22
Korxonalarning xo‘jalik faoliyati
va aholining daromadlari va
xarajatlari statistika, moliya, bank ishi, soliq va soliqqa tortish, makro va
mikro iqtisodiyot, marketing, menejment, audit, iqtisodiy tahlil kabi
fanlarning ham predmeti bo‘lib hisoblanadi.
Shuning uchun ham har bir
iqtisodiy fanga tegishli bo‘lgan faoliyatni aniqlab olish, u yoki bu fanni
o‘rganishni osonlashtiradi.
Korxonalar faoliyatida sodir bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar,
takror ishlab chiqarishning, ishlab chiqarish, taqsimot, sotish va iste’mol
sikllarida kechadi. Shuningdek, har qanday korxonaning xo‘jalik
faoliyatini asosiy mazmunini ta’minot, ishlab chiqarish,
xizmat
ko‘rsatish, ishlarni bajarish va sotish jarayonlari tashkil etadi. Bu
jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Korxonada ishlab chiqarish
jarayoni ta’minot jarayoniga, sotish jarayoni esa, ishlab chiqarish
jarayoniga bog‘liq. Agar bu bog‘liqlikni
butun bir jamiyat doirasida
ko‘radigan bo‘lsak, bir korxonaning sotish jarayoniga boshqa
korxonalarning ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlari bog‘liq
bo‘ladi. Bu holda, buxgalteriya hisobi boshqaruvning funksiyasi sifatida
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish vositasi
shug‘ullanish
aholi daromadlari, ularning manbalari va xarajatlari
tarkibini ko‘payishiga olib keladi. Bu oila buxgalteriyasini tashkil qilishni
taqozo etadi. Shuning uchun boshqa iqtisodiy fanlar qatori buxgalteriya
hisobi nafaqat xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining qaysidir bir
jihatini qamrab oladi, balki, aholi (oila) daromadlari va xarajatlarini ham
hisobga olishni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: