Favqulodda zararlar,
u foydadan olinadigan soliq to‘langunga
qadar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
1. MAHSULOT (ISHLAR, XIZMATLAR)NING ISHLAB
CHIQARISH TANNARXIGA KIRITILADIGAN XARAJATLAR
TARKIBI
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita
mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan,
ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan
xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va
bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari,
boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan, ishlab chiqarish
xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil
qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi
elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:
- ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati
chiqarib tashlangan holda);
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash
xarajatlari;
- ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
305
- asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
- ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
1.1. ISHLAB CHIQARISH BILAN BOG‘LIQ MODDIY
XARAJATLAR
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar
tegishli bo‘ladi:
1.1.1. Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib, uning
tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda,
xizmatlar ko‘rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib
olinadigan xom ashyo va materiallar.
1.1.2. Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni
o‘rash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish
ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va
boshqa asosiy vositalar sinovini o‘tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish
va
ulardan
foydalanish)
uchun
ishlab
chiqarish
jarayonida
foydalaniladigan xarid qilinadigan materiallar, shuningdek asbob-
uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, inventarlarning, xo‘jalik
buyumlarining va asosiy vositalarga kirmaydigan boshqa mehnat
vositalarining qiymati. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori
tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang)
1.1.3. Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo‘jalik yurituvchi
subyektda montaj qilinadigan yoki qo‘shimcha ishlov beriladigan
butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar.
1.1.4. Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xo‘jalik
yurituvchi
subyektning
ichki
tarkibiy
bo‘linmalari
tomonidan
bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo‘lmagan ishlab
chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ishlar va xizmatlar.
Ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan ishlar va xizmatlarga
mahsulot tayyorlash bo‘yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xom ashyo
va materiallarga ishlov berish, iste’mol qilinayotgan ashyo va materiallar
sifatini aniqlash uchun sinovlar o‘tkazish, belgilangan texnologik
jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish
fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ichida tashqi yuridik shaxslarning
transport xizmatlari (xom ashyo, materiallar, instrumentlar, detallar,
tanavorlar, yuklarning boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan sexga
306
keltirish va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan xizmatlarga tegishli bo‘ladi.
1.1.5. Tabiiy xom ashyo (yer rekultivatsiyasiga ajratmalar,
ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni
rekultivatsiya qilish ishlariga haq to‘lash), ildizi bilan beriladigan
daraxtga haq to‘lash, korxonalar tomonidan suv xo‘jaligi tizimlaridan
beriladigan iste’mol qilinadigan suv uchun haq to‘lash. Sanoatning xom
ashyo tarmoqlari uchun yog‘och, taxta materallaridan yoki foydali
qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya
qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash xarajatlari. (O‘zR VM
15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang)
1.1.6. Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab
chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg‘ining chetdan sotib
olinadigan barcha turlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning transporti
tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha
transport ishlari.
1.1.7. Xo‘jalik yurituvchi subyektning texnologik transport va
boshqa ishlab chiqarish va xo‘jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha
turdagi xarid qilinadigan energiya. (Xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi
tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga va energiyaning
boshqa turlariga, shuningdek, xarid qilinadigan energiyani iste’mol
joyigacha transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari xarajatlarning
tegishli elementlariga kiritiladi).
1.1.8. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning yaroqsizlanishi
va kam chiqishi. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi
band)
1.1.9. Xo‘jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari
tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bog‘liq xarajatlar (yuklash
va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish
xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to‘lash
xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va
boshqalar).
1.1.10. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moddiy resurslarni
yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar
qiymatiga kiritiladi.
1.1.11.
Mahsulot
tannarxiga
kiritiladigan
moddiy
resurslar
xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar qiymati va idish va o‘rash-joylash
307
materiallari qiymati ularning amalda sotilishi, foydalanilishi yoki
omborga kirim qilinishi narxi bo‘yicha chiqarib tashlanadi.
1.1.12. "Moddiy xarajatlar" elementi bo‘yicha aks ettiriladigan
moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan, barter
bitishuvlarida, qo‘shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy
tashkilotlar tomonidan to‘lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar
birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan, brokerlik xizmatlaridan,
bojlar va yig‘imlardan, soliqlardan (korxona keyinchalik qarz surishish,
masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i tarzida qaytarib oladiganlardan
tashqari), transportda tashishga haq to‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar
tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq
to‘lashdan kelib chiqib shakllanadi. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 444-son
Qarori tahriridagi band)
Dostları ilə paylaş: |