholari, ularni tannarxini aniqlashga asos bo‘lishini taqozo etadi.