I. Булим. Бухгалтерия хисоби


Mazmunning shakldan ustunligi tamoyili



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

Mazmunning shakldan ustunligi tamoyili
-
iqtisodiy mazmunning 
huquqiy shakldan ustunligi bo‘lib, moliyaviy hisobotda axborot aks 
ettirilganda ustunlik iqtisodiy mazmuniga berilishini anglatadi. Masalan; 
agar korxona o‘z faoliyatida uzoq muddatga ijaraga olingan vositalardan 
foydalansa, ushbu korxona ularni o‘z balansida aktivlar tarkibida aks 
ettiradi, lekin huquqiy nuqtai nazardan olganda korxonaning ushbu 
vositalar uchun mulkdorligini ahamiyati yo‘q. 
Ko‘rsatkichlar qiyoslanishi tamoyili

bir nechta korxonalarning 
o‘xshash axborotlarini taqqoslashni bildiradi. Mazkur korxonada 
buxgalteriya hisobining usullaridan foydalanishda izchillik saqlanadi, bu 
esa bir necha hisobot davrlari uchun korxona faoliyati to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar qiyoslanishiga erishish lozimligini taqozo etadi. 
Betaraflilik tamoyili
 
moliyaviy hisobotlarni tuzishda, undan 
foydalanuvchilarni 
bir 
guruxining 
manfaatlarini 
boshqa 
gurux 
manfaatlariga zarar keltiradigan holda, qanoatlantirishga urg‘u 
berilmasligini anglatadi. Shuningdek, moliyaviy hisobotda beriladigan 
axborot ishonchli bo‘lishi uchun taxminlardan holi bo‘lishi lozim. 
Hisobot davrining daromadlari bilan xarajatlarining muvofiqligi 
tamoyili
bo‘yicha hisobot davrda shu hisobot davridagi daromadlarni 
olishga asos bo‘lgan xarajatlargina aks ettiriladi. Agar daromadlar bilan 
xarajatlar o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni o‘rnatish qiyin bo‘lsa, xarajatlar 
taqsimotining biron bir usuliga muvofiq bir nechta hisobot davrlari 
o‘rtasida taqsimlanadi. Masalan, birnecha yilga taqsimlanadigan 
amartizatsiya xarajatlari.
Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy bahosi tamoyili
, harid qilish 
baholari, ularni tannarxini aniqlashga asos bo‘lishini taqozo etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin