I-darajali “Mehnat faxriysi”,madaniyat va san’at fidoyisi, Mahmud Zamahshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot- kutubxona markazi direktori Rahimboy Qurbonovning 70 yulligiga bag’ishlangan “Xorazmda kutubxonachilik tarixi: kecha,bugun



Yüklə 19,22 Kb.
tarix03.03.2023
ölçüsü19,22 Kb.
#86441
Senariy


I-darajali “Mehnat faxriysi”,madaniyat va san’at fidoyisi, Mahmud Zamahshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot- kutubxona markazi direktori Rahimboy Qurbonovning 70 yulligiga bag’ishlangan “Xorazmda kutubxonachilik tarixi:kecha,bugun,ertaga”mavzusida ilmiy-amaliy seminar
TADBIRNOMASI
Tadbir o’tkaziladigan sahna bayramona ko’rinishda gullar,sharlar bilan chiroyli qilib bezatilgan bo’lib,sahnaning to’rida ustozning portreti, hayoti va ish faoliyatini aks ettiruvchi buklet, fotosuratlar,kitoblar ko’rgazmasi joy olgan.
Sahnaga bayramona libosda boshlovchilar qiz va o’g’il bola kirib keladi.
1-boshlovchi:-Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar va ustozlar,bugun aziz ustozimiz Rahimboy aka Qurbonovning 70 yosh yubiley tantanasiga bag’ishlangan”Xorazmda kutubxonachilik tarixi: kecha,bugun,ertaga”mavzusida o’tkaziladigan tadbirga xush kelibsizlar.
2-boshlovchi:-Assalomu alaykum, aziz kitobsevar yoshlar.Anjumanga Qo’shko’pir tuman,Xiva shaxar,Xiva tumanlaridagi axborot-kutubxona markazlari xodimlari,madaniyat,san’at faxriylari,san’atkorlar va shoirlar tashrif buyuradilar.
Salom sizga yurak to’ridan,
Davramizga yug’ilgan do’stlar.
Ko’ksimizga qo’limiz qo’yib,
Deymiz sizga”Xush kelibsizlar”.
1-boshlovch:- Tadbirni ochib berish uchun so’z navbatini tuman xokimligining……………………………….ga beramiz,marhamat.
2-boshlovchi:- Sizgadir yurakda asragan so’zim,
To mangu ta’zimda turaman o’zim,
Dilimning tubida yangragan so’zim,
Ezgulik yo’lida tolmang, ustozim!
Prezidentimiz tomonidan kitob mutolasi muhimligi, yoshlar, rahbarlar orasida buni targ‘ib qilish lozimligi haqida ko‘p bora aytildi, aytilmoqda. Davlat rahbari tomonidan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning bittasi aynan kitobxonlikka qaratilgan bo‘lib, u yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
1-boshlovchi: G’am ko’rmay bu dunyo turguncha turing,
Ming yillik mehnatlar huzurin ko’ring.
Shogirdlar baxtidan shod, mag’rur yuring,
Ezgulik yo’lida tolmang, ustozim.
Ma’lumki, kutubxonalar qadim-qadimdan insonlar uchun ma’naviyat va ma’rifat o‘chog‘i bo‘lib, inson zoti doim kitoblarga intilib yashab kelgan. Har doim kutubxonalar jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lgan. Faqat kutubxonalar tufayligina qadimgi qo‘lyozmalar, bosma kitoblar, tarixiy shaxslar haqidagi manbalar bizgacha yetib kelgani hech kimga sir emas.
2-boshlovchi: Mahmud Zamahshariy nomidagi Xorazm viloyat axborot-kutubxona markazi direktori,madaniyat va san’at fidoyisi Rahimboy aka Qurbonov bu yil 70 bahorni qarshiladi.Faravon kelajak uchun yashash,kurashish,kerak bo‘lsa jonini fido qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har-bir inson uchun baxt ekanligini hurmatli ustozimiz timsolida ko‘rishimiz mumkin.
1-boshlovchi: Endi navbatni Qo‘shko‘pir tuman madaniyat uyi san’atkorlariga berib, ular ijrosida kuy va qo‘shiqlar tinglab tomosha qilamiz,marhamat.
2-boshlovchi:Bugun o‘zgachadir jilvayi olam,
Bugun o‘zgachadir borliqda handa.
Bugun ko‘zlarimga go‘yo quyosh ham
Shafaq gulshanida tarang chirmanda.
Endi so‘z navbatini uzoq yillar kutunxonachilik sohasida faoliyat yuritgan mehnat fahriysi………………………..ga beramiz, marhamat.
1-boshlovchi: Aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishning yangi tizimini yaratishga, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish ishlariga munosib hissa qo‘shgan, jamiyatda mutolaa madaniyati, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va yosh mutaxassis kadrlar tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan hamda bu yo‘nalishda yuqori natijalarga erishganligi uchun Rahimboy Sobirovich Qurbonov “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy Kommunikasiyalar agentligi tamonidan esa 1-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan takdirlangan. Endi navbatni Qo‘shko‘pir tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tayyorlab kelingan bideorolik namoyishiga beramiz, marhamat.
2-boshlovchi Yangi O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati barpo etish va insonparvar demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash va ularning ijtimoiy ximoya qilishdir.
Insonni ulug‘lash, uning huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda har tomonlama kamol toptirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda bosh omil qilib olinayotgani buning yorqin misolidir.
1-boshlovchi: Navbatni san’atkorlar ijrosidagi “Lazgi’ taronasiga beramiz va barchani davraga taklif qilib qolamiz.
2-boshlovchi: Shuning bilan bugungi “Xorazmda kutubxonachilik tarixi: kecha, bugun,ertaga”mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘z nihoyasiga etdi,yana uchrashguncha sog‘-salomat bo‘linglar.
Yüklə 19,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin