214
Muhimiylik tamoyili
axborotlarning
foydalanuvchilar tomonidan
qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlar ta’siri borligini bildiradi. Tushirib
qoldirilgan yoki noto‘g‘ri taqdim etilgan
axborotlar foydalanuvchilar
tomonidan qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlar mohiyatiga ta’sir etsa
bunday axborotlar muhim hisoblanadi. Axborotlar buxgalteriya hisobida
ularning muhimlilik tamoyili asosida guruxlarga bo’linib
yoki alohida-
alohida aks ettiriladi.
Haqqoniy va holis taqdim tamoyili
korxonaning moliyaviy va
xo‘jalik faoliyatlari hamda ularning pul mablag‘larini harakati to‘g‘risida
foydalanuvchilarda haqqoniy va holis tassavur hosil qilishi kerak. Bu
tamoyiliga erishish uchun har bir korxona buxgalteriya hisobini yuritish
va moliyaviy hisobot tuzish chog’ida BHMSda
keltirilgan buxgalteriya
hisobi asosiy tamoyillarini qo‘llanishga majburdir. Faoliyatning xilma-xil
turlari
bo‘yicha
yangiliklarni joriy etish milliy andozalarda
ko‘rsatilmagan va nazarda tutilmagan vaziyatlarga olib kelishi mumkinki,
bunday holatlarda moliyaviy hisobotning
xolisligiga vaziyatni aks
ettirishga imkon beradigan hisob siyosatini tanlash va qo‘llash yo‘li bilan
erishiladi. Bunday hisob siyosati korxona tomonidan buxgalteriya
hisobining №1 milliy andozasi talablari asosida ishlab chiqilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: