I. Булим. Бухгалтерия хисоби



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
5.
 
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl). 
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 3-sonli 
“Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” nomli milliy standartiga
muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ektlar “Moliyaviy natijalar to’g’risida” 
hisobot tuzadilar va taqdim etadilar.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot korxonaning hisobot 
davridagi moliyaviy faoliyatini ko‘rsatadi va bu faoliyatning turli 
jihatlarini tushunishga imkon beradi. Quyidagilar Moliyaviy natijalar 
to‘g‘risidagi hisobot elementlari bo‘lib hisoblanadi: 
1.
Mahsulot sotishdan tushgan mablag’; 
2.
Operatsion faoliyatining natijalari; 
3.
Moliyaviy faoliyat natijalari; 
4.
Favqulodda foydalar va zararlar
5.
Hisobot davrdagi sof foyda yoki zarar.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda quyidagilar keltiriladi: 
1. Savdo-sotiqdan tushgan sof tushum; 
2. Savdo-sotiqning yalpi moliyaviy natijalari; 
3. Asosiy faoliyatdan keladigan boshqa operatsion daromadlari va 
xarajatlari; 
4. Asosiy xo’jalik faoliyati moliyaviy natijalari (foyda yoki zarar); 
5. Moliyaviy faoliyatga doir boshqa daromadlar va xarajatlar
6. Xo’jalik umumiy faoliyatining moliyaviy natijasi; 
7. Favqulodda foyda va zarar; 


228 
8. Daromad soligi to’langunga qadar umumiy moliyaviy natijalar 
(foydalar yoki zararlar); 
9. Hisobot davridagi sof foyda (zarar). 
Hisobot davridagi sof daromad yoki zarar quyidagilar asosida aniqlanadi 
va ko’rsatiladi:
1. Xo’jalik umumiy faoliyatidan olingan daromad yoki ko’rilgan zarar; 
2. Favqulodda daromad (zarar); 
3. Daromad soligi to’langunga qadar umumiy moliyaviy natija (foyda 
yoki zarar); 
4. Daromad soligidan tashqari sof foyda. 
Xo’jalik umumiy (oddiy) faoliyatidan keladigan daromadlar va xarajatlar 
moddalari muayyan miqdorga yetsa va xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
faoliyati operatsiyalari mazmuni juda muhim bo’lsa, bu moddalarning 
mohiyati va miqdori alohida ko’rsatiladi.. 
Moliyaviy natijalar to’grisidagi hisobotga tushuntirish va izohlarda
mahsulotni sotishning sof qiymatiga qadar TMZni qayta baholab 
kamaytirish yoki asosiy vositalar qiymati tiklanmay turib uni qayta 
baholab narxini arzonlashtirish, shuningdek bunday qayta baholashlarni 
bekor qilish; xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini kechiktirish, 
shuningdek kechiktirishga xarajatlar bo’yicha har qanday zahiralarni 
bekor qilish; uzoq muddatli investitsiyalarni tugatish; korxona faoliyati 
to’xtatish; sud jarayonlarini yo’lga qo’yish; zahiralarni bekor qilish 
haqidagi axborotlar keltiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin