I. Булим. Бухгалтерия хисоби


Mulkiy alohidalik tamoyiliga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

Mulkiy alohidalik tamoyiliga
 
binoan korxona buxgalteriya hisobida 
korxonaga (korxona, tashkilot va x.k.) tegishli bo‘lgan mol-mulknigina 
aks ettiradi. Bunday yondashuv turli xo‘jalik subyektlarining mol-mulki, 
ularning mulkiy va moliyaviy holatini belgilashi uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladi. Mazkur qoidaga asosan buxgalteriya hisobi korxonaning mulklari 
bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarini yozishdan boshlanadi. 
Mulkka egalik huquqini mustahkamlash maqsadida korxonaga uchta 
huquqiy vakolat beriladi: 
1.
Egalik qilish huquqi - buyumdan haqiqatda foydalanish imkoniyati
2.
Foydalanish huquqi - daromad olish maqsadida mol- mulkdan 
foydalanish imkoniyati; 
3.
Tasarruf etish huquqi - o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk taqdirini 
beligilash va o‘z xohishiga qarab harakat qilish imkoniyati. 
Moliyaviy hisobda faqat pulda ifodalanadigan axborotlar hisobga 
olinadi. Bunday axborotlarning afzalligi shundaki, pul umum qabul 
qilingan o‘lchov birligi hisoblanib, uning vositasida korxonada sodir 


216 
bo‘ladigan hodisalar bitta umumiy maxrajga keltiriladi. Natijada ular 
qo‘shish yoki ayrish mumkin bo‘lgan raqamlar ko‘rinishida aks ettiriladi. 
Masalan, korxona 2000000 naqd pulga, 150 ming kvadrat metrga teng 
bino maydoniga, 10 ta yuk va 4 yengil avtomashinasiga, 10 tonna mineral 
o‘g‘itga va shu kabi boshqa xo‘jalik mablag‘lariga ega. Korxona 
ixtiyoridagi hamma mulkni miqdorini topish uchun bu narsalarni 
hammasini qo‘shib chiqish mumkin emas. Bunda, korxona mulklarini 
pulda ifodalash yordam beradi: 2000000 so’m naqd pul, yuk tashish 
mashinalarining qiymati 100000000 so’m, yengil avtomashinalarning 
qiymati 40000000 so’m va mineral o‘g‘itning qiymati 3000000 so’m – 
bularni qo‘shib chiqish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin