I. Булим. Бухгалтерия хисоби



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

Tugallanganlik tamoyili
 
– buxgalteriya hisobi moliyaviy 
hisobotlarni ishonchliligini ta’minlash maqsadida, tugallangan, ya’ni, 
hisobot davridagi axborotlar to‘g‘risida yetarlicha to’la ma’lumot taqdim 
etishi kerak. 
Izchillik tamoyili
 
– foydalanuvchilar korxonaning moliyaviy va 
xo‘jalik faoliyatlari to‘g‘risida buxgalteriya hisobi taqdim etadigan 
axborotlar, ularning, moliyaviy ahvollarida bo‘ladigan o‘zgarish 
yo‘nalishlarini aniqlash uchun turli davrlardagi hisobotlarni qiyoslash 
imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Shuning uchun buxgalteriya hisobida 
axborotlarni izchillik tamoyili asosida hisobga oladi 
Axborotlarni o‘z vaqtida taqdim etish tamoyili
– moliyaviy 
hisobotlarning 
uzluksizligi; 
ahamiyatliligi; 
izchilligi 
axborotlarni 
buxgalteriya hisobi tomondan o‘z vaqtida taqdim etishga bog‘liq. Hisobot 
axborotlarini asossiz kechiktirilishi, ularni, iqtisodiy ahamiyatini 
pasaytiradi yoki umuman yo‘qotadi. Shuningdek, foydalanuvchilarda, 
xo‘jalik subyektlarining moliyaviy va xo‘jalik faoliyatlari to‘g‘risidagi 
axborotlarga, ularning barcha jihatlari ma’lum bo‘lgunga qadar zarurat 
paydo bo‘lishi mumkin, Barcha jihatlari paydo bo‘lgunga qadar taqdim 
etilgan 
axborotlar 
hisobotlarning 
ishonchliligini 
buzadi 
va 


215 
foydalanuvchilarga katta naf keltirmaydi. Chunki, ular ilgariroq qaror 
qabul qilishga majbur bo‘ladilar. Buxgalteriya hisobi hisobotlarning 
ahamiyatlilik bilan ishonchlilik tamoyillari o‘rtasida mutanosiblikka 
erishish maqsadida, iqtisodiy qarorlar qabul qilishda foydalanuvchilarga 
axborotlarni o‘z vaqtida taqdim etish masalasini hal etishi kerak.
Yuqoridagi tamoyillarga asoslanib tuzilgan moliyaviy hisobotlar 
barcha foydalanuvchilarga korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati 
haqida to‘liq, tushunarli ma’lumot olishni va tegishli xulosalar 
chiqarishni ta’minlaydi. 
Har bir korxona hisobot yilining boshida buxgalteriya uchyotini 
tashkil etish milliy tamoyillari asosida yangi hisobot yili uchun hisob 
siyosati ishlab chiqadi. 
Buxgalteriya hisobining milliy andozalarida nazarda tutilgan hisob 
yuritish tamoyillariga rioya qilmaslik yoki ulardan u yoki bu darajada 
chetlanish foydalanuvchilar uchun tayyorlanadigan va moliyaviy 
hisobotlarda keltiriladigan ma’lumotlarni to‘g‘riligini buzilishiga olib 
keladi. 
Moliyaviy hisobotlarni tuzishning halqaro andozalari ko‘rib 
chiqilgan tamoyillardan tashqari boshqa tamoyillarni ham nazarda tutadi. 
Misol, Shimoliy Amerikada mulkiy alohidalangan, pulda o‘lchash, 
ratsionallik, alohidalangan korxona, sotish, muntazamlilik va boshqa 
tamoyillardan ham foydalanilad. Ularning ba’zi birlarini ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin