I. Булим. Бухгалтерия хисоби


Yillik (chorak, yarim yillik) hisobotlarni tuzish, ularni to‘ldirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

Yillik (chorak, yarim yillik) hisobotlarni tuzish, ularni to‘ldirish 
va taqdim etish tartibi. 
4.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1.
Buxgalteriya balansi; 
2.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot; 
3.
Pul oqimlari haqidagi hisobot; 
4.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot; 
5.
Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. 
6.
Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga 
doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida bel-
gilanadi. 
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash 4 ta bosqichda amalga oshiriladi: 
1.
Birinchi bosqichda, barcha xo‘jalik jarayonlari yoppasiga 
hujjatlashtiriladi; 
2.
Ikkinchi bosqichda, xo‘jalik jarayonlarining joriy buxgalteriya 
hisobi tashkil qilinadi; 
3.
Uchinchi bosqichda, joriy hisob ma’lumotlarining joriy hisob 
ma’lumotlarining to‘g‘riligi tekshirib ko‘riladi; 
4.
Turtinchi bosqichda tasdiqlangan hisobot shakllari to‘ldiriladi va 
tasdiqqa taqdim etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi 
qonunning 24-moddasiga binoan 1 yanvar — 31 dekabr kalendar yili 
yillik moliyaviy hisobotning hisobot davridir. 1 yanvardan boshlab 
davriy moliyaviy hisobot tuzilayotgan davrning hisobot sanasini ham 
qamrab olgan davr kalendar yil mobaynida tuziladigan davriy 
moliyaviy hisobot uchun hisobot davridir.
Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs 
huquqi qo‘lga kiritilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31 dekabriga 
qadar bo‘lgan davr, yuridik shaxs bo‘lmaganlar uchun esa, ular davlat 


218 
organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31 
dekabriga qadar bo‘lgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanadi. 
Agar yuridik shaxs (byudjet tashkilotlaridan tashqari) 1 oktabrdan 
keyin ro‘yxatga olingan bo‘lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 
dekabrida tugaydi.
Ro‘yxatdan o‘tilguniga yoki yuridik shaxs huquqi olinguniga qadar 
amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
birinchi hisobot yilining moliyaviy hisobotiga kiritiladi.
Chet el investitsiyalari bilan ishlaydigan korxonalar esa, yillik 
hisobotni kelgusi hisobot yili 15 martidan kechiktirmay topshirishlari 
lozim. 
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan 
tuziladi. 
Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi: 
davlat soliq xizmati organlariga; 
ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga; 
davlat statistika organlariga; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga. 
Moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin. 
Moliyaviy hisobot yilning har choragida taqdim etiladi. Kichik 
korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya balansidan hamda moliyaviy 
natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan iborat faqat yillik moliyaviy hisobotni 
taqdim etadi. 
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respu-
blikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan buxgal-
teriya hisobining ayrim subyektlari uchun moliyaviy hisobotni taqdim et-
ishning boshqa muddatlari belgilanishi mumkin. 
Asosiy xo‘jalik jamiyati bo‘lgan va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga, 
o‘z nazorati ostidagi tashkilotlarga ega buxgalteriya hisobi subyekti 
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzadi. 
Konsolidatsiyalashgan 
moliyaviy 
hisobotni 
tuzish 
tartibi, 
shuningdek asosiy xo‘jalik jamiyatining nazorati ostidagi tashkilotlarga 
qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan (26.07.1998 y. n 17-17/86) va Adliya Vazirligi 
tomonidan ro‘yxatga olingan (14.08.1998 y. N 474) “Hisob siyosati va 
Moliyaviy hisobot” nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti bilan 
belgilanadi. 


219 
"Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuniga muvofiq korxonalar quyidagi shakllaridan iborat bo‘lgan yillik 
moliyaviy hisobotlar taqdim etadilar. 
1.
Buxgalteriya balansi - 1-shakl; 
2.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot - 2-shakl; 
3.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot - 4-shakl; 
4.
O‘z sarmoyasi to‘g‘risidagi hisobot - 5-shakl; 
5.
Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. 
Shuningdek, qonun hujjatlarida majburiy auditorlik tekshiruvidan 
o’tishi belgilangan korxonalar moliyaviy hisobotlarga ilova shaklida 
buxgalteriya hisobotlari- ni ishonchliligini tasdiqlovchi auditorlik 
xulosasini ham taqdim etadilar.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya hisobining 20-
sonli “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan 
risida”gi milliy standartning 5.9 bandida belgilangan tartibga muvofiq 
‘g‘risidagi hisobot va ilovalardan tashkil topgan moliyaviy hisobotni 
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot - 4-shakl; O‘z sarmoyasi to‘g‘risidagi 
hisobot - 5-shakl; Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni tuzish 
majburiy emas. 
‘g‘risidagi qonunning 23 bandiga muvofiq asosiy xo‘jalik jamiyati 
bo‘lgan va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga, o‘z nazorati ostidagi 
tashkilotlarga ega buxgalteriya hisobi subyekti konsolidatsiyalashgan 
moliyaviy hisobotni tuzadi. 
Konsolidatsiyalashgan 
moliyaviy 
hisobotni 
tuzish 
tartibi, 
shuningdek asosiy xo‘jalik jamiyatining nazorati ostidagi tashkilotlarga 
qo‘yiladigan talablar 8 - “Jamlangan moliyaviy hisobotlar va sho’’ba 
xo’jalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish” nomli buxgalteriya 
hisobi standartlari bilan belgilanadi. 
Jamlangan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash chogida bosh jamiyat 
va unga qarashli barcha shu’ba jamiyatlar moliyaviy hisobotlari 
aktivlarning bir xil moddalarini, majburiyatlarni, o’z mablagi, 
daromadlari va xarajatlarini satrma-satr jamlash yo’li bilan birlashtiriladi. 
Bu hisobotda shu’ba korxonalarga qo‘shilgan hissalar bosh 
‘yilmalari sifatida aks ettiriladi. 
‘z filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalarini mustaqil 


220 
‘lib, ularning balanslari va boshqa hisobot shakllarini o‘zlarining 
hisobotga bosh korxona, uning shu’ba korxonalari, filiallari va 
Xo‘jalik yurituvchi subyektni tugatish chog‘ida yakuniy moliyaviy 
hisobot tuziladi. Tugatish bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish, tugatish 
balansini va hisobotni tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash yuzasidan 
javobgarlik tugatish komissiyasining (tugatuvchining) zimmasiga 
yuklatiladi. 
Yillik buxgalteriya hisobotiga tushuntirish xati ilova qilinadi. Bu 
tushuntirish xatida korxona faoliyatini o’sishiga yoki pasayishiga ta’sir 
etgan omillar, yillik hisobot ma’lumotlarini tahlili natijalari bo‘yicha 
qabul qilgan qarorlar, korxona foydasini taqsimlanishi, buxgalteriya 
hisobini auditorlik tekshiruv xulosasi keltiriladi. Shuningdek, yil boshiga 
tuzilgan boshlang‘ich balans va hisobot yili uchun qabul qilingan hisob 
siyosatiga o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa, uning sabablari ko‘rsatiladi. 
Hisobotning korxona faoliyati uchun tegishli bo‘lmagan va to‘ldirilmagan 
qatorlari chizib qo‘yiladi. 
Hisobot shakllarining manzil qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
1.
Korxona rekvizitida - tasdiqlangan hujjat asosida, korxonaning 
ro‘yxatdan o‘tgan to‘liq nomi, uning kodi (OKPO) esa, korxona va 
tashkilotlar umumdavlat tasniflagichiga asosan ko‘rsatiladi.
2.
Tarmoq (faoliyat turi) rekvizitida - tarmoq nomi va uning kodi 
(OKONX) umumdavlat xo‘jalik tarmoqlar guruhlashishiga asosan 
ko‘rsatiladi. 
3.
Davlat mulkchiligining boshqaruvchi tashkiloti rekvizitida - davlat 
yoki munisipial korxona tarkibiga kiruvchi tashkilot nomi va 
buxgalteriya hisoboti topshirilayotgan tashkilot ko‘rsatiladi. 
4.
Nazorat summasi rekviziti hisobotni qabul qilib oluvchi korxona 
tomonidan to‘ldiriladi va balans umumiy summasi ko‘rsatiladi. 
Choraklik va yillik hisobotlarni tuzishda, mulk egalarini 
investorlarni, kreditorlarni, aksiyadorlarni, davlatning moliya va soliq 
idoralarini, korxona ta’sischilarini, tijorat banklarini va xalqaro andozalar 
hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining amal qilayotgan 
ko‘rsatmalarini, 
“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuning 22-moddasi talablarini, O‘zbekiston Respublikasi 


221 
Fuqarolik Kodeksi va boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarni 
e’tiborga olinishi kerak. 
Buxgalteriya hisobotlarini tuzish vaqti bo‘lib, hisobot davrining 
so‘nggi kalendar kuni hisoblanadi. Tugatilayotgan yoki mulkchilik shakli 
o‘zgartirilayotgan korxonalarning yillik hisoboti amal qilish davriga 
tuzadi. Yangi tuzilgan korxonalar uchun ular ro‘yxatdan o‘tgan oyning 1- 
kunidan, hisobot yilining 31 dekabriga qadar bo‘lgan davr hisobot davri 
qilib belgilangan. Hisobot yilining 1 oktabridan keyin tuzilgan korxonalar 
tashkil qilingan yil uchun hisobot tuzishdan ozod qilingan. 
Korxona balansida, aktivlarni va passivlarni summalari qayta 
ro‘yxatga olish va solishtirish dalolatnomalari asosida ko‘rsatilishi lozim. 
Shuning uchun, Yillik hisobotlarni tuzishdan oldin buxgalteriya 
hisobining 19-sonli “Inventarizatsiya” milliy standartida keltirilgan tartib 
va muddatlarda yilining 1 oktabriga qadar inventarizatsiya o‘tkaziladi. 
Unda mavjud tovar-moddiy qiymatliklar, debitorlik va kreditorlik qarzlari 
va boshqa hisob-kitoblar birma-bir sanab, tekshirib va solishtirib 
chiqiladi. 
Inventarizatsiya 
natijasida 
aniqlangan 
joriy 
hisob 
ko‘rsatkichlaridagi xatolar 10 – kun mobaynida tegishli buxgalteriya 
yozuvlari orqali to‘g‘rilanishi lozim.
Agar kamomad va zarar jinoyat natijasida vujudga kelgan bo‘lsa, 
unda korxona rahbari 5 kun mudat ichida ishni tegishli sud - tergov 
organlariga yuborib, fuqarolik da’vosi e’lon qilinishi kerak. Agar 
kamomad tabiiy kamayish me’yoridan ortiqcha yoki moddiy 
boyliklarning buzilishi natijasida yuz bergan bo‘lsa va aybdorlari 
aniqlanmasa korxona mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishini qaroriga 
asosan foyda hisobidan qoplanadi.
Balansda hisob-kitoblar tekshirish dalolatnomalari, o‘zaro hisob-
kitoblarni qoldig‘ini solishtirish xati yoki solishtirish dalolatnomalari 
ma’lumotlari asosida aks etirilladi. Da’vo muddati o‘tib ketgan debitorlik 
qarzlari va qarzdorlarning to‘lov qobiliyatsizliklari tufayli o‘z vaqtida 
undirib olinmagan debitorlik qarzlari korxona rahbari yoki yuqori 
tashkilotning buyrug‘iga binoan n hisobdan chiqariladi va korxona 
foydasi hisobidan qoplanadi.
Da’vogarlik muddati o‘tib ketgan kreditorlik qarzlari summasi 
muddat o‘tib ketgan oydan keyingi oyning 10 kunidan kechiktirmasdan 
korxona daromadiga o‘tkaziladi.


222 
Yillik hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida, o‘tkazilgan 
inventarizatsiyalar soni, natijalari, agar o‘tkazilmagan bo‘lsa, sabablari 
ko‘rsatiladi. 
Balansning moliya, soliq va bank idoralari bilan hisob-kitob 
moddalarida aks ettiriladigan summalar, ular bilan kelishilgan bo‘lishi 
lozim. Moliyaviy hisobotlarda hisobot davri ma’lumotlari bilan oldingi 
yilning tegishli davri ma’lumotlarini va hisob siyosatidagi o‘zgarishlarni 
solishtirish imkoniyati ta’minlangan bo‘lishi kerak. Moliyaviy 
hisobotlarida tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Hisobotlar tasdiqlangandan 
keyin topilgan xatoliklar tuzatilganda, ma’lumotlarini tuzatgan va 
balansga imzo chekkan shaxslar, tuzatilgan muddatni ko‘rsatib, 
“...tuzatildi, tuzatilgan ma’lumotlarni tasdiqlaymiz” yoki boshqa tegishli 
so‘zlarni yozib imzo va muhr bilan tasdiqlaydilar. Topilgan xatoliklar 
o’tgan va joriy yil hisobotlarida tuzatiladi.
Yillik buxgalteriya hisobotini topshirgandan keyin daromadlarni 
yashirish yoki foydani asossiz kamaytirib ko‘rsatish hollari aniqlansa, 
xatolik qaysi schyotga tegishli bo‘lsa, o‘tgan yil foydasi yoki zarari 
sifatida aks ettiriladi. 
Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etishda korxonaning 
faoliyat xususiyatlari hisobga olinadi. Moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan 
foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlar qabul qilishlarini ta’minlash uchun 
zarur bo‘lgan axborotlar bilan ta’minlash maqsadida yillik moliyaviy 
hisobotlarga qo‘shimcha ravishda ma’muriyat tomonidan maxsus yoki 
erkin shaklda izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar taqdim etiladi.. 
Unda korxonaning moliyaviy faoliyat natijalariga ta’sir qiluvchi omillar 
ochib beriladi: 
5.
Korxonani faoliyatiga ta’sir etuvchi moliyalash manbalari xatarlari; 
6.
Tashqi muhitdagi o‘zgarishlarni subyekt faoliyatiga ta’siri va shu 
o‘zgarishlar munosabati bilan ko‘rilgan chora-tadbirlar; 
7.
Boshqa muhim axborotlar. 
Moliyaviy hisobotlarni bet qismida hisobotni tuzish sanasi, 
korxonaning nomi, tarmog‘i, mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy shakli 
va to‘liq huquqiy manzili, uning tasarrufida mazkur korxona bo‘lgan 
organning nomi, hisobotni tayyorlash chog‘ida foydalanilgan o‘lchov 
birligi va subyektni aniqlash uchun biriktirilgan identifikatsiyalash 
raqami va boshqa rekvizitlar ko‘rsatiladi. 
Kalendar yilning 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo‘lgan oraliq 
hisobot davri davri deyiladi. Hisobot davrining so‘nggi kalendar kuni 


223 
hisobot sanasi bo‘lib hisoblanadi. Masalan, yillik buxgalteriya balansi 
uchun 31 dekabr hisobot sanasi hisoblansa, moliyaviy natijalar 
to‘g‘risidagi hisobot uchun 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo‘lgan davr 
hisobot davri bo‘ladi. 
Moliyaviy hisobotlar quyidagi joylarga taqdim etiladi:
1.
Ta’sis hujjatlariga muvofiq mulk egalariga, davlat mulkini 
boshqarishga 
vakolat 
beradigan 
idoralarga, 
ishtirokchilarga, 
muassislarga;
2.
Subyekt ro‘yxatdan o‘tgan shahar, tuman davlat soliq xizmati 
idoralariga; 
3.
Davlat statistika organlariga; 
4.
Qonunga muvofiq - boshqa organlarga. 
Korxonaning moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 
25 fevraldan kechiktirmay topshirishlari belgilab qo‘yilgan. Vazirliklar, 
idoralar va boshqa ayrim subyektlar uchun hisobotlarni taqdim etish 
davrini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi. 
Hisobotni qabul qiluvchi mahkama bilan bir shaharda joylashgan 
korxonalar uchun moliyaviy hisobotni tegishli idoraga topshirgan sana, 
boshqa shaharlarda joylashgan korxonalar uchun esa, pochta idorasining 
shtempelida ko‘rsatilgan sana, topshirish kuni bo‘lib hisoblanadi. 
Hisobotni taqdim etish vaqti dam olish kuniga to‘gri kelib qolgan 
hollarda taqdim etish muddati dam olish kunidan keyingi birinchi ish 
kuniga o‘tkaziladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti 
manfaatdor banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar, shuningdek qonun 
hujjatlariga muvofiq boshqa shaxslar uchun ochiqdir. 
Aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek sug‘urta tashkilotlari, 
banklar, jamoat fondlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
tashkilotlar har yilgi moliyaviy hisobotni aksiyadorlarning yoki 
buxgalteriya hisobi subyekti boshqa yuqori boshqaruv organining yillik 
umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin 
auditorlik xulosasi bilan birga e’lon qilishi shart. 
Ushbu modda o‘ziga nisbatan qonun hujjatlarining boshqa talablari 
belgilangan buxgalteriya hisobi subyektlarining moliyaviy hisobotiga 
tatbiq etilmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin