4. Buxgalteriya balansi (1-shakl).
224
O’zbekiston
Respublikasi
buxgalteriya
hisobining
15-son
“Buxgalteriya balansi” nomli milliy standartiga muvofiq xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar “Buxgalteriya balansi” tuzadilar va taqdim etadilar.
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri
hisoblanadi, xo’jalik yurituvchi sub’ektning mulkiy va moliyaviy ahvoli
haqidagi axborotni to’playdi. Buxgalteriya balansidagi barcha axborot
to’g’ri va foydalanuvchilarga tushunarli bo’lishi kerak. Zarur hollarda
buxgalteriya balansiga kiritiladigan moddalar ularni tushuntirib beradigan
axborotlar bilan to’ldiriladi.
Buxgalteriya balansining manzil qismida xo’jalik yurituvchi
sub’ektning hisobot sanasi, nomi, tarmog’i, mulk shakli, tashkiliy-
huquqiy shakli va to’liq yuridik manzili, xo’jalik yurituvchi sub’ekt
uning egaligida bo’lgan organning nomi, buxgalteriya balansini
tayyorlash chog’ida foydalanilgan o’lchov birligi ko’rsatiladi.
Buxgalteriya balansida axborotlar hisobot davri boshiga va oxiriga
keltiriladi.
Buxgalteriya balansi korxonaning moddiy va moliyaviy resurslarini
haqiqiy holatini aks ettiradi. Joriy aktivlar va joriy majburiyatlar
buxgalteriya balansida alohida-alohida ko‘rsatiladi.
1.
Uzoq muddatli aktivlar
2.
Joriy aktivlar
3.
O’z sarmoyasi (O’z sarmoyasi manbalari)
4.
Majburiyatlar
Buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, o’z
sarmoyasi, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar xo’jalik yurituvchi
sub’ektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda moliyaviy hisobotdan
foydalanuvchilar uchun yordam bera oladigan axborotdan iborat bo’ladi.
Buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, xususiy sarmoya,
uzoq muddatli va joriy majburiyatlarning umumiy summasi keltiriladi
36
.
Buxgalteriya balansining “Uzoq muddatli aktivlar” bo’limida asosiy
vositalar va nomoddiy aktivlar qiymati, uzoq muddatli investitsiyalar,
36
Uzoқ muddatli va joriy aktivlar, xususiy sarmoya, uzoқ muddatli va joriy majburiyatlar tushunchalari
Ўzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 iyulda 17-07/86-son bilan tasdiқlangan Moliyaviy
ҳisobotni tayyorlash va taқdim etish uchun kontseptual asosda (rўyxat raқami 475, 1998 yil 14 avgust, “Ўzbekiston
Respublikasi vazirliklari, davlat қўmitalari va idoralarining mehyoriy ҳujjatlari axborotnomasi”, 1999 yil, 5-son)
ҳamda Ўzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 1998 yil 26 iyulda 17-07/85-son bilan tasdiқlangan Ўzbekiston
Respublikasining Buxgalteriya ҳisobi milliy standarti (1-son BҲMS) “Ҳisob siyosati va moliyaviy ҳisobot”da (rўyxat
raқami 474, 1998 yil 14 avgust, “Ўzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat қўmitalari va idoralarining mehyoriy
ҳujjatlari axborotnomasi”, 1999 yil, 5-son) keltirilgan.
225
o’rnatiladigan uskunalar, kapital qo’yilmalar, uzoq muddatli debitorlik
qarzlari va muddati kechiktirilgan uzoq muddatli xarajatlar summalari
keltiriladi
37
.
Buxgalteriya balansining “Joriy aktivlar” bo’limida tovar-moddiy
zaxiralar, kelgusi davrlar xarajatlari, muddati kechiktirilgan xarajatlarning
joriy qismi, debitorlik qarzlari, pul mablag’lari, qisqa muddatli moliyaviy
qo’yilmalar va boshqa joriy aktivlar summalari keltiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 1998 yil 27 avgustda
44-son bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Buxgalteriya
hisobi milliy standarti (4-son BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar”ga
(ro’yxat raqami 486, 1998 yil 28 avgust, “O’zbekiston Respublikasi
vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari
axborotnomasi”, 1999 yil, 5-son) muvofiq tovar-moddiy zaxiralarga
quyidagilar kiritiladi:
a) ishlab chiqarish jarayonida yoki ishlarni bajarish va xizmatlar
ko’rsatishda foydalanish uchun mo’ljallangan xom ashyo, xarid
qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg’i,
idish, ehtiyot qismlar, inventarь va xo’jalik anjomlari, boshqa materiallar
zaxiralarini, parvarish qilinayotgan va bo’rdoqiga boqiladigan hayvonlar,
materiallarni tayyorlash va xarid qilish bo’yicha xarajatlar, materiallar
qiymatidagi tafovutlarni o’z ichiga oladigan ishlab chiqarish zaxiralari;
b)
tugallanmagan
asosiy
ishlab
chiqarish,
xususiy
ishlab
chiqarishdagi yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan yordamchi va
boshqa ishlab chiqarishlar, ishlab chiqarishdagi brakni o’z ichiga
oladigan tugallanmagan ishlab chiqarish;
v) tayyor mahsulot;
d) tovarlar.
Balansda xaridor va buyurtmachilarning, shu’ba va tobe xo’jalik
jamiyatlarining debitorlik qarzlari, xodimlarga berilgan bo’naklar,
yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar, byudjetga
soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari, davlat maqsadli
jamg’armalariga va sug’urta bo’yicha bo’nak to’lovlari, ustav
37
Ўzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 1998 yil 7 sentyabrda 46-son bilan tasdiқlangan Ўzbekiston
Respublikasining Buxgalteriya ҳisobi milliy standarti (5-son BҲMS) “Asosiy vositalar” (rўyxat raқami 491, 1998 yil
23 sentyabrg’, “Ўzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat қўmitalari va idoralarining mehyoriy ҳujjatlari
axborotnomasi”, 1999 yil, 6-son) ҳamda Ўzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 1998 yil 12 oktyabrda 49-son
bilan tasdiқlangan Ўzbekiston Respublikasining Buxgalteriya ҳisobi milliy standarti (7-son BҲMS) “Nomoddiy
aktivlar”ga (rўyxat raқami 506-son, 1998 yil 20 oktyabrg’, “Ўzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat қўmitalari va
idoralarining mehyoriy ҳujjatlari axborotnomasi”, 1999 yil, 6-son) kўra asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar
boshlanғich (tiklash) қiymati, eskirish (amortizatsiya) summasi, қoldiқ қiymati bўyicha oshkor қilinishi lozim
226
sarmoyasiga qo’yilmalar bo’yicha ta’sischilarning bo’nak to’lovlari,
boshqa operatsiyalar bo’yicha xodimlar qarzlari hamda boshqa debitorlar
qarzlari hamda pul mablag’lari bo’yicha kassadagi naqd pul mablag’lari
qoldig’i,
hisob-kitob
raqamidagi
pul
mablag’lari,
valyuta
hisobraqamidagi pul mablag’lari va boshqa pul mablag’lari (bankdagi
maxsus hisobraqamlar, pul ekvivalentlari, yo’ldagi (o’tkaziladigan) pul
mablag’lari) summalari alohida keltiriladi.
Balansning “Xususiy sarmoya” bo’limida ustav sarmoyasi,
qo’shilgan sarmoya, zaxira sarmoya, sotib olingan o’z aktsiyalari,
taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda
bo’lg’usi xarajatlar va to’lovlar zaxiralar, “Majburiyatlar” bo’limida uzoq
muddatli va joriy majburiyatlar bo’yicha axborotlar alohida keltiriladi.
Uzoq muddatli majburiyatlar bo’yicha yetkazib beruvchilar va
pudratchilarga uzoq muddatli qarzlar, alohida bo’linmalarga uzoq
muddatli qarzlar, shu’ba va tobe xo’jalik jamiyatlariga uzoq muddatli
qarzlar, muddati kechiktirilgan uzoq muddatli daromadlar, soliqlar va
majburiy to’lovlar bo’yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar,
xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar, uzoq muddatli bank
kreditlari, uzoq muddatli qarzlar va boshqa uzoq muddatli kreditorlik
qarzlari summalari ko’rsatilishi kerak.
Foiz stavkalari, so’ndirish shartlari, shartnoma majburiyatlari,
so’ndirish navbatliligi, muomala shartlarini umumlashtirish hamda
mukofot va diskont summalari buxgalteriya balansi qismida tushuntirish
xatida ko’rsatilishi lozim.
Joriy majburiyatlar bo’yicha yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
qarzlar, alohida bo’linmalarga qarzlar, shu’ba va tobe xo’jalik
jamiyatlariga qarzlar, muddati kechiktirilgan daromadlar, soliqlar va
majburiy to’lovlar bo’yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa
muddati kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bo’naklar, byudjetdan
soliqlarga oid qarzlar, sug’urtaga oid qarzlar, davlat maqsadli
jamg’armalaridan to’lovlarga oid qarzlar, ta’sischilardan qarzlar,
mehnatga haq to’lashga oid qarzlar, qisqa muddatli bank kreditlari, qisqa
muddatli qarzlar, uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi va boshqa
kreditorlik qarzlari summalari keltiriladi.
Buxgalteriya balansiga tushuntirishlar va izohlar buxgalteriya
balansidan foydalanuvchilarni korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvolini
baholash uchun zarur bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlaydi,
ularga shu jumladan:
227
a) aktivlarga mulk huquqlaridagi cheklashlar;
b) majburiyatlar bo’yicha berilgan kafolatlar;
v) shartli (ko’zda tutilmagan) aktivlar va majburiyatlar, mumkin
bo’lganda miqdor ko’rinishida;
g) bo’lg’usi uzoq muddatli investitsiyalarni moliyalash uchun
mo’ljallangan mablag’lar kiradi.
Buxgalteriya balansi qismidagi tushuntirish xati O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligida 1998 yil 26 iyulda 17-07/86-son bilan
tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy
standarti (1-son BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” (ro’yxat
raqami 474, 1998 yil 14 avgust, “O’zbekiston Respublikasi vazirliklari,
davlat qo’mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi”,
1999 yil, 5-son) talablariga muvofiq tuziladi.
Dostları ilə paylaş: |