I. Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati


 Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati



Yüklə 44,44 Kb.
səhifə2/10
tarix24.04.2023
ölçüsü44,44 Kb.
#102029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati O‘zbekistonning mustaqilligi yo‘lidagi yana bir muhim qadam O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning XII chaqiriq ikkinchi sessiyasida (1990 y. 20 iyun) qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Mustaqillik Deklaratsiyasi»dir. Ushbu Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari jonbozlik ko‘rsatdilar. «Mustaqillik Deklaratsiyasi»da har bir millat o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolotlanishi ta’kidlandi. Unda o‘zbek xalqining asrlar davomida qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olindi. Deklaratsiya 12 moddadan iborat bo‘lib, uning 1-moddasida «O‘zbekiston SSR ning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir»,-deb, yozib qo‘yilgan. Sessiya qabul qilgan bu «Mustaqillik Deklaratsiyasi» xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. SHu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. Bunga misol tariqasida 1991 yil 22 iyulida O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi qarorida Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga Ittifoqqa bo‘ysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning O‘zbekiston SSR huquqiy tobeligiga o‘tishi tartibini belgilash vazifasi topshirildi. O‘sha vaqtda Markaz rahbarlari Respublikalar Ittifoqini qanchalik saqlab qolishga urinmasinlar, buning iloji yo‘q edi. CHunki endi eskicha tartib bilan mamlakatni idora etib bo‘lmas, o‘z navbatida ittifoqdosh respublikalarning mustaqillikka bo‘lgan intilishi tobora kuchayib borardi. Biroq Markazni kuchaytirish tarafdorlari boshqa usullardan: namoyishlar o‘tkazish, mitinglar tashkil qilish, hatto g‘ayri konstitutsion yo‘llar bilan davlat to‘ntarishi o‘tkazish bilan bo‘lsa-da, oldingi buyruqbozlik tizimini mustahkamlashga harakat qildilar. Buning aksi sifatida O‘zbekiston hukumati o‘zbek xalqi manfaatlarini hisobga olgan holda o‘zining faol siyosatini davom ettirardi. 1991 yil 11 yanvarida mamlakat Prezidenti qishloq aholisiga bevosita amaliy yordam berish uchun navbatdagi Farmonga imzo chekdi. Mazkur Farmon 1989 yilda boshlangan haqiqiy yangilanishlarning mantiqiy davomi edi. Prezident imzolagan hujjatda 1991 yilda paxta ekin maydoni qisqartirilishini nazarda tutib, tomorqa maydonlariga 108,5 ming gektar er ajratish ko‘rsatilgan. 1991 yil 14 fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti I.Karimov nutq so‘zladi. Mazkur nutq matbuotda «Murakkab vaziyatda oqilona siyosat yuritaylik» degan sarlavhada chop etildi. Ushbu nutqida O‘zbekiston rahbari Ittifoq shartnomasiga o‘z munosabatini bildirib, O‘zbekistonning bu shartnomaga kirmasligini qayd etib o‘tdi. 1991 yil Navro‘z bayrami arafasida Prezident avf etish to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi. Ushbu Farmon ham xalq tomonidan zo‘r quvonch bilan kutib olindi. Qolaversa, amnistiyaning o‘sha davrda faqat Ittifoq Prezidenti e’lon qilar edi.



Yüklə 44,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin